O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


-mavzu: Sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi davrida O’zbekiston



Download 435,5 Kb.
bet8/9
Sana16.10.2019
Hajmi435,5 Kb.
#23642
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ozbek tarix uslub 2015


9-mavzu: Sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi davrida O’zbekiston (1946-1991 yy.).

O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi.
Reja:

  1. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti.

  2. Siyosiy qatag‘onliklarning yangi to‘lqini.

  3. Respublikaning qaramligi va uning oqibatlari.

  4. O‘zbekiston Mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

  5. Demokratik huquqiy davlatning barpo etilishi.

  6. Fuqarolik jamiyat asoslarining yuzaga kelishi.

  7. Islohotlar zaruriyati va uning nazariy-huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi.

  8. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti.

  9. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati

Urushdan keyingi yillarda Sho’rolar hukumati Kommunistik partiya rahnamoligida boshqa mustamlaka o‘lkalari qatori O‘zbekistonda ham ulug‘ saltanatchilik, shovinistik va milliy zulm siyosatini yanada avjiga chiqardi. Natijada, O‘zbekiston va o‘zbek xalqi ijtimoiy hayotining barcha sohalarida o‘zining milliy haq-huquqlari kamsitildi. Bu hol 80-yillarning ikkinchi yarmida mamlakatda totalitar tuzumga qarshi harakatning asosiy sabablaridandir.

O‘zbekistonda qurilgan va ma'lum darajada ahamiyatliroq bo‘lgan sanoat korxonalarining ko‘pchiligi batamom Markazga bo‘ysinar edi. Faqat 10 foizigina bevosita O‘zbekistonga boysingan va respublika iqtisodiyotida hal qiluvchi o‘rin tutmagan. Respublika o‘zi ter to‘kib etishtiradigan va Markazga yetkazib beradigan juda qimmatli xomashyo mahsulotlari-paxta, nitron, kaprolaktam va boshqalarai o‘zida tayyor mahsulot tarzida ishlab chiqarish imkoniyati bo’lmaganligidan, uni tayyor mahsulot tavarlari shaklida bir necha barobar qimmat narxlarda Markazdan sotib olishga majbur bo‘ldi. Natijada hayot uchun zarur va qimmatli xomashyolarni ishlab chiqarayotgan O‘zbekiston bu mahsulotlarni yetishtirishda foyda emas, zarar ko‘rdi. Markazdan dotatsiyalar olib yashaydigan «boqimanda» respublikaga aylantirildi. Va aksincha, bunday xomashyo mahsulotlari tarzida sotuvchi Rossiya bundan behisob boyliklar olib, foyda orttirdi.

1946-1991-yillar mobaynida shorolar hukumati O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini ilgarigi yillardagidek bir tomonlama rivojlantirish yo’lidan olib bordi va asosan paxtachilik taraqqiyotiga e'tibor berdi. Kommunistik partiya va sho’rolar hukumati paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan o’nlab qarorlar qabul qilindi. Uni rivojlantirish bilan bog‘liq rejalar Moskvada Davlat reja qo‘mitasida ishlab chiqilar va xalq xo‘jaligini rivojlantirish direktiv hujjatlariga asos qilib olinar edi. O‘zbekistonda Amudaryo va Sirdaryo havzasi suvlari hisobidan 20 dan ortiq suv omborlari, o’nlab kanallar barpo etildi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga etkazib beriladigan mineral og‘itlar yildan-yilga oshirildi. Paxta maydonlari kengaytirildi. 1940-yilda 923,5 ming gektar erga chigit qadalgan bo‘lsa, 1987-yilda 2007,7 ming gektarga ekildi, ya'ni 2 barobardan ziyodroq oshdi. Paxta yakkahokimligining kuchayishi qishloq xo‘jaligining boshqa sohalarini qoloqlikka olib keldi, g‘alla, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholining talabi qo’ndirilmadi.

Urushdan keyingi yillarda dunyo xalqlari ortasida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashga O‘zbekiston o’z hissasini qo’shdi, uning xorijiy mamlakatlar bilan savdo va madaniy aloqalari kengaydi. Chet davfatlarga mahsulot chiqarishida O‘zbekiston sobiq ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi o’rinda turdi. Qorako’l teri va paxta tolasidan boshlab, mashinasozlik mahsulotlarining 250 turi tort qit'aning deyarli hamma mamlakatlariga chiqarildi. Ming afsuski, bu mahsulotlar O‘zbekiston nomidan emas «SSSRda ishlangan» degan tamg‘a bilan dunyoga tanildi. 1958-yilda O‘zbekiston dunyoning 32 mamlakatiga sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chiqargan bo’lsa, 1970-yiida 76 mamlakat bilan savdo aloqalarini olib bordi.

O‘zbekistonda fan va texnikaning hamma sohalarida yirik olimlar yetishib, fan nomzodlarini va doktorlarini tayyorlash bo’yicha sobiq SSSRda oldingi qatorlarga chiqdi. 1950-yil O‘zbekistonda 1760 fan nomzodi, 380 fan doktorlari ilmiy ish olib borar edi. 1965-yilda esa fan nomzodlarining soni 4000 va fan doktori 324 kishiga yetdi. Partiyaviy-g‘oyaviy tizimga qaramasdan adabiyot va san'at sohasida ko‘zga ko’rinarli asarlar yaratildi. G‘afur G‘ulom, Uyg‘un, Zulfiya, Mirmuhsin va boshqalarning tinchlik mavzusiga bag‘ishlangan she'rlari vujudga keldi. 60-yillarda adabiyotga yangi avlod kirib keldi. Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, O‘lmas Umarbekov, Ozod Sharafiddinovlar bilan birga iste'dodli Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘tkir Xoshimov, Muhammad Ali kabi yosh adabiyotchilar maydonga chiqdi.


II

1949-1952-yillarda ko‘pgina mashhur o‘zbek ijodiy ziyolilari asossiz ravishda ayblanib, qatag‘on qilindi. Bir guruh yozuvchilar millatchilikda, eski feodal madaniyati oldida bosh egishda, o’tmishni ideallashtirishda ayblandi. Bular orasida Oybek, Abdulla Qahhor, Mamarasul Boboev, Mirtemir, Shayxzoda kabi adiblar bor edi. Xurshid, Chustiy, G‘ayratiy va boshqalar yozuvchilar uyushmasidan haydaldi. Buni eshitgan G‘afur G‘ulom kuyinib «Tokaygacha O‘zbekning aqli kirganda boshini chopib tashlaydilar», -degan edi.

Qatag‘onliklar bu bilan to’xtab qolmadi. 1983-yildan boshlab sobiq KPSS Markaziy qo’mitasi rahbarligida O‘zbekistonda navbatdagi oshkora qatag‘onga yo’l ochildi. «Paxta ishi», «O‘zbeklar ishi» deb atalgan mash'um siyosat niqobi ostida minglab insonlar jinoiy javobgarlikka tortildi.

1990-yil 13-iyun kuni Moskva shahriga O‘zbekistonda tuzilgan komissiya tomonidan yozilgan xatda komissiya xulosasi batafsil ko’rsatildi. Bu xatda «Paxta ishlari» chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo’yilgan edi. Biroq yuqoridagi tashkilotlar ko’mak o’rniga tazyiqni kuchaytirdilar. Respublika rahbarining qat'iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. SSSRning inqirozga uchrashini seza boshlagan KPSS rahbariyati 1985-yil aprelida sovet jamiyatini «qayta qurish», jamiyat hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo’lini e'lon qildi. Bunda avvalo ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, oshkoralik, iqtisodiy osishni fan-texnika yutuqlariga tayanib, jadallashtirishga qaror qilindi. Biroq uzoq yillar totalitor rejimga moslashgan davlat monopoliyasi, idoralari, byurokratik apparat ko’zda tutilgan rejalarni amalga oshirishga yo’l qo’ymadi. Bu davrga kelib respublikada ko‘plab muammolar to’planib qo’lgan edi. Ushbu muammolardan xalq e'tiborini chalg‘itish uchun ko‘p yillar davomida yig‘ilib qo’lgan milliy norozilikdan foydalanildi. Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun hatto ayrim respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshladi. 1989-yilda Toshkent, Farg‘ona, Andijonda ro’y bergan millatlararo mojarolar, quvg‘in qilingan xalqlarning noroziligidan razilona manfaat yolida - respublikalarda, shu jumladan O‘zbekistonda paydo bolayotgan hurlik ovozini bog‘ish uchun foydalandilar.

80-yillarning oxirlaridan boshlab sobiq ittifoqqa kirgan ko‘pgina respublikalar mustaqilligi uchun qat'iy kurashga o‘tdilar. Ittifoq shartnomasini yangilab, respublikalar huquqini kengaytirishni talab qila boshladilar. 1990-yiI bahorida Boltiqboyi respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon qildi, 1991-yil 18-avgustda SSSR vitse-prezidenti G.I. Yanaev boshchiligida Favqulodda holat davlat qo’mitasi tuzdilar. Mazkur qo’mita SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevni hokirniyatdan noqonuniy yo’l bilan chetlashtirdi. Fitnachilarning davlat to’ntarishi qilishga urinishi natijasida 19-21-avgust kunlari Moskvada fojeali hodisalar ro’y berdi. Fitna Rossiya Federatsiyasi rahbariyati boshchiligida demokratik kayfiyatdagi kuchlar tomonidan bostirildi. Endilikda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. KPSS halokatga uchradi. Respublikalar birin-ketin SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon qildilar. SSSR parchalanib tarix sahnasidan tushdi.
III

80-yillarning boshidan boshlab SSSRda inqirozli vaziyat vujudga keldi. Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki monopoliyasi, boshqaruvdagi ma'muriy-buyruqbozli tizimi KPSSning yakka hukmronligi, inson huquqlarining buzilishi, milliy siyosatdagi xatolarning tobora kuchayishi o’z salbiy oqibatlariga olib keldi: ishlab chiqarishning o’sish sur'atlari, yalpi mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi shiddat bilan pasayib bordi, mehnatkashlarning o‘z mulkidan begonalashishi yanada ortib bordi. Xalq xo‘jaligini «turg‘unlik»ka olib kelgan chuqur izdan chiqish jarayonlari, xalq ijtimoiy manfaatlarining nazar-pisand qilimnasligi kabi boshqa omillar bilan birgalikda KPSSning ulkan, lekin kutilayotgan natijalarni bermayotgan siyosat butun ijtimoiy-siyosiy tizimning inqirozini oldindan belgilab berdi. Ammo Sovet tizimining asosiy xavfi shundan iborat ediki, mehnatga nisbatan qiziqtirish, tizimning nuqsonlari boqimandalik kayfiyatlarini avj olishiga olib keldi.

Markazdan boshqarishning amaldagi tizimi, uning idoralari, xo‘jalik yuritish uslub va usullari iqtisodiyotning yanada rivojlanishiga sezilarli turtki bolishga, keskin ijtimoiy muammolarni hal qilishga qodir emasligi yaqqol ayon boiib qoldi. Ijtimoiy hayotda jiddiy ozgarishlar yasash zarurligini butun jamiyat aniq-ravshan anglab yetdi. 1985-yilning aprel oyida KPSS MQning Plenumi sovet jamiyatini tubdan qayta qurish, uning barcha sohalarini chuqur isloh qilish yolini e'lon qildi. 1985-1986-yillarda SSSRda «mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rvojlantirishni jadallashtirish» siyosati olib borildi. Uning maqsadi - ilm-fan va texnika taraqqiyotidagi yutuqlarga asoslanib, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yaxshilash edi. Ammo bu siyosatda ilgari surilgan vazifalarni bajarish borasida dastlabki urinishlar jiddiy natija bermadi. Hayot korsatdiki jamiyatning iqtisodiy sohada tub o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan, yaxshi natijalarga erishib bolmaydi. 1987-yildan boshlab yangi «qayta qurish» siyosati e'lon qilindi. Uning maqsadi -iqtisodiy sohalarni erkinlashtirib, jamiyatda demokratlashtirish jarayonini amalga oshirib, sotsiyalistik jamiyatni yangilashtirish edi. Iqtisodiy islohotlarni olib borish uchun boshqarishning ma'muriy usullaridan ko‘proq iqtisodiy usullariga otish, korxonalarni xo‘jalik hisobiga otishi, ularga ko‘proq mustaqillik berish, mehnat jamoalarning boshqaruvida ishtirok etishi choralari nazarda tutilgan edi.

Sovet iqtisodiyotini «qayta qurish» uchun bir qator hujjatlar qabul qilingan edi. Ammo boshqa qonunlarni tuzib chiqishdagi uslubiy yondashuvlarning o‘zi «sotsialistik xo‘jalik yuritish», direktiva asosida rejalashtirish va davlat mulkining barcha shakllariga hukmron bolishi zarurligi kabi avvalgi eski tasavvurlarga asoslangan edi. Korxonalarning cheklangan mustaqilligi ob'ektiv iqtisodiy qonunlar amal qilishiga imkon bermas edi. Korxonalarni toliq xo‘jalik hisobiga va o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta'minlashga o‘tkazish ham o‘zini oqlamadi, chunki «sotsialistik xo‘jalik yuritish» tizimi, rahbarlarning buyruqbozlik usullari ob'ektiv jihatdan sog‘lom tovar-bozor munosabatlarning namoyon bolishiga tosqinlik qilardi.

Odat bo‘lib qolgan kompaniyabozlik xo‘jalikni boshqarish mexanizmni qayta qurishga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Ko‘pgina tarmoqlarda xo‘jalik hisobini tashkil etish xoja ko‘rsinga qilindi. Eskicha uslubda yondashuvlar ta'siri shunga olib keldiki, hatto amaldagi xo‘jalik yuritish oddiy bir kontseptsiyasi taklif qilinmagan edi. Mo‘ljallangan islohotlarning tub mohiyati va xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvur ham qaror topmagan edi. «Qayta qurish» islohotlari turkumi sub'ektiv tarzda, faqat ichki his-hayajonga asoslanib, sinovlar va xatolar usul-amal bilan bir taraflama ish olib borildi. Sovet rahbariyati aniq ilmiy jihatdan savodli ishlab chiqilgan, siyosiy jihatdan asoslab berilgan dasturga ega bolmagan. Shuning uchun ham SSSR iqtisodiyoti kutilgan natijalarni bermadi.

O‘zbekiston rahbari I.A.Karimov qayta qurish siyosati davrida iqtisodiyotda ro‘y bergan buzilishlarni ta'riflar ekan, bunday deb ta'kidlagan edi: «Inqiroz sabablari va omillarni toliq tasavvur etmagan, islohotlarning aniq-ravshan dasturiga ega bolmagan butun-butun iqtisodiy siyosat empirik harakterda bo‘lib, avantyuradan iborat tajribalardan, har tomonga og‘ishlardan boshqa narsa emas edi».

Shu bilan birga, Markaz ozining ko‘pgina nuqsonlarini respublikalar zimmasiga yuklashga intilardi, hatto ularni ishlab chiqarishning umumiy inqirozi, pulning qadrsizlanishi sharoitida ham oziq-ovqat bilan, xalq iste'mol mollari va moddiy resurslar bilan o‘zlarini ta'minlashga majbur qildi. Bu hol vujudga kelgan xo‘jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (barter) shakliga otishiga olib keldi. Respublikalar ortasidagi xo‘jalik aloqalar buzilib, mahalliy sanoat ishlab chiqarishi pasayib bordi, tovarlar taqchilligi kuchayib bordi va aholining yashash darajasi pasaydi. Iqtisodiy inqirozning chuqurlashishi SSSR va KPSS rahbariyatni siyosiy islohotlarni boshlashga majbur qildi. Qayta qurishning uchinchi davri boshlandi. Bu davrda asosiy masala-sovet jamiyatining siyosiy tizimini isloh qilish edi. Mavjud bo‘lgan ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruv apparatni buzib, siyosiy tizimni liberallashtirish lozim edi, ya'ni KPSS monopoliyani bartaraf qilish, siyosiy plyuralizmga erishish, hokimiyatni partiya qomitalaridan Sovetlarga topshirish. Respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan eski siyosiy tizimni bartaraf etish uchun 1990-yil 6-avgustda mamlakat Prezidenti M.S. Gorbachevning «Yangi Ittifoq Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga otishning Ittifoq dastur- Konseptsiyasini tayyorlash haqida» farmoyishi e'lon qilindi.

80-yillarning oxiriga kelib SSSRda e'lon qilingan oshkoralik siyosati natijasida sovet kishilarining siyosiy ongi, ularning siyosiy faolligi kuchayib bordi, norasmiy jamoa tashkilotlari paydo bo‘lib, yangi oliy organ- Xalq deputatlari syezdi o‘tkazila boshlangan edi. Markaz bilan ittifoqdosh respublikalar ortasida vakolatlarni bo‘lib olish yuzasidan muzokaralar boshlangan edi.


1990-yil oxirida SSSRning davlat yaxlitligiga ancha tahdid solgan voqea roy berdi. Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, Ozarbayjon uning tarkibidan chiqib ketdi. Bu esa Markaz bilan qolgan ittifoqdosh respublikalar bilan Yangi Ittifoqdosh Shartnomasi tuzib, imzolashga majbur qildi. 1991-yil iyun oyiga kelib Ittifoqdosh Shartnomaning loyihasi ishlab chiqilib, 20-avgustda uning imzolanishi rejalashtirilgan edi. Lekin KPSS MKi va ittifoq idoralari (Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari, KGB va boshqalar)ning bir qancha rahbarlari vitse-prezidenti G.Yanaev boshchiligida SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevni zo‘ravonlik bilan o‘z vazifasidan chetlashtirib, 1991-yil 19-avgust kuni favqulodda holat davlat qo‘mitasini tuzib (GKChP), hokimiyatni o‘z qo‘liga olishdi. Bu davlat tontarishini amalga oshirish harakati edi. Ularning maqsadi Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo‘lga kiritishlariga, o‘z taqdirini ozlari hal qilishlariga yol qoymaslik edi. Ammo qayta qurish yillarida ko‘zi ochilgan xalqni endi eski tuzum doirasida qoldirishga, unga eskicha buyruqbozlik qilishga urinish behuda edi. 1991-yil 21-avgustda xalqning qarshiligiga uchragan fitnachilar taslim bolishga majbur bo‘ldi. SSSRning iqtisodiyotida o‘rnashib qolgan illatlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham zarar etkazgan edi. 80-yillarga kelib O‘zbekiston asosiy ijtimoiy-iqtisodiy korsatkichlar boyicha ittifoqda oxirgi orinlardan birini egallar edi. O‘zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama rivojlanib borgan. U asosan SSSRning xomashyo bazasiga aylangandi. Natijada respublikada sanoatning xomashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog‘liq tarmoqlari ko‘proq rivoj topgan. Paxta bo‘yicha rejalarning bajarilishi partiya va Sovet organlari rahbarlarining ustivor vazifasi hisoblangan. Paxta yetishtirishning salmog‘i, hatto chor Rossiya davrida (1913 yilda) 33,2% tashkil etgan. Sovet davrida esa umumiy yer maydonlarining 75 foizini paxta tashkil qilgan. O‘zbekistonning amalda paxta etishtirishni ko‘paytirish imkoniyati tugagan bir sharoitda Markaz O‘zbekistonda 2000 yilga borib paxtaning yalpi hosilini 8 mln. tonnaga etkazish dasturini ishlab chiqdi. Adolatsiz narx siyosati ham O‘zbekiston xalqining turmush darajasiga putur etkazar edi. Bunga SSSRdagi ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va respublikaning o‘z manfaatlari, xalqining manfaatlari bilan hisoblashmaydigan siyosati sabab edi. Bu siyosat orqali SSSRda ko‘zboyamachilik, poraholik, laganbardorlik kabi illatlar kuchayib bordi. Barcha darajadagi ba'zi xo‘jalik rahbarlari hokimiyatni, xizmat lavozimini suiste'mol qilar, g‘arazli manfaatlarini oylab yashar edi. Ammo bu nuqsonlar Markaz tomonidan olib borilgan ma'muriy-buyruqbozlik siyosatning oqibati edi.

1984-yildan boshlab KPSS MK rahbarligining topshirig‘i bilan O‘zbekistonga General prokuratura xodimlari T.Gdlyan va Ivanov boshchiligida katta guruh tergovchilar yuborilib, «paxta ishi» nomini olgan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. Markaziy matbuotda bu «O‘zbek ishi» degan nom olgan. Jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida Moskvadan va boshqa respublikalardan O‘zbekistonga ketma-ket turli tergov guruhlari yuborildi. Respublihamizga har xil joylaridan rahbar kadrlar kela boshladi. 1985-yilda boshlangan «qayta qurish» siyosati xalqimizda o‘z hayotini yangilashga, uni yaxshilashga bo‘lgan umidni uyg‘otgan edi. Biroq puxta oylab korilmagan qarorlar, ularni joriy qilishdagi jiddiy nuqsonlar, ma'muriy siquvning davom etishi, «qayta qurish»ning puxta ishlab chiqilgan kontseptsiyasining yoqligi, xoja -korsinga olib borilayotgan tadbirlar, markaz tomonidan oylab topilgan «paxta ishi» tufayli yuz berayotgan qonunbuzarliklar respublikaning ijtimoiy-siyosiy ahvolini yanada murakkablashtirdi. Ziddiyatli «qayta qurish» siyosati oqibatda republikalar orasida iqtisodiy aloqalarning buzilishiga olib keldi, O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tangchilik holati chuqurlashib bordi, sanoat ishlab chiqarishining va qishloq xo‘jaligi samaradorligi pasayib bordi.

1989-yil 23-iyun oyida O‘zbekiston MQning birinchi kotibi lavozimiga I.A.Karimov saylandi. Uning tashabbusi biian 1989-yil avgust oyida qishloq aholiga 90,7 ming gektar yer ajratildi, shu bilan 1,5 mln. ko‘proq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, 580 ming oila unga ega bo‘ldi. O‘z mustaqilligiga intilayotgan O‘zbekistonning keyingi qadami 1989-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashning XI sessiyasida "O‘zbekiston ning Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi edi. Partiya yakka xukmdorligini bartaraf etish va hokimiyatni xalq deputatlariga qaytarib berish uchun 1990-yil 24-martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning I sessiyasida boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy qilish tog‘risidagi qaror qabul qilindi va I.A.Karimov ittifoqdagi respublikalar orasida birinchi bo‘lib Prezident bo‘lib saylandi. O‘z suverenitetini tiklashda 1990-yil 20-iyun kuni respublika Oliy Kengashining II sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston SSR «Mustaqillik Deklaratsiyasi» muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqeadir. Deklaratsiya 12 moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida «O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir», deb yozib qoyilgan. Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Shunga muvofiq, 1991-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qaroriga binoan respublikada joylashgan ittifoqqa boysinuvchi davlat korxonalari va muassasalari O‘zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o‘tkazildi.

Mazkur mavzuni yoritishda talabalarning diqqat-e'tiborini shunga qaratish kerakki, 1990-yil 20-iyun kuni qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiyasi» va 1991-yil 31-avgustda e'lon qilingan "O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi tog‘risida"gi qonun bir-biridan farq qiladi. "Mustaqillik Deklaratsiyasi"da yangilangan SSSR tarkibida qolgan, o‘z suverenitetini tiklagan O‘zbekiston haqida gap ketgan. 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan Qonunda esa SSSR parchalanib ketganligi va mustaqil davlatga aylangan O‘zbekiston haqida gap ketgan. Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Oliy Kengash O‘zbekiston Konstitutsiyasini tayyorlash komissiyaga O‘zbekistonning yangi Davlat bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasini tayyorlash vazifasini topshirdi. Shu tariqa xalqimiz azaliy, asriy maqsadiga- Vatanimiz Mustaqilligiga erishdi. Dunyo haritasida yangi mustaqil davlat-O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.


II

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan song kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkam laydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turardi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfatlariga mos kelmas edi. O‘zbekiston o‘z rivojlanishida qo‘ygan asosiy maqsadi-bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat va fuqarolik jamiyat asoslarini barpo etishdir.

E'lon qilingan maqsadlarga avvalgi tuzumni tubdan buzib tashlamasdan, otmish odatlaridan voz kechmasdan erishib bolmasdi. Shu tufayli o‘z maqsadiga erishish uchun biz quyidagi asosiy vazifalarni hal etishimiz lozim edi:

l. Eski ma'muriy-buyruqboziik tizimini, unga muvofiq bo‘lgan hokimiyat va boshqaruv organlarini tugatish.

2. Yangi davlatchilikning siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish. O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yolini, avvalo, mamlakatda yaratilayotgan jamiyat qanday mazmun kasb etishga e'tibor berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fikriga ko‘ra: «Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyat bunyod etish-bosh vazifadir.

O‘zbekistonda yangi demokratik davlatni barpo qilish rejalarini ishlab chiqishda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning hissasi katta. O‘z asarlarida u demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini chuqur tahlil qildi. Masalan, «O‘zbekiston - o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» (1992); «O‘zbekiston -bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» (1993); «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» (1995); «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997); «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999) va boshqalar. Ushbu asarlarida O‘zbekiston istiqlolining ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o’rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma'naviy poklanishning asosiy yo’l-yo’riqlari yangicha mushoxada va yondashuv bilan ko’rsatib berildi.

Yangi siyosiy, iqtisodiy tizimni barpo qilishda, yangi davlatni tashkil etishda asosiy vazifalardan biri uning huquqiy poydevorini yaratishdir. Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri, uning asosiy Qonuni-Konstitutsiyasi hisoblanadi.

O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990-yil 20-iyunda "Mustaqillik deklaratsiyasi"ning qabul qilinishi munosabati bilan ilgari surilgan edi. Buning uchun Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha komissiya tuzilgan edi.

1991-yil oktyabr-noyabrda Konstitutsiya loyihasining birinchi varianti tayyorlandi. Ammo 1991-yil 31 -avgustda O‘zbekiston Mustaqilligi e'lon qilinishi bilan, vaziyat o‘zgarib loyihaning ikkinchi varianti ustida ish boshlandi. 1992-yil bahorida loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi va shu yilning 26-sentyabrida umumxalq muhohamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. Tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olib, Konstitutsiyaviy komissiya loyihani qaytadan tuzib, 1992-yil 21 -noyabrda muhohamani davom ettirish uchun ikkinchi marotaba matbuotda e'lon qildi.

1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» qabul qilindi. U 128 moddadan, 6 bo’limdan iborat edi. Faqat milliy istiqlol, davlat mustaqilligiga erishish tufayli O‘zbekistonning tamomila yangi, inson manfaatlarini, haq-huquqlarini himoya qiluvchi chinakam demokratik Konstitutsiyasini yaratishga tarixiy imkoniyat vujudga keldi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi quyidagi tamoyillarga tayanadi;

Davlat suvereniteti;

Xalq hokimiyatchiligi;

Fuqarolar huquqlari va erkinliklari;

Davlat hokimiyatining bo‘linishi;

Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan voqea bo‘ldi. U mamlakatda huquqiy, siyosiy, iqtisodiy islohotlar uchun asos bo‘ldi. Konstitutsiya barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta'minlash maqsadida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Demokratik huquqiy davlatni tuzish uchun eng avvalo davlat boshqaruvining hozirgi zamonaviy tizimini shakllantirish talab qilinadi. Davlat boshqaruvi xususida tuzilayotgan tizimning asosi Prezident boshqaruvi bo‘ldi. Prezidentlik boshqaruvi, mustaqil davlat va respublikadagi ijrochi hokimiyatning boshlig‘i bo’lmish Prezidentning haq-huquqlari va vakolatlari Prezidentni umumxalq tomondan saylanishida tasdiqlanadi (Konstitutsiya, XIX bob, 89-90 modda).

Konstitutsiyaga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati Prezidentlik hokimiyati va Vazirlar Mahkamasidan iborat Respublika Prezidenti qoshida ijro etuvchi hokimiyat devoni tuzilgan bo‘lib, unga Prezident rahbarlik qiladi. Vazirlar Mahkamasi Prezident tomonidan tuzilib, parlament tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi 1990-yil noyabrda tashkil topib, mustaqillikka erishgandan song davlat mustaqilligini ta'minlovchi organlardan iborat: Mudofaa Vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki Ishlar Vazirligi, davlat bojxona va soliq qo’mitasi, shuningdek tashqi aloqalarni ta'minlovchi organlar vujudga keldi: Tashqi ishlar Vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi Milliy Bank, Iqtisodiy rivojlanishni ta'minlovchi organlar: Davlat statistika qo’mitasi, Respublika ulgurji va birja savdosi aktsionerlik assotsiatsiyasi, Respublika xomashyo birjasi, Moliya Vazirligi va boshqalar.

Ijro etish hokimiyatining faoliyati parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan belgilanadi. Huquqiy demokratik davlatning asosoiy tamoyillaridan biri-Qonun ustuvorligidir. Demokratik jamiyat hayotida qonunning o‘rni beqiyos. Qonunlarning sifati ularni qabul qilayotgan parlament a'zolariga bog‘liq. Ma'lumki, 1990-yil 18-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdagi yangi tarkibi saylandi va u 1990-1994-yillarda faoliyat ko’rsatdi, Oliy Kengash sovet davrining koldigi bo‘lib, shu bilan birga O‘zbekistonning mustaqilligini ta'minlashda yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirishda muhim ro’l o’ynadi. Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor Prezidentni sayladi: «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni, «Davlat mustaqilligi asoslari to’g‘risida» qonunni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyani ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990-1994-yillarda Oliy Kengash 200ga yaqin qonun, 500dan ziyod qaror qabul qildi. Ammo yangi demokratik davlat, Fuqarolik jamiyatini barpo qilish uchun yangi turdagi, zamon talabiga javob beradigan parlamentni tashkil qilish kerak edi.

1993-yil 28-dekabrda bo‘lib o’tgan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g‘risida»; 1994-yil 22-sentyabrda bo‘lib o’tgan XVI sessiyada «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tog‘risida» Qonunlar qabul qilindi.

1994-yil 25-dekabrda yangi parlamentga-Oliy Majlisga saylov bo‘lib o’tgan edi. Birinchi marta bu saylov, Konstitutsiya talabiga ko’ra, (Konstitutsiya; 77 modda) ko‘ppartiyaviylik asosida o’tkazildi. Saylovda ikki partiya, Xalq-demokratik partiyasi va «Vatan taraqqiyoti» partiyalari ishtirok etishdi.

Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Bu yangi parlamentni demokratik yo’l bilan shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo‘ldi. Oliy Majlis o’zining shakllanishi, faoliyat korsatishi, ish yuritish tartiblari bilan avvalgi Oliy Kengashdan farq qiluvchi Oliy davlat o‘rganidir:



    1. Oliy Majlis deputatlar saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tkazildi.

    2. Saylovlar tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi.

    3. Oliy Majlis doimiy amal qiluvchi parlament sifatida faoliyat yuritmoqda, ya'ni deputatlarning bir qismi parlament tarkibida doimiy ishlamoqda.

O‘tgan yillar mobaynida erishgan yutuqlar bilan birga yangi-yangi muammolar vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov aytganidek: «Qonunchilik faoliyatimizdagi kamchiliklarni tanqidiy baholab, bartaraf etish, qonunlarimizning mukammal va izchil bolishiga erishmog‘imiz va eng muhimi, barcha huquqiy davlatlar qatorida qonun asosida yashashni organishimiz zarur. Shu bilan birga, qonunchilik va meyoriy asoslarni shakllantirish jamiyatni o’zgartirish va isloh qilish jarayonidan oldinroq yurishi kerak». Shuni tan olishimiz kerakki:

1. Aholimizning siyosiy faolligi hali zamon talablari darajasida emas, balki eski andozalardan to’liq qutula olmadik.

2. Siyosiy partiyalar va harakatlar jamiyatimizning turli sohalarida o’ziga munosib o’rin egallab olishmagan. Buning uchun ular aniq maqsadlariga, puxta ishlab chiqilgan dasturlarga ega bo’lish lozim.

3. OAV shu paytgacha demokratik qadriyatlarni himoya qiladigan, davlat va mansabdor shaxslarning faoliyatini nazorat qiluvchi to’rtinchi hokimiyatga aylanmagan.

Bu va boshqa dolzarb muammolarni yechish uchun oldimizda quyidagi vazifalar turibdi:

a. Jamiyat va davlatning turli sohalarini yanada erkinlashtirish;

b. aholining siyosiy madaniyatini, siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmni shakllantirish.

Bu vazifalarni bajarish uchun Oliy Majlisning qonunchilik faoliyatini takomillashtirish zarur edi. 2002-yil 27-yanvar kuni O‘zbekistonda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijasida siyosiy tizimni takomillashtirish masalasi hal qilindi, ya'ni ikki palatali Oliy Majlisga o’tish va Prezident vakolatlarini 5-yildan 7-yilga o’zgartirishga qaror qilindi.

Referendum natijasiga tayanib ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi to’g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritildi (Konstitutsiya: XVIII-XX: XXIII boblar). 2004-yil 26-dekabrda ikki palatali Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov bo‘lib o’tgan. Unda beshta partiya (XDP: «Adolat»: «Milliy tiklanish»: «Fidokorlar»: Lib.DP) ishtirok etgan.

Ikki palatali Oliy Majlisga bo‘lgan saylovdan quyidagi xulosa kelib chiqadi:

-saylovlar biz uchun chinakam demokratiya maktabi, xalqimizning siyosiy saviyasini oshirish uchun sinov bo‘lgan;

-ikki palatali parlamentga saylovlar o‘tkazish tizimi va jarayonining o‘zi mavjud siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari faolligi va mas'uliyatining ortishiga olib keldi;

-saylovlar saylovchilarning siyosiy va fuqarolik saviyasining yetukligini namoyon qildi;

O‘zbekistonda ikki palatali parlamentni shakllantirishdan ko’zlangan maqsadlar quyidagidan iborat:

-parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli va puxta qonunlar, qarorlar qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan o‘zaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish;

-parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish;

-siyosiy partiyalarning faolligini, jamiyatdagi tutgan o‘rini oshirish uchun;

-senat tarkibining asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bolishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish;

-aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko’lami va faolligini yanada kengaytirish. Markaziy hokimiyat organlarini isloh qilish bilan birga yangi mahalliy hokimiyat tizimi tashkil etildi, ya'ni viloyat, tuman, shaharlar tarkibidagi tumanlar, shahar, qishloq doirasidagi hokimiyat muassasalari tuzildi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (XXI bob) «Mahalliy davlat hokimiyat tog‘risida»gi qonun (1993-yil sentyabr), «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari haqida»gi qonun (1993-yil sentyabr), «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g‘risida»gi qonun (1994-yil may) kabilar muhim orin egallaydi. Shu qonunlarga tayanib viloyat, shahar va tumanlarda hokim lavozimi ta'sis etildi. Viloyat, tuman, shahar hokimi mahalliy hududni oliy mansabdor shaxs sifatida tegishli hudud ijroiya hokimiyatni boshqaradi.

O‘rta Osiyoda kishilarning hayoti mahallada otib boradi. O‘zbekistonda o‘z-o‘zini boshqarish organlarining asosiy elementi fuqarolarning yig‘inlari hisoblanadi. Mahalla esa o‘zini-o‘zi boshqarishning asosiy bog‘inidir. Mahallada har bir kishining taqdiri, orzu-umidi, hayotga va odamlarga munosabati qat'iy nazoratda turadi. Shu bilan birga mahallachilik uzoq an'analarga va xalqimiz tarixiga, uning boy ma'naviy-axloqiy udumlariga bog‘liq bo‘lgan ulkan hayot maktabidir. Demokratik davlatni qurishda sud hokimiyati muhim o‘rin egallaydi. Faqat odil sudlov tizimi mavjud bo‘lsa, jamiyatdagi tartib, intizom, barqarorlik, qonunga bo‘lgan ishonch, hurmat mavjud bo‘ladi. Shuning uchun Mustaqillik yillarida sud islohotlarini izchillik bilan o‘tkazishga alohida e'tibor berildi.

O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi, Oliy Sudi, Oliy xo‘jalik Sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, xo‘jalik sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar xo‘jalik sudlaridan iborat (Konstitutsiya XXII bob). Sud tizimini isloh qilish uchun bir qator qonunlar qabul qilingan: «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun (1993, sentyabr), «Jatniyat kodeksi» va «Jamiyat-ijroiya kodeksi» (1996-yil dekabr). O‘zbekistonda mustaqillik yillari davomida o‘tkazilgan siyosiy, sud islohotlari yangi demokratik davlat poydevorini qurish imkonini berdi.

III


O‘zbekiston demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan, fuqarolik jamiyat asoslarini qurishga intilmoqda. Buning ma'nosi shuki, boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshqarish o‘rganlari rivojlanib boradi. «Fuqarolik jamiyati» va «jamiyat» tushunchalari aynan bir narsa emas. Jamiyat- bu kishilar umumiyligi, davlatning barcha belgilarini ham o‘z ichiga oladigan birligi. «Fuqarolik jamiyati» -bu jamiyatning bir qismi bo‘lib, hokimiyatning davlat o‘rganlari va boshqaruvidan tashqari qismidir. Fuqarolik jamiyatning yetuklik darajasi fuqarolarning siyosiy va jamoat tashkilotlariga birlashish darajasi, siyosiy va jamoat tashkilotlarining ta'siri va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. «Fuqarolik jamiyati, -deb yozadi I.A. Karimov, -ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini-o‘zi hamol toptirishiga mone'lik qilmaydi, aksincha, yordam beradi».

Fuqarolik jamiyati huquqiy davlatga asoslanib, shakllanadi va rivojlanadi. Faqat inson huquqlari va erkinligi ta'minlangan va kafolatlangan holda fuqarolik jamiyati shakllanadi. Huquqiy demokratik jamiyatni barpo etish aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyati, odamlarning yangi demokratik qadriyatlarni idrok etish masalalari bilan bog‘liq. Shu jihatdan, fuqarolik jamiyatning asosiy belgilaridan biri-ko‘p partiyaviylik. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning faoliyati demokratik jamiyat uchun zarur bo‘lgan siyosiy muxolifatni shakllantirdi.

«Shuni yaxshi uqib olishimiz kerak, -degan edi I.A.Karimov. - Jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan, kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bolmas ekan, davlat hokimiyatning barcha bog‘inlarida o‘zboshimchalik, volyuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining komiptsiyasi singari illatlar bo‘lmasligiga jiddiy kafolat ham bolmaydi». Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi: «O‘zbekistonda jamoat tashkilotlari to’g‘risida» (1991-yil 15-fevral), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g‘risida» (1998-yil 28-aprel), «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari tog‘risida» (1992-yil 2-iyul), «Siyosiy partiyalar tog‘risida» (1996-yil dekabr)gi Qonunlari. Nodavlat, jamoat tashkilotlari orasida eng muhim ro’lni siyosiy partiyalar o’ynaydi.

Partiya-tashkiliy-siyosiy kuch bo‘lib, o‘zida ma'lum masala xususida jamiyat fikrini jamlovchi va biror muammoni echish uchun hokimiyatda ishtirok etish yoki unga ta'sir o‘tkazish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan, bir xil siyosiy qarashga ega bo‘lgan insonlarni o‘zida jam qiladi. Konstitutsiyamiz ko‘ppartiyaviylik tizimini qonun bilan mustahkamlab qo‘ygan (Konstitutsiya: 60-modda).

O‘zbekistonda 5 siyosiy partiya, 1 ta jamoatchilik harakati faoliyat ko‘rsatmoqda. 1991-yil 1-noyabrda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining (XDP) ta'sis kengashi bo‘lib o’tdi. XDP «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari hamda «Muloqot» jurnali nashr etmoqda. 1992-yil 24-mayida «Vatan taraqqiyoti» partiyasining ta'sis qurultoyi o‘tkazilib, unda partiya dasturi va nizom qabul qilingan, «Vatan» gazetasini nashr etgan.

1995-yil 18-fevralda «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Dastur va Nizom tasdiqlandi, «Adolat» nomli xaftalik gazetani nashr etadi. 1995-yil 3-iyun kuni «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda Dastur va Nizomi qabul qilindi. «Milliy tiklanish» gazetasi nashr etildi. 1998-yil 28-dekabrda «Fidokorlar» Milliy demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda Dastur va Nizomi qabul qilindi. «Fidokor» gazetasi nashr etildi.

2001-yil 14-apreldan «Vatan taraqqiyoti» va «Fidokorlar» partiyalarining qo’shma kengashi bo‘lib o‘tdi, unda fikr va maqsadlar mushtarakligini hisobga olgan holda birgalikda faoliyat olib borish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, mazkur partiyalarning parlament fraktsiyalari ham birlashdi. 2003-yil 15-noyabrda Liberal-demokratik partiyasining ta'sis majlisi bo‘lib otdi. U tadbirkorlar va ishbilarmonlarni birlashtiruvchi partiya bo‘lib, O‘zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlantirishda muhim ro’l o’ynashga qaratilgan. Partiya «XXI asr» gazetsiani nashr etadi.

Jamiyat barqarorligini saqlashda, fuqarolarning huquqlarini, ularning manfaatini ifodalashda muhim rolni muxolifat o’ynaydi. Muxolifatning mavjud bo’lishi demokratik jamiyat uchun shart bo‘lgan va normal holdir. Shunisi muhimki, u tashkiliy jihatdan rasmiylashgan, tegishli yuridik maqomga ega bo‘lishi, konstitutsiya va qonun normalarini hurmat qilishi, o‘z harakatlari bilan mamlakatdagi davlat va ijtimoiy tuzumning barqaror holati uchun mas'ul bo‘lishi, davlat qurilishning muqobil loyihalariga ega bo‘ishi lozim. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Demokratiya ustun bo‘lgan jamiyatda konstruktiv, sog‘lom muxolifat jamiyatning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojiga hissa qoshadi. Biz rasmiy hokimiyat bilan g‘oyaviy va amaliy jihatdan raqobatlasha oladigan, amaliy takliflar kirita biladigan, jamiyatimizning turli siyosiy qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan muxolifatga muhtojmiz». Siyosiy partiyalar bilan birga O‘zbekistonda «Xalq birligi» harakati faoliyat yuritmoqda. U 1995-yil iyun oyida tashkil bo‘lib, uning maqsadi O‘zbekiston xalqlari birligini mustahkamlashdir. Jamiyatda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ta'minlanganda u chinakam huquqiy, fuqarolik jamiyati bo‘ladi. Bu boradagi muammolarni hal qilishda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashda, jamoatchilik fikrini shakllantirishda-ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi. Ularning turli davlat va siyosiy institutlar hamda jamiyat kayfiyatiga ta'siri natijasida OAVni to‘rtinchi hokimiyat deb ham yuritishadi.

Mamlakatimizda OAVning rivojlanishiga huquqiy asos yaratilgan: «Noshirlik faoliyati tog‘risida» (1996-yil 2-avgust): «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tog‘risida» (1996-yil 2-avgust): «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida» (1997 yil 24 aprel): «Jurnalistika faoliyatini himoya qilish tog‘risida» (1997-yil 26- dekabr), «Ommaviy axborot vositalar tog‘risida» (1997-yil 26-dekabr). O‘zbekistonda matbuot erkinligi, soz va fikr daxlsizligi qonun bilan kafolatlangan. (Konstitutsiya: XV bob). 2005-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida LA.Karimov jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilashda, mamlakatni modernizatsiya qilishda OAV haqida gapirganda, ularning hayotmizda tutgan o‘rniga alohida e'tibor qaratib, OAVni isloh qilish yonalishlarini ko‘rsatib berdilar. Ular:


    1. OAVning iqtisodiy erkinligini ta'minlash.

    2. Jamoatchilik fondi, jamoatchilik televideniyasini tuzish.

    3. Yangi, mustaqil fikrga ega bo‘lgan jurnalist kadrlarni tarbiyalashdir.

OAVning erkinligini ta'minlamasdan, radio, televidenie, gazeta va jurnallarni fuqarolarning o‘z mustaqil qarashlari, o‘z -fikrlari, voqealarga munosabatini dadil, qorqmasdan ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib mamlakatimizda bo’layotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning faolligini oshirish mumkin emas. Xulosa qilish mumkinki, mustaqillik davrida siyosiy tizim islohoti borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi:

  1. Eski tizim barham topdi.

  2. Huquqiy, demokratik davlatni qurish uchun konstitutsiyaviy, qonuniy asos yaratildi.

  3. Yangi demokratik davlatga xos bo‘lgan yangi siyosiy tizim yaratildi.

  4. Ko‘ppartiyaviy tizim asoslari shakllandi.

  5. Xalqimiz o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishini ta'minlovchi saylov tizimi barpo etilib, saylovlar muqobillik asosida otkazilayapti.

Boshqacha so’z bilan aytganda, mamlakatimizda shaklan demokratik davlat barpo qilingan, endi asosiy vazifa shu shaklni demokratik mazmun bilan to‘ldirishdan iboratdir.


Download 435,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish