O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi
“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi
Ism Familiya ning
“Optik tolaning turlari va standartlari, optik tolaning geometrik parametrlarini aniqlash” mavzusidagi
INDUDIAL LOYIHA ISHI
Qabul qildi: Almardanov M.X.
Toshkent-2022
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………..……….
Asosiy qism………………………………………………………………….
Optik tolaning turlari va standartlari haqida umumiy tushunchalar….
Optik tolaning geometrik parametrlari……………………………….
Optik tolaning geometrik parametrlarini aniqlash……………….…...
Xulosa ……………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlar…………………………….….
Reja bir xili bo‘lmasin(imkon qadar)
Betlarini o’zingiz to’g’rilab yozib chiqasiz
Optik tolaning turlari va standartlari haqida umumiy tushunchalar
Optik tola va uning tuzilishi
Tolali optik aloqa tizimi (TOAT)da yorug‘lik to‘lqinlarining tarqalishini chegaralovchi va yorug‘lik energiyasi oqimini berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi, uzatish va qabul qilish traktlarini bog‘lab turuvchi muhit optik tola deb yuritiladi. Optik tolalarning xossalari qisman aloqa tizimining sifatini aniqlaydi. Shuning uchun TOATni loyihalashtirishda optik tola (OT) larning tavsiflarini e’tiborga olish kerak. Kichik so‘nish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan optik tolalar asosida optik signallarni uzoq masofalarga uzatishni ta’minlovchi optik kabellar yaratilgan.
Optik tolalar o‘zak va qobiqdan tarkib topadi (1.1-rasm). Ular qiymati bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. O‘zak uzatuvchi, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi muhit sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug‘likni yo‘naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib, u orqali uzatilgan signalning eltuvchisi – yorug‘lik nuri tarqaladi.
Yorug‘lik nurining faqat o‘zak bo‘ylab tarqalishini ta’minlash uchun
n1>n2, (1.1)
shart bajarilishi kerak. Bu yerda mos ravishda
n1 – o‘zakning sindirish ko‘rsatkichi;
n2 – qobiqning sindirish ko‘rsatkichi.
Р.М.Optik yorug‘lik uzatgichlarining sindirish ko‘rsatkichi quyidagi munosabat bilan aniqlanadi:
, (1.2)
bu yerda, e va m – mos ravishda yorug‘lik uzatuvchi muhitning nisbiy dielektrik va magnit singdiruvchanliklari.
Ikkinchi tomondan, sindirish ko‘rsatkichi n, yorug‘likning vakuumdagi tezligi (s) ni uning uzatuvchi shaffof muhitdagi tezligi (sm) ga nisbati orqali ifodalanadi:
n = s / sm . (1.3)
Sindirish ko‘rsatkichining qiymati bilan farqlanuvchi turli xil moddalarda yorug‘lik turlicha tezlik bilan tarqaladi (1.1-jadval).
1.1-rasmda OT ning tuzilishi tasvirlangan. OTni tayyorlash uchun asosiy material sifatida juda toza va shaffof kvars shishasi – kremniy ikki oksidi (SiO2) ishlatiladi.
O‘zak va qobiqning kerakli sindirish ko‘rsatkichlariga erishish uchun kvars shishasiga kiritmalar kiritiladi. Chunonchi, germaniy va fosfor sindirish ko‘rsatkichi qiymatini oshiradi, bor va ftor esa, aksincha uni kamaytiradi.
Tolaning qo‘shimcha qobiqlari himoya qobig‘i hisoblanadi. 1.1-rasmda tashqi plastik qoplama ko‘rsatilgan.
Tashqi plastik qoplama optik tolani uning xususiyatlariga ta’sir etuvchi mexanik va boshqa atrof muhit ta’sirlaridan himoya qiladi.
1.1-jadval
Turli xil materiallarning sindirish ko‘rsatkichlari
Materiallar nomi
|
Sindirish ko‘rsatkichlari, n
|
Yorug‘likning turli materiallardagi tezligi, cm, km/sek.
|
Vakuum
|
1,0
|
300 000
|
Havo
|
1,0003
|
300 000
|
Suv
|
1,33
|
225 000
|
Kvars
|
1,46
|
205 000
|
Shisha
|
1,5
|
200 000
|
Olmos
|
2,5
|
120 000
|
1.1-rasm. Optik tolaning tuzilishi.
Optik tola turlari va ularning tavsiflari.
Do'stlaringiz bilan baham: |