O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
TT VA KT FAKULTETI
RI-11-21 GURUH TALABASINING
KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI
FANIDAN
Bajardi:
E.Shoyimov
Qabul qildi:
F.Bekkamov
Qarshi 2022
1-AMALIY ISHI
1-Amaliy ish
1. Risk
–grekcha so’z bo’lib,
kemalarni halokatga olib boruvchi vaodamlarning
o’limiga, mol
-
mulkining cho’kib ketishiga sabab bo’luvchi qoyanibildirib,
“qoyalar orasidan shamol va boshqa to’siqlarga chap berib suzib
o’tmoq”ma’nosini anglatadi. Bugungi kunda bu so’z “xavf ostida qolmoq”
degan yangima’nodaqo’llanilyapti.Ushbu ta’rifda muallif risk tushunchasiga
umumiy yondashib, uning tarixankelib chiqish o’zagini bayon qilgan.
Haqiqatdan ham, bugungi kunga kelib riskbutunlay boshqa, ya’ni xavf
-xatar,
tavakkal degan ma’noda qo’llanilyapti
. Risk
–
italiancha
risico -
xavf
,
рисковать
–
qoyani aylanib o’tish degan ma’noni bildiradi. Bu ta’rifda faqat
risk so’zi va riskovat fe’lining lug’aviy ma’nolari keltirilgan. Ko’rib
turganimizdek u ham birinchi ta’rifga o’xshash bo’lib, riskning
tarixiy
miohiyatini ifdalagan.Risk
–
insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida
mavjud bo’lgan tarixiy va iqtisodiy kategoriya bo’lib, u kishilar faoliyatida yoki
tabiiy hodisalarda mumkin bo’lgan yo’qotishlar salmog’ini bildirgan hamda
tarixan jamiyat r
ivojlanishi bilan odamlarning halokatdan qo’rqish darajasiga
moslashib turgan.Yuqoridagi ta’rifda ham riskka tarixan yondashilib, uning
kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida mavjud bo’lgani aytilgan. Aynan
yo’qotishlar salmog’ining bildirgani bugungi kunda ham o’z ahamiyatini
yo’qotmagan. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, risk faqat yo’qotish ma’nosini
bildiribgina qolmay, ayni paytda kutilmaganda foyda olish ehtimolini ham
bildirishi mumkin. Risk
–
tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq,
рисковать
fe’li
esa
tavakkal qilish, biror ishni to’g’ri mo’ljallab ko’rmay qilish, dadillik,
qat’iyat bilan ish tutmoq, ma’lum xatarga o’zini urish demakdir. Muallif riskka
bugungi kun naqtai nazaridan ta’rif berib, uni faqat xavf bilan bog’lagan.
Vaholanki risk o’zida xavf
bilan bir qatorda noaniqlik, yo’qotish xususiyatlarni
ham namoyon etadi. Risk
–
bu zarar ko’rish yoki manfaatni qo’ldan chiqarish
bilan bog’liq
ehtimollar o’lchamidir. Bu ta’rifda risk nafaqat yo’qotish ehtimoli, balki ana
shu ehtimolning qiymat o’lchovi
ekanligi ham aytilgan. Biroq doim ham bu
ehtimolning qiymat o’lchovi
mavjud bo’lavermaydi. Shu sababli yanda kengroq ta’rif berish maqsadga
muvofiqdir. Risk
–
sodir etilish mumkin bo’lgan tahlika yoki muvaffaqiyatli
natija umidida tavakkalchilik qilish, ta
vakkal qilmoq, xavfli ishga qo’l urmoq,
рисковать
fe’li esa xav
-
xatardan qo’rqmay ish qilish degan ma’noni
bildiradi.(S. Ojegov) Ushbu olim ham V. Dal singari risk tushunchasini faqat
xavf bilan bog’lagan. Zarar ko’rish ehtimoli, noaniqlik ma’nolari chetda
qolib
ketgan. Chunki qanday qilib riskka borish emas, uning natijasi bizga ko’p
jihatdan muhimdir. Risk
–
tahlika, tahdid, tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq,
рисковать
fe’li esa xavf ostiga qoldirishga jur’at qilmoq. Bu ta’rifda ham
muallif riskka faqat xavf nuqtai nazaridan yondashib, uni xavfli ish qilish deb
aytadi. Vaholanki, risk avvalo ijobiy natijani ko’zlab qilinadi. Shunday ekan
uni faqat xavf deyish to’gri emas. Bundan tashqari aksariyat turmush
tarzimizda risklaga duch kelamiz. Bu degani faqat xavf xatar bilan yonma-
yon yuramiz degani emas. Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, u o’z
navbatida oldindan ko’ra bilish qiyin yoki mumkin bo’lmagan voqealar bilan
bog’liq bo’ladi. Risk haqida bildirilgan ushbu fikrda muallif yuqoridagilardan
farqli r
avishda uni noaniqlik bilan bog’laydi va oldindan ko’rish qiyin voqea
sifatida ta’riflaydi. Darhaqiqat, risk oldindan aniq bilish mumkin bo’lmagan
voqealar bilan bog’liqdir. Aynan shu voqealarning oldindan baholangan
natijasi bilan haqiqatdagi natijasi orasidagi farqda risk darajasi namoyon
bo’ladi. Risk –
bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola olmaslik
yoki zarar ko’rish ehtimolidir. Haqiqatdan ham risk bu rejalashtirilgan natija
va haqiqatdagi natija o’rtasidagi farqda o’z ifodasini topadi. Us
hbu farq
salbiy yoki ijobiy bo’lishiga qarab ko’zlangan daromad ham ko’payishi va
kamayishi mumkin. Risk
–
bu noqulay (yoqimsiz) hodisaning sodir bo’lish
ehtimoli va uning natijasi birlashmasidir. Bu ta’rif qisqa bo’lsa
-da, riskning
bugungi kundagi ma’nosi
ni oldingilariga nisbatan kengroq ochib bergan.
Chunki risk deganimizda yo’qotish yoki daromad ko’rish ehtimolinigina
emas, uning (salbiy va ijobiy) natijasini ham tushunamiz. Risklarni
o’rganishimizdan maqsad ham aynan shu natijani boshqarishdir. Risk –
bu
korxona resurslarining bir qismini yo’qotish daromad ola olmaslik,
qo’shimcha xarajatlar qilish xavfidir Muallif riskka korxona nuqtai nazaridan
yondashib, uni resurslar bir qismining yo’qotilish yoki xarajat vujudga kelish
xavfi deb tushuntiradi. Lekin
buni aynan riskning o’zi emas, balki uning
natijasi deyish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Risk –
bu faqat sirli noaniqlik, u
yoki bu jarayon xavfi emas, balki muvaffaqiyatga erishish va salbiy omillarni
yengishga ishongan subyektning
noaniqlik sharoitidagi harakati. Albatta, risk avvalo harakatdir. Chunki
barcha xo’jalik subyektlari yuqori foydani ko’zlab ish bajaradilar, tahlika yoki
xavfni o’ylab emas. Ularning bu harakati noaniq ma’lumotlarga asoslangan
bo’ladi xolos. Risk –
biror zarar yetkazish xavfi bo’
lgan tahlika yoki har
qanday zarar yetkazish ehtimoli. (S.Ushakov) Bu qisqa ta’rifda muallif riskni
xavf va zarar bilan bog’lab tushuntirgan. Yuqorida aytib o’tganimizdek, uni
faqat zarar yoki yo’qotish deb izohlash noo’rindir. Chunki risk zarar yoki
yo’qotish bilan bir qatorda foyda ham keltirishi mumkin. Shu sababli ta’rifni
yanada kengaytirish maqsadga muvfiqdir. Risk
–
bu noaniqlik emas, balki
noaniqlik sharoitida xo’jalik subyektlarining faoliyat yuritishidir. Risk –
kelajakning noaniqliqligi sababli kelgusi moliyaviy natijalarning noaniqligini
xarakterlovchi kategoriya. Ushbu ta’rifda olim riskni kelgusi faoliyat
noaniqligi bilan bog’lagan. Chunki kelgusi faoliyat qanday bo’lishini
bilmaganligi sababli subyekt noaniq ma’lumotlar asosida qaror qabul qil
adi.
Ana shu qarorni amalga oshirishdagi harakat bu riskdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |