2-BOB. BIOMETRIK TASVIRLARGA ISHLOV BERUVCHI MOBIL ILOVANI ISHLAB CHIQISH BOSQICHLARI
2.1. Android Studio dasturi yordamida mobil ilovaning dizayn qismini
yaratish
Android Studio dasturida mobil ilovamizning dizayn qismini yasashimiz uchun biz avvalo, Android Studio dasturiga kirib olamiz. Android Studio dasturi quyidagi ko’rinishga ega:
2.1-rasm. Android Studio dasturiga kirish oynasi
Bundan keyin esa bizda quyidagi oyna hosil bo’ladi:
2.2-rasm. Android Studio dasturiga kirgandagi ilk oyna
Endi esa biz “Resourse” bo’limiga kirib, kerakli ikonkalar, rasmlar, ranglar kabi kerakli ma’lumotlar ya’ni dizayn qismi uchun kerakli bo’lgan barcha ishlarni birin- ketin bajaramiz. Birinchi o’rinda biz, mobil ilovaga kirgandagi “activity_main” oynasini tuzib olamiz. Unga kerakli ikonka, rasm kabi elementlarni kiritib, quyidagicha ko’rinishni olamiz:
2.3-rasm. “activity_main.xml” ko’rinishi
Shuni aytib o’tmoqchimanki, bu ko’rib turgan rasm(2.3-rasm)dagi pastdagi tugma orqali biometrik ma’lumotlar tekshiriladi. Undan avval esa yuqorida biometrik tasvirlar(ma’lumotlar) bor yoki yo’qligi haqida xabarnoma chiqadi. Shu tartibda “Biometric Secret Message” ilovamizning dizayn qismini shakllantiramiz va u quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi.
2.4 –rasm. “activity_list.xml” oynasi ko’rinishi
Bu “activity_list.xml” oynasi orqali biz quyidagi natijalarga ega bo’lamiz:
Bu yerda biz maxfiy xabarlar listini ko’rishimiz mumkin va bu yerdagagi ma’lumotlar barchasi shifrlangan holda bo’ladi.
Bu yerdan turib maxfiy xabarlarga muroja’at qilishimiz mumkin.
Oynaning pastki qismi o’ng tarafida FloatingActionButton bo’ladi, bu bizga yangi maxfiy xabarni yaratish imkonini beradi.
Endi keling yangi maxfiy xabar yaratish oynasi bilan tanishib chiqaylik. Bu oynani shakllantirish juda oson , buning uchun bizga asosan “MaterialButton”, “TextInputLayout”, “TextInputEditText” va boshqalar kerak bo’ladi.
Shundan keyin quyidagi ko’rinishni oladi:
2.5-rasm. “activity_encryption.xml” ko’rinishi
Bu oyna bizga kiritgan xabarimizni maxfiy holda biometrik holda saqlaydi, bu ishni pastda ko’rinib turgan “button” bajarib beradi va bu barmoq izi yoki yuz orqali amalga oshiriladi.
Bundan keyingi ko’rinishimiz shu hosil bo’lgan maxfiy xabarimizni deshifrlash oynasi sanaladi. Bu oyna ko’rinishini ham hosil qilish juda oson. Buni uchun bizga “MaterialButton” , TextView” kerak bo’ladi. Shundan keyingi ko’rinish esa quyidagicha:
2.6-rasm. “activity_decryption.xml”ko’rinishi
Bu oyna bizga xabarimizni ochiq holda chiqarib beradi, bu ishni pastda ko’rinib turgan “button” bajarib beradi va bu barmoq izi yoki yuz orqali amalga oshiriladi.
2.7-rasm. “layout_list_item.xml” qismini ko’rinishi
Bu dizayn qismida faqat bitta item ko’rinishi hisoblanadi.
Bundan tashqari bizda ilovamizga kirishdan oldin animatsiya bilan yuzaga chiqadigan “splash” oynasi ham bo’ladi va u animatsiy bilan namoyish bo’ladi.
Uni ko’rinishi quyidagicha:
2.8-rasm. “activity_splash.xml” qismini ko’rinishi
Qisqacha qilib aytganda dizayn qismini shu tartibda o’zizga mos ravishda har xil kutubxonalar orqali dizayn qismini yanada chiroyli darajada qilishingiz mumkin. Turli xil animatsiyalar qo’shib ham ularni yanada dizayn qismini mukammal darajada qilish imkoniyatlari ko’p. Demak, biz ozmi-ko’pmi dizayn qismi haqida gaplashdik, endi esa kod qismiga ham o’tsak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |