O‘zbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti farg‘ona filiali


O`zbekistonda masofaviy ta’lim qanday yo`lga qo`yilgan?



Download 2,39 Mb.
bet8/36
Sana22.07.2022
Hajmi2,39 Mb.
#839539
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
bmi

O`zbekistonda masofaviy ta’lim qanday yo`lga qo`yilgan?
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 27 martda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish to`g`risida”gi buyrug`iga ko`ra respublikamizdagi mavjud OTMlar masofaviy o`qitish texnologiyalarini yaratish va ishga tushirish yuzasidan ishlarni boshlagan.
Bu borada Toshkent davlat yuridik universitetida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020/2021 o`quv yili uchun masofaviy ta’limni yo`lga qo`yish bo`yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:universitet O`quv-uslubiy boshqarmasi tarkibida Masofaviy ta’lim bo`limi tashkil qilindi; masofaviy ta’limni tashkil etish uchun MOODLE-ob’yektga yo`naltirilgan dinamik ta’lim muhiti asosida http://distant.tsul.uz masofaviy ta’lim platformasi ishga tushirildi;
285 nafar professor-o`qituvchilar va 4191 nafar talabalar masofaviy ta’lim platformasidan foydalanish uchun ro`yxatdan o`tkazildi;
2020/2021 o`quv yili o`quv rejasining kuzgi semestrida o`qitilishi rejalashtirilgan 77 ta fan o`zbek tilida, 77 ta fan rus tilida 8 ta fan ingliz tilida, jami 162 ta modul tizimdan ro`yxatdan o`tkazildi;
2020/2021 o`quv yili o`quv rejasining kuzgi semestrida o`qitilishi rejalashtirilgan fanlarning har bir mavzusi uchun videodars, audiodars, ma’ruza matni (o`quv darsligidan olingan), taqdimot, kazus savollari, nazariy topshiriqlar, test savollari 12953 ta ma’lumot (element) ko`rinishida platformaga yuklandi va qo`shimcha ma’lumotlar yuklab borilmoqda hamda barcha qo`shimcha 10 mingdan ziyod adabiyotlar va manbalar library.tsul.uz elektron kutubxonasiga joylashtirilgan va unga havolalar platformaga ham kiritilgan.
2020/2021 o`quv yili uchun professor-o`qituvchilar o`rtasida o`quv yuklamalarini o`quv jarayoni masofaviy tashkil etilishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zaruratini hisobga olgan holda taqsimlandi; videoma’ruzalarni sifatli qilib tayyorlash uchun universitet mediamarkazida tegishli mutaxassislarni taklif qilgan holda professional videoma’ruzalar yozildi.
Bugungi kunda o`quv jarayoni distant.tsul.uz masofaviy ta’lim platformasi hamda Zoom dasturi orqali amalga oshirilmoqda, shuningdek Zoom orqali olib borilayotgan ma’ruzalar yozib olinib universitetning youtube kanaliga va talabalarning telegram ijtimoiy tarmog`idagi guruhlariga yuklab borilmoqda; ta’lim platformasida talabalar har bir fanni mavzular kesimida o`zlashtirib borishi, bunda mavzuni o`zlashtirishda uni to`liq ko`rib chiqishi talab etiladi, mavzuni yakunlamasdan keyingi mavzuga o`tishi bo`yicha cheklov o`rnatilgan;
Seminar mashg`ulotlarini olib borish uchun uchun MOODLE tizimining ChAT va FORUM elementlari hamda seminar o`tkazish, topshiriq berish va uni javobini tekshirish mexanizmlaridan foydalanish yo`lga qo`yilgan.
Professor-o`qituvchilar va talabalar uchun MOODLE tizimidan foydalanish bo`yicha yo`riqnoma, qo`llanma, vidoyetushuntirishlar tayyorlanib yetkazib borilmoqda, jumladan elektron ta’lim platformasiga tizimdan foydalanish bo`yicha o`zbek va rus tillarida yo`riqnomalar va videoroliklar joylashtirilgan. Shuningdek, tizimli ravishda har xafta professor-o`qituvchilar uchun masofaviy ta’lim platformasidan foydalanish va masofaviy o`qitish metodlari bo`yicha onlayn treninglar tashkil etib kelinmoqda.
Elektron ta’lim platformasidan foydalanish (faollik) holati ham tahlil etib borilmoqda.
Uzoq hududlarda yashaydigan hamda elektron ta’lim platformasidan foydalanish imkoniga (texnik va boshqa sabablar tufayli) ega bo`lmagan talabalar uchun tuman adliya bo`limlari va tuman davlat xizmatlari bo`limlarida internetga ulangan kompьyuterlar ajratilgan holda sharoit yaratildi.
Xulosa qiladigan bo`lsak, masofaviy ta’limi kontseptsiyasini ishlab chiqish lozim. Mazkur hujjatda masofaviy ta’limning ilmiy asoslarini, uning innovatsion o`quv-uslubiy tizimi va asoslarini takomillashtirish, bu borada xorijiy davlatlarning ilg`or tajribasidan samarali foydalanish hamda ta’limda masofaviy ta’limning samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy “Yo`l xaritalarini” ishlab chiqish lozim.
Ta’limda yangi raqamli texnologiyalarni qo`llash uning normativ huquqiy asoslarini takomillashtirib borishni taqozo etib, bu esa o`z navbatida, innovatsion masofaviy ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarini unifikatsiya qilishni va uni amaliyotda to`g`ridan-to`g`ri qo`llash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish