O‘zbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti farg‘ona filiali


Talabalarni o`qitishda masofaviy ta’lim qanchalik zarur?



Download 2,39 Mb.
bet7/36
Sana22.07.2022
Hajmi2,39 Mb.
#839539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
bmi

Talabalarni o`qitishda masofaviy ta’lim qanchalik zarur?
Bu o`qituvchi va talabalar o`rtasidagi onlayn dars jarayonidir. Bunday darslar uchun avvalo kommunikatsiya, masofaviy ta’lim uslubiy materiallari, elektron va odatdagi darsliklar, audio va video darsliklar, onlayn darslar (internet sahifa) elektron kutubxonalar, testlar, mulьtimedia elektron darsliklar va albatta, internetga ulangan kompьyuter kerak bo`ladi.Bunday ta’limda talaba har kuni ta’lim muassasasiga borishi shart emas. Shu bilan birga bu tizim vositasida salomatligi cheklanganlar, uzoq hududlarda yashovchi bolalar, hatto mahkumlar bilan birga bo`lib turgan yoshlar ham ta’lim olishi mumkin.Kattalarga esa masofaviy ta’limda o`z mehnat faoliyatidan ajralmagan holda ta’lim olish va malaka oshirishlariga imkoniyat yaratiladi. Bundan tashqari, masofadan turib o`qiganda bir necha kurslarda bir vaqtning o`zida ta’lim olish imkoni mavjud.Shu bilan bir qatorda masofaviy (elektron) o`qitishni joriy etish orqali quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi;
masofaviy, elektron va aralash ta’limni joriy etish orqali har yili o`qitiladigan talabalar sonini sezilarli darajada oshirishga erishish;talabalarning muayyan sohalaridagi qobiliyatini aniqlash imkoniyatini beruvchi aniq va har tomonlama diagnostikasini amalga oshirish asosida masofaviy kurslarni tashkil etish;talabalarini o`qitish bo`yicha belgilangan vazifalarning sifatli bajarilishini ta’minlash;
masofaviy va an’anaviy o`qitish shakllarini integratsiyalash orqali o`quv jarayoni samaradorligini oshirishga erishish;
axborot-kommunikatsiya va masofadan o`qitish texnologiyalarini joriy etish;
masofadan o`qitish – talabalar ta’lim jarayoniga xos bo`lgan barcha komponentlarni (maqsad, mazmun, usul, tashkiliy shakllar, vositalar) internet texnologiyalaridan faol foydalangan holda masofadan turib amalga oshiriladigan o`qitish shakli hisoblanadi;elektron o`qitish – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, elektron ta’lim resurslari yordamida amalga oshiriladigan o`qitish tizimi;aralash o`qitish (“Blended Learning”) – bu an’anaviy o`qish bilan elektron shaklda mustaqil o`qishning integratsiyasi bo`lib, o`quv jarayonining ayrim elementlari elektron ta’lim muhitida olib boriladi;adaptiv o`qitish – bu tinglovchilarning tayyorgarligi, qobiliyati, maqsadlari, motivatsiyasi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda individual o`rganishga asoslangan o`qitish modeli hisoblanadi;on-line rejimida (sinxron) o`qitish – masofadan turib real vaqt rejimida mashg`ulotlarni olib borish;
off-line rejimida (asinxron) o`qitish – masofadan turib elektron o`quv resurslarini mustaqil o`zlashtirish;
amaliy mashg`ulotlari – umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo`lgan amaliy mashg`ulot, laboratoriya ishi, seminar-trening, interfaol mashg`ulotlar ko`rinishida tashkil etiladi;
ommaviy ochiq onlayn kurslar (MOOS) – bu internet orqali ko`pchilik kirish imkoniyati mavjud bo`lgan onlayn kurslar.
Masofaviy malaka oshirish kurslari o`quv jarayonini qisqa muddatli kurslar shaklida amalga oshirish uchun shakllantirilgan quyidagi o`qitish texnologiyalarini tavsiya sifatida keltirish mumkin. Masofaviy shaklda qisqa muddatli kurslar o`quv jarayoni sinxron va asinxron shakllarida amalga oshirilishi nazarda tutiladi:
sinxron o`qitish – real vaqtda elektron shaklda o`qitish. Bunday o`qitishni tashkil etish vositalariga videokonferentsiya, chat, vebinar va boshqa vositalar kiradi. Bu kabi vositalar asosida o`qish jarayoni real vaqt rejimida amalga oshiriladi;
asinxron o`qitish – bunda o`qitish har bir tinglovchining o`zi uchun qulay bo`lgan turli vaqtlarda mustaqil o`qish shaklida amalga oshiriladi. Bunday o`qitishda ta’lim muassasasidan uzoqda bo`lgan tinglovchilar mustaqil ravishda tegishli o`quv dasturlari bo`yicha yagona o`quv-metodik materiallar asosida olib boriladi.
Sinxron va asinxron rejimida o`qish jarayonida o`quv mashg`ulotlarga ko`ra talabalar belgilangan vaqtlarda modullar bo`yicha joriy, oraliq nazorat ishlarini bajarishi lozim bo`ladi.
Shuningdek, mustaqil malaka oshirish jarayoni oxirida talabalarning modullarni o`zlashtirganligi, nazorat ishlarini bajarganligi yuzasidan olib borilgan monitoring natijalari asosida tahliliy xulosalar tayyorlanishi nazarda tutiladi. Bunda sifatli o`quv natijalariga erishish mezonlari sifatida o`qish vaqti, talabalarning o`zlashtirishi, qayta aloqa sifatini talab darajada ta’minlash maqsadga muvofiq.
Shunday qilib, ushbu shaklda amalga oshirilgan masofaviy kurslar talabalarga qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyatini yetkazish, soha faoliyatining ilg`or yutuqlarini o`rgatish, faoliyat uchun zarur kasbiy mahoratini oshirish, tizimli kamchiliklarni bartaraf qilish ko`nikmalarini rivojlantirish hamda xodimlarning kasbiy faoliyati davomida tayyorgarligini doimiy oshirishi, o`z vaqtida nazariy va amaliy bilimi, ko`nikma va malakalarini amaliyotda qo`llashi orqali kasbiy kompetentligini takomillashtirishda samaradorlikni ta’minlashga xizmat qilishi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarda masofadan o`qitish borasida boy tajriba to`plangan. 1969 yilda Angliya premьyer-ministri G.Vilьson tashabbusiga ko`ra masofaviy ta’lim texnologiyasi shakllantirilgan bo`lib, ammo masofadan o`qitish ancha oldinroq, ya’ni, birinchi barqaror, muntazam pochta aloqasining shakllanish davrida yuzaga kelgan. Bundan tashqari, 1858 yildan boshlab ularning mustaqil bilim olishlari, barcha ixtisosliklar va barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon topshirishlariga ruxsat etilgan. 1938 yildan buyon Sirtqi ta’lim bo`yicha Xalqaro kengash, 1982 yildan boshlab masofaviy ta’lim bo`yicha Xalqaro Kengash nomi bilan mashhur xalqaro ta’lim tashkilotlari sifatida faoliyat ko`rsatib kelmoqda.Ochiq universitetlardagi masofaviy ta’limda o`qish xarajatlari an’anaviy institutlarda o`qitishga qaraganda 8–10 marta arzon. Masalan, Angliyada turg`un o`qishga 3000, masofaviy o`qitish orqali bilim olishga esa atiga 300 funt sterling to`lanadi. Binolarga xizmat ko`rsatish, jihozlar va laboratoriya uchun xarajatlar, o`qituvchi, ma’muriyatlar va xizmat ko`rsatuvchi xodimlar shtati qisqaradi.
Qandaydir oliygoxda o`tkazilayotgan o`quv kurslar, ma’ruzalar yoki seminarlar talabalar yig`iladigan uzoqlashtirilgan o`quv auditoriyalarga sinxron teleko`rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish ko`rinishida telekommunikatsiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir o`qituvchi bir vaqtni o`zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model bo`yicha AQSh ning Viskonsiya universiteti (Wisconsin University, USA) da, shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedeniye universiteti (China Central Radio and TV University)da masofali o`qitish tashkil etilgan. Uzoqlashtirilgan auditoriyalar modelidan biz talabalarga barcha fanlar modulini o`qitishda keng foydalanishimiz mumkin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ta’lim oluvchilarga filiallar tarmog`i, telestudiya va kompьyuter tarmog`i orqali maslahatlar beriladi. Angliyada o`quvchilarni tayyorlash dasturi 130 ta kursni o`z ichiga qamrab oladi, ularning ko`plari fanlararo bog`lanish xususiyatiga ega. Masofaviy ta’lim AQShda o`tgan asrning 60-yillari o`rtalaridan, Yevropada esa 70-yillarning boshlarida jadal rivojlana boshlandi. O`qitishning bu shakli ta’lim oluvchilar va o`qituvchilarning bir-birlari hamda o`qitish vositalari bilan o`zaro ta’sirining maqsadga yo`naltirilgan interfaol jarayonidan iborat bo`lib, bunda ta’lim jarayoni ularning geografik fazoviy joylashishiga bog`liq bo`lmaydi. Ta’lim jarayoni kichik tizimlardan iborat, ya’ni o`qitish maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari, nazorat, o`quv-moddiy, moliyaviy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy va marketing kabi elementlarni qamrab olgan o`ziga xos pedagogik tizimda kechadi.
Masofaviy ta’lim turli geografik mintaqalarda joylashgan o`qituvchi va talabani bog`lovchi jarayon bo`lib, o`zaro aloqalar maxsus texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. O`zaro aloqalarni amalga oshirishda turlicha usullar qo`llaniladi: pochta yoki telefaks orqali bosmaxona materiallarini almashish, audiokonferentsiya, videokonferentsiya, kompьyuter orqali virtual konferentsiya kabilardir. O`quv yurtidan uzokda yashovchilar, qatnab o`qish uchun sharoiti bo`lmaganlar, malakasini oshirishni xoxlovchilar, nogironlar va yana boshqa turli sabablarga ko`ra, bevosita oliy o`quv yurtiga borib o`qish imkoniyatiga ega bo`lmaganlarning masofadan turib bilim va ta’lim olishga bo`lgan talablari ortib borishi tabiiydir. Masofaviy ta’lim o`qitishning an’anaviy usullaridan foydalanish, turg`un sharoitda o`qish imkoniyatiga ega bo`lmagan, imkoniyatlari tibbiy shart-sharoitlar tufayli chegaralangan shaxslar, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalarida o`qitish istagida bo`lgan abituriyentlar, ikkinchi mutaxassislikni egallashni xohlovchi kadrlarga juda qulay sharoitni yaratib beradi.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish