O‘zbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti farg‘ona filiali



Download 2,39 Mb.
bet6/36
Sana22.07.2022
Hajmi2,39 Mb.
#839539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
bmi

Masofaviy o’qitish – eng yaхshi an’anaviy va innovatsion mеtodlar, o’qitish vositalari va formalarini o’z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari aхborot va tеlеkommunikatsiya tехnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir.
Masofaviy o’qish – bu yangi aхborot tехnologiyalari, tеlеkommunikatsiya tехnologiyalari va tехnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o’quv shart- sharoitlari va o’qituvchi bilan muloqotni ta’minlab bеrib, o’quvchidan ko’proq mustaqil ravishda shug’ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o’qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo’lishiga bog’liq emas.
Masofaviy ta’lim – masofadan turib o’quv aхborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o’qituvchi maхsus aхborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chеt ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim хizmatlarini ko’rsatuvchi ta’lim majmuaidir.
Masofaviy o’qitish tizimi – masofaviy o’qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o’qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o’qitish tizimi o’zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Nima uchun masofaviy ta’lim kеrak bo’lib qoldi? – dеgan savol tug’ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:
Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga bog’liqmasligi va boshqalar).
Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining chеklanganligi.
Ta’lim olishni хohlovchilar sonining oshishi.
Sifatli aхborot tехnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
Хalqaro intеgratsiyaning kuchayishi.
Yuqorida sanab o’tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o’qitishga ehtiyoj borligini ko’rsatadi.

1.2. O‘zbekistonda masofaviy ta‘limni tashkil etish va rivojlantirishni pedagogik sharoitlari


Uzbekiston boshqa mustakil davlat xamdustligi mamlakatlariga uxshab uzining ta‘lim soxasini jaxon standarlariga olib kelishda kup xarakatlar kilmokda. Mamlakatimizning maydoni kattaligi va markazdan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi elektron ta‘limni rivojlanishiga asosiy sabab bulib, unga katta axamiyat berilishiga olib kelmokda. Xozirgi moliyaviy tankislik davrida, ta‘limning bu turidan keng mikyosda foydalanish lozim. Mazkur ta‘lim turini joriy kilish bilan bog‘liq ayrim muammolarning kelib chikishi tabiiy. Bular asosan mablaglar, texnika ta‘minoti va shu soxada malakali muxandis xamda pedagog kadrlar yetishmovchiligi, lekin biz shu muammolarni imkoniyat darajasida xal kilishimiz zarur chunki, Uzbekiston sharoitida masofaviy ta‘limni tashkil kilinish katta samara berishi anik.
Xozirgi kunda ta‘lim va ishlab chikarish soxasini komp‘terlashtirish va shu soxalarda informatsion texnologiyalarni rivojlantirish xakida kuplab prezidentimiz farmonlari va Oliy majlis qarorlari chiqarqilgan. Natijada oxirgi besh yil ichida Respublikasizda kuplab ibratli ishlar kilindi. Masalan 2002 yilda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti tashkil kilinib, shu yildan boshlab bu universitet komp‘yuter va kommunikatsiyalar, radiotelefon va axborot tarmoklari, dasturiy ta‘minot va elektron kommertsiya soxasiga zarur bulgan mutaxasislarni tayyorlanmokda. Ushbu va boshqa oliy ta‘lim muassasalari tomonidan kuplab ta‘lim soxasiga tegishli yangi dasturlar va elektron kitoblar yaratilmokda.
Shu bilan birga mamlakatimizda 2000 yildan uz ishini olib borgan, AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va Ma’daniyat masalalari buyicha byurosi (ECA) va Xalkaro Ilmiy Tadqiqotlar va Olimlarni Ayrboshlash Kengashi (IREX) tomonidan tashkil kilingan "Internetdan foydalanish va o’qitish programmasi" (http://www.iatp.uz) va "Uzbekiston maktablarida Internet" (http://www.connect.uz) programmalarini xam aytish lozim. SHu programmalarning asosiy vazifasi - bizning Respublikamizda Internet va uning
xizmatlarini rivojlantirish va axoli ichida keng tadbiq qilish. Ushbu programmalar natijasi deb xozirgi kunda Respublikamizning 16-ta shaxrida axoliga beminnat xizmat kursatgan "Internetdan bepul foydalanish" markazlari xamda Respublikamizning 6-ta viloyatining 60 maktablarida tashkil kilingan Internet markazlarini aytish mumkin.
Shu bilan birga uzbek tilidagi Internetni rivojlanishi va undagi ta‘lim soxasiga tegishli maxsus saytlarini paydo bulishini xam aytish lozim deb xisoblaymiz. 2004- yilning birinchi kvartalning uzida Internet foydalanuvchilar soni taxminan 511 000 ga yetdi (2003 yil boshida 275 000 ta). SHu bilan birga 2003 yil boshiga nisbatdan internet provayder va operatorlar soni 263 (usish 94,8%), UZ zonadagi vebsaytlar soni esa 2600 dan oshdi (usish 188,4%), Internetga bog`langan davlat korxonalar soni 470 (usish 63,6%), xujalik sub’etlar soni 8600 (usish 68,9%), internetdan ommaviy foydalanish punktlar soni 228 (usish 115,1%) ga teng buldi.
IATP programmasining internet grantlari natijasida tashkil kilingan va 2002 yildan faoliyat kursatib kelgan "Masofaviy ta’lim portali" (http://dl.freenet.uz) yoki kuplab Respublikamiz Universitet va Institutlari tomonidan uzlarining veb saxifalarida tashkil kilingan "Masofaviy ta‘lim kurslari"ni xam aloxida aytishimiz zarur (masalan http://nuu.uz Uzbekiston Milliy Universiteti saytida tashkil kilingan kurslar). Ta‘lim soxasiga tegishli kuplab foydali va kizikarli veb saytlar yaratilmokda, (http://www.bilim.uz , http://www.bilimdon.uz , http://www.ilm.uz , http://www.student.uz , http://www.study.uz va boshqalar). Eng quvonarli esa internetda nafakat universitet, institut, kolledj va akademik litseylar balki maktablar xam uzlarining veb saxifalariga ega bulishmokdalar.
Boshqa misol kilib Respublikamizning oliy yurtlari tomonidan tashkil kilingan videokonferentsiyalarni xam aytish mumkin. 2002 yilda Respublikamizda birinchi marta Prezident Devoni, Tashqi Iqtisod Aloqalar Vazirligi, Jaxon Iqtisod va Diplomatiya Universiteti va Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti urtasida videokonferentsiya utkazildi. Xozirgi kunda Respublikamizning Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Toshkent Davlat Iktisod Universiteti, Jaxon Iktisod va Diplomatiya Universiteti, Toshkent Davlat Agrar Universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlarida bir necha marta videokonferentsiyalar utkazqilgan edi va utkazilmokda.
2010 yildan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari univesiteti va filiallari o‘rtasida vidiekonferentsiyalar o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarni shu sohadagi yetakchi mutaxassislar olib bormoqda. Hozirgi paytda Farg‘ona filialining magistrlari on-line shaklda My SQL Java Script tillaridan o‘z bilimlarini masofaviy shaklda oshirmoqdalar.
Auditoriyalarda olib boriladigan an‘anaviy o‘quv jarayonidagi o‘qituvchi va student orasidagi muloqot kerakli darajada komp‘yuterli aloqa videokonferentsiyaning yaratilishi bilan bog‘liq. Audio va video raqamli signallarni uzatish sohasidagi zamonaviy yutuqlar komp‘yuterli videokonferensiya aloqa tizimlaridan keng foydalanish imkonini beradi.
Kompyuterli videokonferensiya aloqa sifati ko‘p jihatdan komp‘yuterli lokal tarmog‘ida ham internet tarmog‘ida ham foydalanuvchilarga o‘zaro aloqa ya‘ni, ma‘lumotlarni almashish turiga bog‘liqdir.
Bu tezlik o‘z navbatida kanalning o‘tkazish darajasi hamda bu kanaldagi foydalanuvchilar soniga bog‘liqdir. Afsuski xozirgi paytda talab qilinadigan sifat darajasi ma‘lum bir lokal tarmoq ichidagi taminlamoqda. INTERNET tarmog‘ida bu qoniqarsiz. Sifat darajasi ISDN bilan nomlanadi.
Zamonaviy komp‘yuterli videokonferentsiya aloqa tizimlarining asosiy vazifalari quyidagilaridan iborat:

  • Audio ma‘lumotlarni almashtirish;

  • Video ma‘lumotlarni almashtirish;

  • Vertual auditoriya doskasini yaratish;

  • Klaviatura orqali matnli ma‘lumotlarni kiritib muxokamani tashkil etish;

  • Fayllarni jo‘natish;

  • Amaliy dasturlardan birgalikda foydalanish;

  • Ko‘p tomonlama konfrentsiyalardan foydalanish; Masofaviy ta‘lim uchun o‘quv uslubiy materiallar.

Masofaviy ta‘lim tinglovchisi fan dasturlari chop etqilgan yoki Elektronik ko‘rinishdagi darsliklar va o‘quv qullanmalar (darslik,mashqlar to‘plami ) laboratoriya ishlarini bajarish uchun qullanmalar va boshqalar. SHuningdek mashg‘ulotlar bo‘yicha ishlash tashkil qilish uchun uslubiy qullanmalarni o‘z ichiga olgan o‘quv uslubiy narsalarga ega bo‘lish kerak.
Masofaviy ta‘limda o‘quv kursining eng to‘la varianti quyidagilardan iborat bo‘ladi.

  • Nazorat materiallar;

  • Nazariy bilimlarni to‘g‘rilash uchun topshiriqlarni bajarish misollari va eng ko‘p uchraydigan xatoliklarni taxlili kursatqilgan material;

  • Virtual laboratoriya ishlari;

  • Ma‘lumotnomalar va glossoriylar. Glossoiylar - (fanning yil bo‘yicha tarixan rivojlanishi);

  • Bilimlarni rivojlantirish va test o‘tkazish tizimlari.

O‘kuv kursining har bir tashkil qiluvchisi o‘rganilayotgan soxasi va ushbu kurs o‘rganilayotgan ta‘lim yunalishiga bog‘liq xolda turli tarzda amalga oshiradi. Masalan: texnikaviy ta‘lim yo‘nalishlari uchun praktikum mashqlar to‘plami iqtisodiyot topish yo‘nalishlari uchun interaktiv o‘yinlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
1.3. Masofaviy o’qitishning nazariy va didaktik asoslari
Bugungi axborot asri va pandemiya davrida Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’lim tizimini shakllantirish muhimdir.
Ko`pgina mamlakatlar ta’lim tizimida sifatli kadrlar tayyorlash uchun o`qish jarayoni zamonaviy AKTlarga asoslangan masofaviy ta’lim (MT) shaklini qo`llashadi. Ta’lim tizimi tajribalari ko`rsatmokdaki, o`quv jarayonida internet tizimi va AKTni yangi bilimlarni egallash, saqlash, uzatish hamda amaliy qarorlar qabul qilish vositasiga aylantirish hisobiga kadrlarning sifat darajasini tubdan yaxshilashning imkoniyatlari tobora kengayib bormokda.Masofaviy ta’lim – o`quv jarayonining maqsadi, mazmuni, uslublari, o`qitish vositalari va internet texnologiyalari yordamida tinglovchi hamda o`qituvchilarning masofadan turib, interfaol muloqot qilish jarayoni hisoblanadi.Masofaviy ta’lim — bu, muayyan sohada mutaxassislar tayyorlash tizimidagi barcha fanlarni kompleks tarzda masofaviy o`qitishga asoslangan, biroq, kompleks doirasida o`qish jarayoni uchun qat’iy belgilangan joy va vaqt mezoni shartli o`rnatilmagan ta’lim shaklidir. Bu ta’rif mohiyatini to`la va to`g`ri tushunish uchun, uni yuqorida qayd etilgan masofaviy o`qitishning ta’rifi bilan birga keltirish kerak, albatta.Masofaviy o`qitish zamonaviy ta’limning eng muhim va tobora ommaviylashib borayotgan shakli sanaladi. Masofaviy ta’lim uslubi o`qitishning yangicha zamonaviy shakli bo`lib, u talabaning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Mustaqil bilim olishga, izlanishga, fikrlashga o`rgatadi.Masofaviy ta’limning afzalligi shundaki, unda har kim o`ziga qulay vaqtda, qulay joyda, qulay muhitda bilim olishi mumkin. Shu tufayli ushbu tizim bugungi kunda dunyoda keng ommalashmoqda.Masofaviy ta’limning ijobiy tomonlarini ko`radigan bo`lsak, bugungi kunda dunyoda ko`pgina OTMlar, yirik korxonalar mutaxassislar malakasini oshirishda ushbu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab pul mablag`larini tejamoqda.Shuningdek masofaviy ta’limning tashkiliy-iqtisodiy afzalliklari ham mavjud bo`lib, masalan, o`qitish uchun xonalar, doskalar, stollar va boshqa o`quv qurollari zarur emas. Moliyaviy xarajatlar asosan o`quv-uslubiy materiallar tayyorlash hamda internet trafik uchun sarflanadi. Tabiiyki, xarajatlar kamayadi. O`quv-uslubiy materiallar qanchalik tushunarli va batafsil bo`lsa, shunchalik talabaga foydali bo`ladi.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish