O‘zbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti farg‘ona filiali


XULOSA 84 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 87



Download 2,39 Mb.
bet3/36
Sana22.07.2022
Hajmi2,39 Mb.
#839539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
bmi

XULOSA 84
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 87


KIRISH


Jahon ta’limining xalqaro standart tasnifida uzluksiz ta’lim vazifalari alohida qayd etib o‘tilgan. Xususan, mazkur standartda bilimlarning asosiy sohalarini o‘rganish va tushunishlari uchun talabalarga imkon berish, qulay pedagogik shartsharoitlar yaratish hamda o‘quvchi-talaba shaxsini har tomonlama rivojlantirish kabilar belgilab berilgan. Bu vazifalar oliy ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalardan unumli foydalanishni talab qiladi. Ayni damda, ta’lim jarayonlarini integrativ tashkil etish, integratsion ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish, konsentrlangan va modulli ta’lim talablari asosida o‘qitish mazmuni va metodikasini aniqlashtirishni taqozo etadi. Xalqaro standartga muvofiq, ta’limning asosan bir nafar o‘qituvchi pedagog tomonidan amalga oshirilishi ham integratsion o‘qitish tizimini innovatsion shaklda takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirdi.
Dunyo miqyosida oliy ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda integrativ pedagogikadan foydalanish, o‘qitish jarayonlarining integratsiyalashuviga kompleks yondashuvni tatbiq etishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, mavzular, fanlar va transfanlararo integratsiyani qo‘llash asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish, konsentrizm tamoyili asosida o‘quv materiallarini tizimlashtirishning modullashgan integratsiyasini joriy etish alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, «Ta’lim - tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida»gi Farmoni «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish – davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kadrlar mamlakatimizni iqtisodiy ravnaqini ta’minlashda hal qiluvchi ro’l o‘ynashi hisobga olingan. Axborot texnologiyalarining hozirgi rivojlanish tendensiyasi hamda respublikamizda qabul qilingan yana bir qator qonunlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada takomillashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish haqida»gi 2002 yil 30 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2002 yil 6 iyundagi qarorlari ta’lim jarayoniga hozirgi zamon texnik vositalari, xususan, kompyuter, axborot texnikasi va texnologiyalarini joriy etish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Mamlakatimizdagi ta’lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o‘qitishda ularning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash kerak bo‘ladi. Shu maqsadda barcha ta’lim bosqichlarida har bir fanlarni mazmunini yaratish va ularni o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Davlat ta’lim standartiga muvofiq har bir ta’lim bosqichida maxsus fanlarning maqsad va vazifasi quyidagilardan iborat deb hisobladik:
- maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim bosqichlarida axborot texnologiyalarining elementlari sifatida kompyuter, disk, xotira, axborot, o‘yinli texnologiyalarni kompyuter o‘yinlari yordamida bolalar ongiga singdirish;
- umumiy o‘rta ta’lim bosqichida «Informatika» fanini o‘qitish orqali ta’lim oluvchilarning axborot texnologiyalari fanining elementlaridan savodxonlikni ta’minlash va davlat ta’lim standartlari bo‘yicha belgilangan malaka, ko‘nikmalar hosil qilish, keyingi ta’lim bosqichiga o‘tuvchi yoshlarni fundamental (asosiy) tushunchalarini boyitish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichida Maxsus fanlarni o‘qitish orqali ta’lim olayotgan yoshlarga fanning amaliy jihatlariga ko‘proq ahamiyat berilishi va maxsus dasturlariga asoslanib o‘qitish jarayonini tashkil etish;
- oliy ta’limning tayanch bosqichi (bakalavriat)da ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Maxsus fanlarning nazariy va ilmiy asoslarini o‘rganish;
-oliy ta’limning yuqori bosqichi (magistratura)da ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus kasbiy fanlarning nazariy va ilmiy asoslarini o‘rganish;
-malaka oshirish va undan keyingi bosqichlarda maxsus kasbiy fanlarga e’tibor berish, fanga kirib kelayotgan yangiliklar va o‘zgarishlarga ilmiy yondashuv bilan qarash lozim deb hisoblanadi.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish