O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Individual loyiha
Mavzu: Bozor strukturasi va narx shakllanishi
Bajardi:
110-19 guruh talabasi Zaripov Dilshod
Tekshirdi:
Akromova Gulnora Abduvaxidovna
2022
Mundareja:
I Kirish.
II Asosiy qism.
1. BOB. Bozor strukturasi.
1.1 Daromad haqida umumiy tushuncha.
1.2 Talabning elastikligi.
2.
BOB. Talab va taklif
.
2.1 Talif tushunchasi.
2.2 Bozor muvozanati
3. BOB. Narx turlari. Narx siyosati.
3.1 Narxning vazifalari.
3.2 Narxning shakillanishi.
III Xulosa.
IV. Foydanilgan adabiyotlar ruyxati
Kirish
Inson ehtiyoji bozor orqali tovarlarni sotib olish bilan qondiriladi. Bozorga
haridorlar o‘z talabi bilan chiqadi, bunga javoban sotuvchilar tovarni taklif
etadilar. Isteʼmolchilarning bozordagi harakati talab shaklida namoyon buladi.
Demak talab bu eng avvalo biron bir tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni
bozorda namoyon bo‘lishidir. Ehtiyojning pul bilan taʼminlangan tulovga qabul
qismi talabga aylanadi. Pulsiz talab bo‘lmaydi. Masalan; insonning mebel sotib
olishi xohishi bor, lekin zarur miqdorda pul bo‘lmasa, xohish ro‘yobga
chiqmaydi, uning ehtiyoji mebel bozorida talabni hosil etmaydi.
Talablar har xil bo‘lib, yakka talab, bozor talabi, jamoa talabini ko‘rish
mumkin. Yakka talab bu har bir isteʼmolchining aloxida shaxs, xaridor
taʼrikasidagi talabidir. Bozor talabi bu bir qancha isteʼmolchilarning tovar yoki
maʼlum xizmatga bo‘lgan talab yig‘indisidir. Jamoa talabi ko‘pchilikka mansub,
birgalikdagi foydalaniladigan ehtiyojni amalga oshirilishidir, foydalanishidir.
Masalan; bilim olish, malaka oshirish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish.
Bozor talabi insonning talabining miqdori va xaridorlarning soniga bog‘liq
bo‘ladi. Yakka talab kishilarning yoshi, jinsi, dini, etiqodi, udumlari, anʼanalari,
kasbiy-kori qayerda istiqomat qilishga qarab farqlanadi. Talab xar doim bir xil
bo‘lmaydi, u o‘zgaruvchan bo‘ladi. Buning sababi shulardan iboratki, avvalo
ehtiyoj o‘sib boradi, daromadlar ham o‘sadi, madaniyat yuksalib boradi.
Bulardan tashqari talabga quyidagi omillar taʼsir qiladi:
1.Tovarlarning narxi. Bozorda narx pasaysa tovarga talab ortadi, uni ko‘proq
xarit qiladi. Aksincha narx oshsa talab qisqarib, tovar kamroq xarid etiladi.
Misol uchun narxning talabga taʼsirini quydagi misolda ko‘rish mumkuin.
Tovar narxi. ( so‘mda)
Talab miqdori.
500
10kg
400
20kg
300
30kg
200
40kg
100
50kg
Demak tovar birligining narxi qanchalik past bo‘lsa, xarit quvvati yuqori
bo‘ladi.
2. Daromadlar mikdori, daromad xarid qobiliyatini belgilaydi. Narx
o‘zgarmagan taqdirda daromat o‘zgarsa, shunga ko‘ra tovar xaridi ortadi yoki
qisqaradi. Daromadning talabga taʼsiri jixatidan tovarlar ikki guruxga ajraladi.
Birinchisi, odatdagi tovarlar bo‘lib, bularga talab daromad kamaygan sharoitida
ham ortib boradi, chunki boshqa qimmatroq tovarlar xaridi kamayganidan
ularga talab ortadi. Masalan, o‘z mashinasida yurgshan odam daromadi
kamayganda u xarajatlarni ko‘tara olmay qoladi, natijada u avtobusda yura
boshlaydi, bunda avtobus xizmatiga talab ortadi.
Ikkinchi, oliy toifali tavorlar. Bularga talab daromadga qarab ortib turadi. Narx
o‘zgarmagan, xatto oshgan sharoitida ham bu tavorlarga talab oshadi, chunki
ularni sotib olish imkoni bo‘ladi.
3. O‘rinbosarlar tovarlar narxi. Bir tovar narxi oshsa unga talab qisqarib, buning
o‘rnini bosuvchi boshka tovarga talab oshadi. Masalan, go‘sht narxini ortishi
tuxumga talabni oshiradi, chunki tuxum go‘sht kabi oqsilli ozuqadir, uning
o‘rnini bosa oladi.
4. Xaridorlar soni. Xaridorlarning oz yoki kup bo‘lishi va ularning xarid qurbi
talabaga taʼsir qiladi. Xaridorlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik talab ortadi.
5. Kutildadigan o‘zgarishlar. Bunda daromadnaing o‘zgarishi mumkin, yoki
narx o‘zgarishi mumkin. Har ikkisi ham o‘zgarishi talabni sotib olish
qobiliyatiga taʼsir kiladi.
Xulosa qilib aytganda talabga xilma xil omillar taʼsir etadi, lekin bular orasida
narx va daromad asosiydir.
Umuman ijtimoiy – iqtsodiy taraqiyot davomida ehtiyojlar yuksalib borishi
munosabati bilan talab ham o‘sadi. Ishlab chiqarish kuchli joyda talab barqaror
qondiriladi.
Talab qonuni. Talabning narxga bogliq elastikligi. Talab qonuni shunday
iqitsodiy qonundirki,unga binoan tavorlarga talab narxiga teskari mutanosiblikda
buladi. Narx oshsa talab qisqaradi, narx pasaysa talab oshadi.
Talab qonunini miqdoran o‘zgarib borishi talab elastikligi (o‘zgaruvchanligini)
ifoda etadi. Shunga qarab narxning o‘zgarishiga javoban talab naqadar
o‘zgarganligini bilish mumkin.
Narxga javoban talab jiddiy tarzda o‘zgarsa talab elastik hisoblanadi, agar bu
o‘zgarish sust bo‘lsa noelastik talab mavjud bo‘ladi. Tovar narxi bilan talab
miqdori o‘rtasidagi bog‘lanish talab egri chizig‘i deyiladi. Buni quydagi
chizmada ko‘rish mumkin.
Talabning elastikligini ko‘p hollarda 4ta omil yuzaga keltiradi. Birinchi omil,
Malumki tovarlar 2 xil bo‘ladi: kundalik eng zarur tovarlar,bularni hamma
isteʼmol etadi.
Ikkinchidan eng zarur bulmagan yoki zebu – ziynat qimmat turuvchi tovarlar.
Bu tovarlarni hamma emas, maʼlum xaridorlar istemol estadi,? bular odatda
puldorlar yoki ayrim tovar havasmandlari bo‘ladi. Kundalik tovarlarga talabning
elastikligi past buladi, chunki narxning o‘zgarishiga javoban ularga talab
kamroq o‘zgaradi yoki shunday tovarlar borki, ular narxini o‘zgarishi talab
elastikligini vujudga keltirmaydi. Masalan; non, tuz, elektr energiya va boshka
xar kungi zarur tavorlar. Bularni istemʼol etmaslikning iloji yo‘q, shu sababli
narxning o‘zgarishi ularga talabning elsatikligini yuzaga keltirmaydi.
Ikkinchi omil. Bozorda o‘rinbosar tovarlarning mavjudligi bozorda narx
oshganda talab boshqa narxi o‘zgarmagan tovarga kuchayadi, chunki bu tovarlar
o‘rinbasor bo‘lib bir extiyojni qondiriadi. Masalan, sariyog‘ arzonlashsa
margarin o‘rniga uni kuproq olishadi.
Agar sariyog‘ qimmatlashsa margaringa talab oshib, u elastik xolatda bo‘ladi.
Agar tovarning o‘rinbosari bo‘lmasa, narxning o‘zgarishi uning o‘ziga bo‘lgan
talabni elastik qiladi.
Uchunchi omil. Bozorning tarkibi. Agar bozor tor bo‘lsa, narx o‘zgarishi u
yerdagi maʼlum tovarga bo‘lgan talabni elastik qiladi.
To‘rtinchi omil – bu talabning qanday vaqt oralig‘ida o‘zgarishi.Agar qisqa
vaqtni olsak, bunda talabning narxga bog‘liq elastikligi sezilmaydi, uzoq davrda
u yaqqol kuzga tashlanadi.
Talabni daromadga bog‘liq elastikligi narxdan boshqa talabga taʼsir etuvchi eng
muxim omil bu isteʼmolning daromadi, yaʼni xarid qurbidir. Narx o‘zgarmagan
xolda daromadning ortishi yoki kamayishi talabning ortishi yoki qisqarishiga
oilib keladi.
Narx kabi daromad ham obʼektiv bo‘ladi. Isteʼmolchi bozordagi narxni
borligicha qabul qiladi, u narxni o‘z bilganicha o‘rnata olmaydi, chunki daromad
bo‘lishi buning bozordagi talab va taklif nisbatini belgilaydi. Daromad kam
isteʼmolchining xoxishiga bog‘liq emas, chunki uning qancha bulishi real
sharoitga bog‘liq bo‘ladi.
Demak talabning daromadga bog‘liq elastikligi daromadning o‘zgarishiga
javoban talabning naqadar o‘zgarganlinini bildiradi.
Narx o‘zgarmagan xolda daromad o‘zgarsa, isteʼmolchining talabi ham
o‘zgaradi, chunki uning xarid qobiliyati ortadi yoki kamayadi.
Talabda tovar nafligining talabga taʼsiri qanday bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki tovarlarga talab ularning nafliligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Hayotda talabning oz yoki ko‘p bo‘lishini naflilik yuzaga keltiradi.
Nafliligi yuqori bo‘lgan tovarlarga talab oshadi, nafliligi past tovarlarga talab
qisqaradi. Tovarning nafliligi uning kishilar extiyojini naqadar qondira olishi,
yaʼni isteʼmolchilarda qoniqish hosil etishidir. Tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa,
ulardan eng nafliligini tanlab olish mumkin.Tanlov yuz berganda xaridor o‘z
puliga qarab tovarlarning eng yaxshisini xarid etadi, shularga talab bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |