Ushbu protokollar (TFTP va FTP) yana qurilmalar konfiguratsiyalarini Zahira nusxalash uchun ko’p ishlatiladi. Shubhasiz ko’pchilik quyidagiga o’xshash buyruqlar bilan tanish:
Router#copy running-config tftp:
Ushbu buyruq bilan biz joriy konfiguratsiyani masofviy TFTP-serverga nusxalaydi.
Yoki teskari holat, TFTP yoki FTP-server konfiguratsiyani qayta tiklash uchun ishlatiladi:
Router#copy tftp: running-config
Ammo ahamiyatli konfiguratsiya bilan ishlashda himoyalanmagan TFTP yoki FTP-serverlardan foydalanish umuman mumkin emas. Telnet protokoliga o’xshab, ushbu protokollar barcha ma’lumotlarni ochiq ko’rinishda uzatadi, bu buzg’unchiga juda qimmatli axborotni - sizning qurilmangizning konfiguratsiyasini egallab olish imkonini beradi. Bunday muammoni yechish uchun SCP singari yaxshiroq himoyalangan protocol mavjud.
SCP (secure copy) - fayllarni nusxalash protokoli, u transport sifatida SHH ni ishlatadi (ya’ni, barcha uzatiluvchi fayllar shifrlanadi). Ushbu protocol ishlashi uchun SCP-server za’rur. SSH-server xizmati yoqilgan istalgan Linux distributivi SCP-server hisoblanadi. Windows uchun SCP-server sifatida maxsus dasturiy ta’minotlar mavjud, masalan Solarwinds SFTP/SCP server (bepul versiyalari mavjud). Zahira nusxalash jaroyonining o’zi quyidagicha amalga oshiriladi:
Router#copy running-config scp://user:password@192.168.1.100/Cisco- Conf/Router1.config
Ushbu buyruq bilan biz 192.168.1.100 ip-adresli SCP-serverning Cisco- Conf deb nomlangan papkasiga joriy konfiguratsiyani nusxalaymiz, fayl esa Router1.config degan nom oladi. SCP-serverga ulanish uchun serverda oldindan yaratilgan login va parol ishlatiladi. Bunda barcha uzatiluvchi axborot shifrlanadi.
SNMP
SNMP - Simple Network Management Protocol. Agar so’zma-so’z tarjima qilsak, “oddiy tarmoqni boshqarish protokoli” jumlasi kelib chiqadi. Bunday nomlanishiga qaramasdan, ushbu protokol aynan boshqarish uchun juda kamdan-kam ishlatiladi. SNMP ko’pincha monitoring (protsessor temperaturasi, kanal yuklanishi, bo’sh operativ xotira va boshqalar) uchun ishlatiladi.
Protokolning uch versiyasi mavjud: SNMPv1, SNMPv2c va SNMPv3. Batafsil tahlil qilmasdan shu xulosani keltirish mumkinki, SNMPv3 paydo bo’lgangacha SNMP ning asosiy muammosi aynan xavfsizlik bo’lgan. Protokolning dastlabki ikkita versiyasi juda kuchsiz autentifikatsiya mexanizmiga ega, mohiyatan u ochiq ko’rinishda uzatiladigan faqatgina bitta parol (birikmalar qatori) dan tashkil topgan. Bu juda jiddiy zaiflik, buzg’unchi ushbu parolni qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi, undan keyin u SNMP ishga tushirilgan qurilmadan barcha zaruriy axborotlarni olishi mumkin. Agar siz SNMP ni boshqarish uchu ishlatsangiz, unda xavfsizlik bilan bog’liq vaziyat yana ham ko’proq diqqat talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |