14-Laboratoriya mashg’ulot
Mavzu: Ma’lumotlar bazasiga kirish uchun ruxsat berishni boshqarish
Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasiga kirish uchun ruxsat berishni boshqarish
Qisqacha nazariy ma’lumot.
Jadval uchinchi normal formada deyiladi, qachonki u 2NF ning barcha shartlarini qanoatlantirsa va birorta ham uning kalitsiz maydonlari boshqa bir kalitsiz maydonlar bilan bog‘liq bo‘lmasa;
Boysa-Kodd normal formasi
Jadval Boysa-Kodd normal (BKNF) formasida bo‘ladi, agar maydonlar orasidagi har qanday funksional bog‘lanish to‘liq funksional bog‘lanishga ega bo‘lsa.
Beshinchi normal forma:
Jadval beshinchi normal formada (5NF) bo‘ladi, qachonki har bir to‘liq dekompozitsiya barcha proeksiyalari mumkin bo‘lgan kalitlarni saqlasa. Birorta to‘liq dekompozitsiyaga ega bo‘lmagan jadval ham beshinchi normal formada (5NF) bo‘ladi.
To‘rtinci normal forma agar to‘liq dekompozitsiya ikkita proeksiya birlashmasidan iborat bo‘lsa beshinchi normal formaning xususiy holi bo‘ladi.
Normallashtirish protsedurasi
Normallashtirish – bu jadvallarni ma’lumotlarni yangilanishda, qo‘shishda va o‘chirishda bir nechaga bo‘lishdir
Normallashtirish – bu jadvallarni barcha dekompozitsiyalari bilan ketma ket almashtirish jarayoni bo‘lib, bu almashtirish jadvallarning barcha dekompozitsiyalar 5NF joylashmagancha davom etadi. Amaliyotda esa jadvallarni BKNF ga keltirish kifoya va katta kafolat bilan aytish mumkin-ki, ular 5NF joylashadi.
Jadvallarni NFBK utkazish protsedurasi
Bu protsedura, ixtiyoriy jadvalda yagona funksional bog‘liqliklar K->F kurinishda bo‘lishga asoslanadi, bunda K – dastlabki kalit, F - esa qandaydir boshqa maydon. SHuni inobatga olish kerak-ki, bu dastlabki kalit tahrifidan kelib chiqadi, yani K->F bog‘lanish berilgan jadvalning barcha maydonlari uchun bajariladi. "Bir joyda bir fakt" degani boshqa funksional bog‘liqliklar hech qanday kuchga ega emas mahnoni bildiradi. Normallashnitishdan maqsad K->F kurinishdagi bog‘lanishdan tashqari boshqa bog‘lanishlsrdan vos kechishdir.
Agar norlashtirish vaqtida birlamchi(tashqi) kalitlar kodlarini boshlang‘ich kalitlarnikiga almashtirilsa, u holda quyidagi ikki holni kurib chiqish kerak bo‘ladi:
Jadval birinchi tarkibli kalit ko‘rinishida bo‘lsin, aytaylik (K1,K2). Bundan tashqari, bu kalitning biror qismiga funksional bog‘liq, lekin to‘la kalitga bog‘liq bo‘magan, masalan K2, F maydonni o‘z ichiga olsin. Bu holda K2 va F(K2-birlamchi kalit) ni o‘z ichiga oluvchi boshqa jadval tashkil qilish taklif etiladi va boshlang‘ich jadvaldan F o‘chiriladi:
Almashtirilsin T(K1,K2,F) , birlamchi kalit (K1,K2), FZ K2->F
T1(K1,K2)ga, birlamchi kalit (K1,K2),
va T2(K2,F), birlamchi kalit K2.
Jadval birlamchi K kalitga ega, F1 maydonning mumkin bo‘lgan kaliti bo‘lmagan holda, qaysiki albatta Kga funksional jihatdan bog‘liq va boshqa kalitsiz F2 maydoni, qaysiki F1ga funksional jihatdan bog‘liq. Bu erda echim, aslida, avvalgining o‘zi – F1 va F2 ni o‘zida aks ettirgan jadval shakllantiriladi, boshlang‘ich kalit F1 bo‘lgan holda va F2 boshlang‘ich jadvaldan olib tashlanadi:
Almashtirilsin T(K,F1,F2), birinchi kalit K, FZ F1->F2
T1(K,F1)ga, birinchi kalit K,
va T2(F1,F2), birinchi kalit F1.
Berilgan har qanday jadval uchun, ko‘rib chiqilgan 2 qoidalarga asoslangan o‘zgaruvchilarni takrorlab, deyarli barcha holatlarda oxir-oqibat ko‘p jadvallarni olish mumkin, ular “oxiri” normal ko‘rinishda (Formada) bo‘ladi va shunday qilib K->F dan farqli bo‘lgan hech qanday funcsional bog‘lanishga ega bo‘lmaydi.
Loyihalash protsedurasi
Informatsion tizimlarni loyihalah jarayoni etarlicha murakkab masala . U ma’lumotlarning infomantiqiy modelini tuzishdan, yahni mohiyatni identifikatsiyalash boshlanad. Keyin loyihalashning datamantiqiy model protsedurasining quyidagi qadamlarni bajarish kerak bo‘ladi.
1.Ma’lumotlar bazasi jadvalining (asosiy jadval) har bir bog‘liqsiz mohiyatini (sterjen) tasvirlash va bu asosiy (bazaviy) jadval birinchi kalitini spetsifikalash lozim.
2.Har bir assotsiyani (“ko‘p-ko‘pga yoki ko‘pdan ko‘pga va boshqa ko‘rinishdagi aloqalar) asos jadval ko‘rinishida tasvirlash kerak . Bu jadvalda assotsiya ahzolarini mosligini aniqlash uchun tashqi kalitlarni tadqiq kilish kerak
3.Har bir xususiyatni tashqi kalit bilan asosiy jadval sifatida tasvirlash lozim. Jadvalning tashqi kalitiga va uning boshlang‘ich kalitiga qo‘yilgan cheklashlarni spetsifikatsiyalash lozim.
4.Avvalgi punktlarda qaralgan har bir belgilanishlarni tashqi kalit bilan asos jadval sifatida tasvirlash lozim. SHu turdagi har qanday tashqi kalitlarni cheklashlarni spetsifikatsiyalash lozim.
5.Har bir xususiyatni asos jadvaldagi maydon ko‘rinishida tasvirlash kerak, qaysiki shu xususiyat bilan aniqlanuvchi mohiyatni ochib beradi.
6.Normallashning qandaydir prinsiplarini bevosita buzushning oldini olish maqsadida, normallash protsedurasini bajarish lozim.
7.Normallash jarayonida qandaydir jadvallarni bo‘laklash jarayoni sodir bo‘lsa, ma’lumotlar bazasining infomantiqiy modelini takomillashtirish lozim va sanab o‘tilgan qadamlarni takrorlash kerak.
8.Loyihalashtirilayotgan ma’lumotlar bazasi yaxlitligiga qo‘yiladigan cheklanishlarni ko‘rsatish va hosil qilingan jadval va maydonlarni qisqacha tasvirlab berish kerak (agar lozim bo‘lsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |