O‘zbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti samarqand filiali



Download 11,52 Mb.
bet23/71
Sana20.06.2022
Hajmi11,52 Mb.
#685615
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
MBB fanidan UUM 2021 3 kurslar

Nazorat savollar

  1. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashning kengaytirilgan imkoniyatlari qanday?

  2. Ma’lumotlar bazasini axborot bilan to‘ldirish.

  3. Aniq masalalar bilan bilimlar bazasini yaratishni ko’rsating?

  4. Freymlar bilan ishlashga misollar?


8-Mavzu: Ma’lumotlar bazasida tashqi bog‘lanish va birlashmalar
REJA
1. Ma’lumotlar bazasi axborot tizimlarini yaratish bosqichlari.
2. Predmet sohani tavsiflash usullari.
3. Mohiyat-aloqa diagrammasi.
4. Predmet sohasi infologik tafsiflashga doir misol.
Axborot tizimlarini ishlab chiqishdan asosiy maqsad qisqa vaqt ichida foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni chiqarib berishdan iborat. MB li axborot tizimlarini yaratish tizimli dasturiy ta’minotini yaratishni usullaridan biridir.
Hozirgi kunda axborot tizimlarini loyihalash xilma–xil usullari mavjud. Umuman olganda, axborot tizimlarini dastuuriy ta’minotini yaratish iterativ xarakterga ega. Axborot tizimlarini loyihalashni asosiy bosqichlari va ular orasidagi bog‘lanish quyidagi chizmada keltirilgan:



ИЛМ

ДЛМ

Талаблар тахлили

МФМ

АТ версиялари

PS – predmet soha;


ILM – infologik model;
DLM – datalogik model;
MFM – ma’lumotlarni fizik modeli;
AT – axborot tizimi;
AT loyihalashni 1 – bosqichida predmet sohasida mantiqiy informatsion tuzilmasini quramiz. U PS ni va faydalanuvchini talablarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bunda biz aniq MBBT ga bog‘lanmagan ravishda bu ishlarni bajaramiz, ya’ni PS ni informatsion-logik tavsifi bajariladi. Bu bosqich infologik model qurish bosqichi deb ataladi. MBBT vositasi yordamida ma’lumotlarni mantiqiy bog‘lanishlarini tashkil qilish ma’lumotlar bazasini DLM ini bildiradi.bu model yordamida ma’lumotlar elementlari orasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni aks ettiradi. DLM ni ma’lumotlarni saqlash muhiti bilan bog‘laydigan bosqich ma’lumotlarni fizik modeli deyiladi.
Predmet sohasini tavsiflash usullari.
Hozirgi kunda PS ni tavsiflash uchun ko‘p usullar mavjud. SHulardan biri ob’ekt-aloqa usulidir. Bu usulni ba’zan Ulьman – CHen usuli ham deyiladi. PS ni mohiyat aloqa usulida tavsiflaganda quyidagi bosqichlarda i sholib boriladi:

  1. PS ni ob’ektlari aniqlanadi.

  2. Ob’ekt sohalari (atributlari) belgilanadi va uning kalit parametri aniqlanadi. Kalit parametri ob’ektni identifikatsiyalaydi.

  3. Ob’ektlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi va ular sinflarga ajratiladi.

  4. Maxsus belgilar kiritilib, ob’ekt aloqa diagrammasi o‘rnatiladi. Bu diagramma PS ning infologik modeli grafik tasviri hisoblanadi.

Ob’ektlarni identifikatsiyalash uchun yoki barcha aytganda kompьyuter xotirasida yozuvlarning o‘rnini aniqlashda ma’lumot elementi ishlatiladi. Bu elementni biz kalit deb ataymiz. Vgvr kalit ob’ektni bir qiymatli identifikatsiyalasa, u birlamchi kalit deyiladi. Aks holda ikkilamchi kalit deyiladi. Agar ob’ektlarni identifikatsiyalash uchun bir nechta atributlar talab etilsa, bunday kali tulangan kalit deb ataladi. Agar A va V guruxdagi ob’ektlar berilgan bo‘lsa, ular orasidagi quyidagi mosliklar yoki munosabatlarni o‘rnatishimiz mumkin:

  1. Birga – bir (1:1)munosabat. A va V ob’ektlar to‘plami orasida 1:1 munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nushasiga V ob’ektning bitta nushasi mos kelsa, va aksincha, V ob’ektning har bir nushasiga A ob’ektning bitta nushasi mos kelsa.

  2. Birga – ko‘p (1:n) munosabat. A va V ob’ektlar to‘plamida A ob’ektning har bir nushasiga V ob’ektning bir nechta nushasi mos kelsa, shu bilan birga V ob’ektning har bir nushasiga A ob’ektning bittadan ko‘p bo‘lmagan nushasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo‘ladi.

  3. Ko‘pga – bir (n:1) munosabat A va V ob’ektlar to‘plami orasida o‘rnatilsa, unda A ob’ektning har bir nushasiga V ob’ektning ko‘pi bilan bitta nushasi mos keladi. V ob’ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob’ektning bir nechta nushasi mos keladi.

  4. Ko‘pga – ko‘p (m: n) munosabat. A va V ob’ektlar orasida shunday munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nushasiga V ob’ektni bir nechta nushasi mos kelsa va aksincha.

PS ni infologik modelini qurishga doir misollar.
Infologik modelni qurishga doir uncha katta bo‘lmagan “Avtovakzal” predmet sohasini misol sifatida olamiz. Infologik model qurish uchun esa Ulьman – CHen yoki mohiyat aloqa usulidan faydalanamiz:
1-qadam, “Avtovakzal” PS ni asosiy ob’ektlarini va ularni atributlarini belgilab olamiz.

  1. Bilet ob’ektlar to‘plami atributlari: bilet nomeri (bno); bilet narxi (bn); o‘rindiqlar soni (o‘s);

  2. Reys ob’ektlar to‘plami atributlari: reys nomeri (rn); jo‘nash vaqti (jv); jo‘nash manzili (jm); kirish vaqti (kv);

  3. Marshrutlar ob’ektlar to‘plami atributlari: boshlang‘ich punkt (bosh m); oxirgi punkt (ox p); masofa (mas); bu uchchalasi kalit parametri bo‘ladi.

  4. Bekat ob’ektlari to‘plami atributlari: bekat nomi (bk n); tuxtash vaqti (tv);

  5. Haydovchilar ob’ektlari to‘plami atributlari: familiyasi (fam); ismi (is); sharifi (shar); adresi (adr);

  6. Avtobuv modeli ob’ektlari atributlari: model nomi (mod n); ishlab chiqaruvchi (i/ch); yoqilg‘i turi (yoq t); yoqilg‘i sarfi (yoq s); o‘rinlar soni (o‘r s);

  7. Avtobus ob’ektlar to‘plami atributlari: avtobus nomeri (an); avtopark nomeri (atpn).

Ob’ektlarni tahlil qilib bo‘lingandan so‘ng, shu ob’ektga qo‘yiladigan boshlang‘ich so‘rovni ishlab chiqamiz. Avtovakzalni faoliyati iqtisodiy va texnik ko‘rsatgichlar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun, yo‘lovchilarga informatsion ma’lumot berganligi uchun yaratayotgan informatsion sistemamiz quyidagi so‘rovlarga javob berishi kerak:

  1. Har bir reys uchun nechta bilet sotilganligi va umumiy sotilgan biletlarni aniqlash;

  2. Reysni nomeri bo‘yicha reys haqida ma’lumotlar chiqarish;

  3. Marshrutlar haqidagi zarur axborotlarni chiqarish;

  4. Aniq reyslar uchun qapysi haydovchilar tayinlanganligi va ular haqida ma’lumotlar olish;

  5. Avtobusni texnik xarakteristikalarihaqidagi ma’lumotni olish.

Ko‘rib chiqilayotgan predmet sohani ob’ektlari orasida quyidagi tipdagi bog‘lanishlar mavjud:

  1. 1:1 – biletlar bilan reys ob’ektlari orasidagi bog‘lanish (sotilgan);

  2. M:1 – marshrut va reys orasidagi bog‘lanish (marshrut munosabati);

  3. 1:M – marshrut va bekatlar orasidagi bog‘lanish (bekatlar);

  4. 1:N – reys va haydovchi orasidagi bog‘lanish (tayinlash);

  5. M: N- haydovchi va avtobus modeli orasidagi bog‘lanish (haydovchiga ruxsat berish);

  6. M:1 – avtobus va avtobus modeli orasidagi bog‘lanish (toifa).

SHunday qilib, ko‘rilayotgan masalada asosan ob’ektlar aniqlanadi va ular orasidagi bog‘lanish topiladi, sinflarga ajratiladi.
Kurilaetgan masala uchun Ulьman – CHen diagrammasi rasmda keltirilgan.

Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish