7. Topshiriq berilgan kun 20.01.2021 y.
Rahbar _____________________
(imzo)
Topshiriqni oldi __________________
(imzo)
8. BIning har bir bo’limida bajariladigan ishlarga maslahatlar:
Bo’lim
|
Rahbar F.I.O
|
Imzo
|
Topshiriq berdi
|
Topshiriq oldi
|
Kirish
|
Xurramov D.T.
|
|
|
1-bo’lim
|
Xurramov D.T.
|
|
|
2-bo’lim
|
Xurramov D.T.
|
|
|
3-bo’lim
|
Raxmonova G.
|
|
|
Xulosa
|
Xurramov D.T.
|
|
|
|
|
|
|
9. Ishni bajarish grafigi:
№
BI bo’limlarining nomlari
Bajarish muddati
Bajarilganligi xaqida rahbar imzosi
Kirish, masalaning qo’yilishi
19.01.21-08.02.21
Masalaning qo’yilishi, fan sohasining tahlili
09.02.21-24.02.21
Tahlil qilingan usullarni tadqiq etish
25.02.21-27.03.
1
Hayot faoliyati xavfsizligi
28.03.21-09.04.21
Xulosa
12.04.21-20.04.21
Prezentasiya slaydlarini ishlab chiqish
16.05.21-28.05.21
Asosiy himoya
Bitiruvchi ________________ «______» ______________ 2021 y.
(imzo)
Rahbar _______________ «______» ________________ 2021 y.
(imzo)
MUNDARIJA
Kirish 6
1. Buyumlar Interneti va unda xavfsizlik muaamolarining tahlili 8
1.1. Buyumlar Interneti va undan foydalanish sohalari 8
1.2. Buyumlar Interneti tizimlarida foydalaniluvchi protokollar 13
1.3. Buyum Internet tizimlarida mavjud xavfsizlik muammolari 17
2. Buyumlar Interneti tizimlarida xavfsizlikni ta'minlash usullari 23
2.1. Buyumlar Interneti tizimlarining xavfsizlik mexanizmi 23
2.2. “Yengil” kriptografik algoritmlar 25
2.3. Buyumlar Interneti tizimida shaxsiylikni ta’minlash usullari 28
3 ta tilda ANNOTATSIYA BULISHI KERAK
Kirish
Hozirgi kunda hayotimizni elektron axborot almashinuvisiz tasavvur qilish qiyin. Elektron shakldagi axborot hayotimizni barcha jabhalariga kirib borib, ularni samarali almashinishi orqali insonlar mushkullari oson qilinmoqda. Bu sohadagi ishlarni yanada jadallashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish yo'lida davlatimiz tomonidan qator huquqiy normalar ishlab chiqilib hayotga tadqiq etilmoqda. Bu o'rinda 2017-yilda ishlab chiqilgan 2017 – 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining o'rni beqiyos.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishning asosi hisoblangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim sharti sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hayotimizning har jabhasida faol qo'llanilayotgan axborot almashinuv texnologiyalaridan samarali foydalanish ulardagi dasturiy ta’minotlarning o'ziga xosligi, ommabopligi va innovatsion yangiligiga bog‘liq. “Axborotlashtirish to'g'risidagi, “Telekommunikatsiyalar to'g'risida”gi, “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to'g'risida”gi qonunlar soha rivojida muhim ahamiyat kasb yetmoqda.Mamlakatimizda dasturiy ta’minot sanoatini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar, sohaga daxldor mustahkam qonunchilik bazasini yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Hozirgacha 10 dan ziyod qonun, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi. Dasturchilarni qo'llab-quvvatlash borasida muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilayabdi. 2013-yilning 20 sentabrida imzolangan “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag'batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo'ldagi navbatdagi muhim qadam bo'ldi.Ma’lumki, dasturiy ta’minot yaratuvchilarining asosiy daromadi xodimlarga ish haqi to'lash, zarur moddiy-texnik bazani muntazam mustahkamlab borishga sarflanadi. Shu ma’noda, qarorga binoan Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar 2017-yilning 1 yanvariga qadar muddatda barcha turdagi soliqlar hamda majburiy ajratmalar to'lashdan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxatlar bo'yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga boj to'lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari) to'lashdan ozod qilingani, ayniqsa e’tiborlidir.
Axborot tizimlarida barcha elektron ko'rinishdagi ma’lumotlar dasturiy vositalar orqali ishlanadi. Bundan tashqari amalda keng qo'llaniladigan himoya vositalarining aksariyat qismini dasturiy ilovalar tashkil etiladi. Bu esa o'z navbatida ishlab chiqiladigan dasturiy ta’minotlarga yuqori xavfsizlik darajasini qo'yadi. Shuning uchun dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish jarayonida mavjud xavfsizlik muammolarini tahlil qilish va mavjud holatga mos bo'lgan himoya chorasini ko'rish dolzarb masala sanaladi.
Bitiruv ishining maqsad va vazifalari.
Mazkur bitiruv ishi kirish, uchta bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati boblardan iborat.
Bitiruv ishining kirish qismida ishining dolzarbligi va maqsadi keltirib o'tilgan.
Bitiruv ishining birinchi bo’limida buyumlar Internetidan foydalanuvchi sohalar va standartlari haqida ma’lumot berilgan
Bitiruv ishining ikkinchi bo'limida esa buyumlar Internetida xavfsizlik muammolari va xavfsizlikni ta’minlash usullari yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |