O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Maydoniy tranzistorlarning chastota xususiyatlari



Download 11,95 Mb.
bet86/161
Sana10.12.2022
Hajmi11,95 Mb.
#883160
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   161
Bog'liq
E va sxema1 majmua tayyor

Maydoniy tranzistorlarning chastota xususiyatlari


MDYa – tranzistorlarning chastota xususiyatlari. UI sxemada ulangan MDYa – tranzistorning soddalashtirilgan kichik signal fizik ekvivalent sxemasi 9-rasmda keltirilgan. Unda MTning asosi istok bilan ulangan bo‘lib, yuqori chastotada ishlovchi sxemalarni hisoblashda keng qo‘llaniladi.



9-rasm. Umumiy istok sxemada ulangan MDYa – tranzistorning kichik signal ekvivalent sxemasi.


Ekvivlayent sxemadagi tok manbai SUZI tranzistorning kuchaytirish xususiyatini, Ri rezistor esa istok – stok zanjirining (8) va (13) ifodalar bilan aniqlanuvchi differensial qarshiligini e’tiborga oladi. Tranzistorning chastota xususiyatlari asosan, sig‘imlari bilan aniqlanadi.


Ekvivalent sxemadagi kondensatorlar MDYa – tuzilmaning quyidagi sig‘imlarini ifodalaydi: SZI – istok qatlamiga nisbatan zatvor metall elektrodining sig‘imi; SZS – stok qatlamiga nisbatan metall zatvor sig‘imi; SSA – stok o‘tish barer sig‘imi, ya’ni stok-asos sig‘imi. Sxemaga SIA sig‘im kiritilmagan, chunki istok bilan asos ulangan, uning qarshiligi nolga teng deb SIA =0 hisoblanadi.
Uchta kondensatordan faqat SZI va SZS bevosita MDYa – tuzilma bilan bog‘langan. Ushbu kondensatorlarning qayta zaryadlanishi kanal orqali istokdan stokka oqayotgan elektronlar oqimi yordamida amalga oshadi. Kanal toki ko‘rsatilgan kuchlanishlarga bog‘liqligi sababli to‘yinish rejimida SZS=0.
Elektronlarning istokdan stokka uchib o‘tish vaqti ma’lum qiymatga ega bo‘lgani sababli, tranzistor tikligi kompleks kattalikdir.
, (14)
bu yerda, fS - tiklikning ruxsat etilgan chastotasi, bu chastotada statik S tiklikka nisbatan marta kamayadi. fS chastota zaryad tashuvchilarning uchib o‘tish vaqti bilan quyidagicha bog‘langan:
. (15)
Elektronlarning istokdan stokka uchib o‘tish vaqti yuqoridagi ifoda bilan aniqlanadi. f<S chastotalarda tiklikni o‘zgarmas S = S deb hisoblash mumkin.
Agar L=10 mkm, =1500 sm/V∙s, USI= 4 V bo‘lsa, =0,5 ns ni tashkil etadi. Bunda fS ≈ 300 MGts. Zamonaviy MDYa – tranzistorlarda kanal uzunligi 4 mkm dan kichik. Bunda < 0,01 ns va fS >15 GGts. Natijada, tiklikning inersiyaliligini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi.
Kuchaytirgichlarda ruxsat etilgan chastota fS dan tashqari chegaraviy chastota fChYeG deb ataluvchi chastota kiritilgan. MT asosidagi kuchaytirgichning chegaraviy chastotasi kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti moduli birga teng chastota sifatida aniqlanadi.
, (16)
bu yerda, SChIQ=SSA+SYu.
MTlar asosidagi kuchaytirgichlar chiqishiga sig‘imi SZI ga yaqin SYu kondensatorni ulash fChYeG chastotani bir necha marta kamaytirishini alohida ta’kidlash kerak. SYu sig‘imning chegaraviy chastotaga katta ta’sir ko‘rsatishining sababi, MTlarda BTlarga nisbatan tiklik qiymatining kichikligidadir.
p-n o‘tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistorning chastota xususiyatlari. n – kanali p-n o‘tish bilan boshqariladigan MTning soddalashtirilgan kichik signal ekvivalent sxemasi 10-rasmda keltirilgan.



10-rasm. n – kanali p-n o‘tish bilan boshqariladigan MTning soddalashtirilgan kichik signal ekvivalent sxemasi.


Ushbu sxema elementlari MDYa – tranzistornikidek: Ri – to‘yinish rejimida kanalning differensial qarshiligi; UZI – tranzistorning kuchaytirish xossalarini aks ettiruvchi tok manbai; SZI va SZS - p – n o‘tish yon tomonlarining barer sig‘imlari.


Tok o‘zgarishlarining inersiyaliligi MDYa – tranzistorlarniki kabi uchib o‘tish vaqti bilan ifodalanadi. Ushbu parametr ham kanal qarshiligini zatvor-kanal qarshiligiga ko‘paytirilganiga teng va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
. (17)
Shunday qilib, MT va MDYa – tranzistorlarning chastota xususiyatlari prinsipda bir xil bo‘lishi mumkin. Ammo amalda MTlar kanali uzunligi L ni zamonaviy MDYa – tranzistorlarnikidek kichik qilib bo‘lmaydi. Shu sababli MTlarning tezkorligi anchagina past.
MTlarning muhim afzalligi xarakteristikalarining vaqt davomida baqarorligidan va ichki shovqinlari sathining pastligidan iborat.




    1. Download 11,95 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish