O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Download 11,95 Mb.
bet56/161
Sana10.12.2022
Hajmi11,95 Mb.
#883160
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   161
Bog'liq
E va sxema1 majmua tayyor

p – yarimo‘tkazgich uchun elektr neytrallik sharti ham shunga o‘xshash yoziladi:
. (19)
Indeksdagi r yarimo‘tkazgichning o‘tkazuvchanlik turini ko‘rsatadi.
Ilgaridek fikr yuritib,
, (20)
(21)
ekanini topamiz.
n – va p– yarimo‘tkazgichlarning zonalar energetik diagrammalari, Fermi-Dirak taqsimoti funksiyasi va zonalarda zaryad tashuvchilar konsentratsiyasining o‘zgarishi, mos ravishda.6 a va b-rasmlarda ko‘rsatilgan.
a) b)

6-rasm. n – (a) va p – turdagi (b) yarimo‘tkazgichlar energetik zonalar diagrammalari, Fermi - Dirak taqsimot funksiyasi va zonalardagi zaryad tashuvchilar konsentratsiyalari.

1 b-rasmda turli konsentarsiyali (N2>N1) yarimo‘tkazgichlar uchun (σ/σ0) ning (1/T) temperatura o‘zgarishlarining ikkita egri chizig‘i keltirilgan. Rasmda 1 deb belgilangan shtrix chiziq 1 a-rasmdan olingan σi(1/T) funksiyaning bir qismini solishtirish uchun berilgan. Kiritmali yarimo‘tkazgich xususiy yarimo‘tkazgichga aylanadigan kritik nuqtalar a bilan, kiritmalarning ionlashish temperaturasiga mos keluvchi nuqtalar esa v bilan belgilangan. Kiritmalar konsentratsiyasi juda yuqori bo‘lgan holda, ya’ni aynigan yarimo‘tkazgichlar uchun σ(T) bog‘lanish 2 deb belgilangan shtrix chiziq bilan ko‘rsatilgan.


Masalan, kremniyda donor kiritmalar konsentratsiyasi Nd=1016 sm-3, ni=0,79∙1010 sm-3. (17) ifodaga muvofiq elektronlar (asosiy zaryad tashuvchilar) konsentratsiyasi nn≈Nd= 1016 sm-3, (18) ifodaga muvofiq kovaklar (noasosiy zaryad tashuvchilar) konsentratsiyasi pn =6,2∙103 sm-3 ni tashkil etadi.
Shunday qilib, zaryad tashuvchilar konsentratsiyasini aniq-lashda Fermi sathi energiyasini bilish shart emas. Lekin boshqa masalalarni hal qilishda zonalar energetik diagrammasida Fermi sathi energiyasini bilish zarur. Bunda muvozanat holatdagi qattiq jismning barcha qismlari uchun Fermi sathi o‘zgarmas deb olinadi.
Muvozanat holatda yarimo‘tkazgichda elektron va kovaklar soni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi, ya’ni zaryad tashuvchilarning generatsiyalanish tezligi rekombinatsiyalanish tezligiga teng bo‘ladi. Elektron-kovak juftliklarning generatsiyalanish tezligi g kristall temperaturasi va taqiqlangan zona kengligi bilan aniqlanadi. Rekombinatsiya tezligi r elektron bilan kovakning uchrashish ehtimolligiga, ya’ni konsentratsiyasiga proporsional bo‘ladi
r = vpr,
bu yerda, v – rekombinatsiya koeffitsiyenti deb ataladi. Bundan har bir elektron 1 sekund davomida marta rekombinatsiyalanishi ma’lum bo‘ladi. Demak, elektronning o‘rtacha yashash vaqti ni tashkil etadi.
Xususiy yarimo‘tkazgichda elektronlar va kovaklar konsentratsiyalari bir-biriga teng, shuning uchun ularning yashash vaqtlari ham teng. Kiritmali yarimo‘tkazgichlarda noasosiy zaryad tashuvchilarning yashash vaqti keskin kamayadi. Masalan, r – yarimo‘tkazgichda elektronlarning yashash vaqti
. (22)
np<i bo‘lgani uchun τn<<τi.
Xususiy yarimo‘tkazgichda zaryad tashuvchining yashash vaqti kristallning xususiyatlari va kristall panjarada nuqsonlar hamda rekombinatsiya markazlarini hosil qiluvchi kiritmalar mavjudligi bilan belgilanadi. Shuning uchun zaryad tashuvchilarning o‘rtacha yashash vaqti qiymati keng oraliqda o‘zgaradi (germaniyda 100÷1000 mks, kremniyda 50÷ 500 mks).
Tashqi energetik ta’sirlar natijasida yarimo‘tkazgichdagi EZTlar konsentratsiyasi muvozanat holdagi konsentratsiyaga nisbatan ortib ketishi mumkin. Ta’sirlar to‘xtatilgandan so‘ng nomuvozanat zaryad tashuvchilar rekombinatsiyalanadilar va konsentratsiya ilgarigi muvozanat holatiga qaytadi.
Nomuvozant zaryad tashuvchilar paydo bo‘lishi quyidagi sabablar bilan bog‘liq:
- yarimo‘tkazgichning yoritiliishi. Yorug‘lik kvantlari elektronlarni valent zonadan o‘tkazuvchanlik zonaga o‘tkazishi mumkin. Bunda yarimo‘tkazgichda yangi foto elektron-kovak juftliklari hosil bo‘ladi;
- zarbdan ionlanish. Elektron yoki kovak kuchli elektr maydon ta’sirida tezlashib katta energiyaga ega bo‘ladi va neytral atom bilan to‘qnashib uni ionlashtiradi, yangi elektron-kovak juftliklarni hosil qiladi;
- injeksiya. Masalan, elektr toki o‘tganda n – yarimo‘tkazgichga r – yarimo‘tkazgichdan nomuvozanat zaryad tashuvchilar kirib kelib, noasosiy zaryad tashuvchilar konsentratsiyasini oshiradi.
Nomuvozanat zaryad tashuvchilar rekombinatsiya tezligini aniqlashga harakat qilamiz.
Termodinamik muvozanat holatda (T=const) birlik hajmdagi generatsiya tezligi rekombinatsiya tezligiga teng bo‘ladi, bu yerda, - n yarimo‘tkazgichda kovaklarning yashash vaqti. Muvozanat buzilganda rekombinatsiya tezligi (p>pn) ga teng bo‘ladi. Natijada n – yarimo‘tkazgichning birlik hajmida, vaqt birligida kovaklar generatsiyalanib kovaklar rekombinatsiyaga uchraydi. Kovaklar konsentratsiyasining o‘zgarish tezligi
(23)
bo‘ladi. Bu yerda, minus ishora nomuvozanat konsentratsiya vaqt o‘tishi bilan kamayishini ko‘rsatadi. p – yarimo‘tkazgichdagi elektronlar uchun ham shunday ifodani yozish mumkin.
(p - pn) nomuvozanat kovaklar konsentratsiyasi deyiladi. (23)ning yechimi quyidagicha bo‘ladi:
, (24)
bu yerda, p0 – boshlang‘ich vaqtdagi (t=0 bo‘lgandagi) konsentratsiya.
Injeksiya natijasida noasosiy zaryad tashuvchilarning nomuvozanat konsentratsiyasi eksponensial qonunga muvofiq kamayadi. Nomuvozanat zaryad tashuvchilarning yashash vaqti t=τp davomida konsentratsiya ye=2,7 marta kamayadi.



Download 11,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish