O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Rezistiv va reaktiv zanjirlardagi quvvatlarni taqqoslash



Download 11,95 Mb.
bet36/161
Sana10.12.2022
Hajmi11,95 Mb.
#883160
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161
Bog'liq
E va sxema1 majmua tayyor

7.2 Rezistiv va reaktiv zanjirlardagi quvvatlarni taqqoslash. Elektr sxemalardagi tok kuchlanishlarni faza ko‘rinishini ifodalanishi va qo‘llanilishi.
Elektr zanjirlari nazariyasi fani o‘rganilishi jarayonida bir necha garmonik tashkil etuvchilar va o‘zgarmas tashkil etuvchi yig‘indilaridan iborat bo‘lgan o‘zgaruvchan tok (yoki kuchlanish)larni tez-tez uchratish mumkin, masalan
(3,a va b-rasmlar).
Axborot ma’lumotlarida «garmonik tashkil etuvchi» iborasi o‘rniga qisqalik uchun «garmonika» atamasi ishlatiladi.

3,a-rasm


Har xil garmonikalarning amplitudalari va boshlang‘ich fazalari - murakkab garmonik funksiyalarning spektral tarkibini tashkil qiladi. Amplituda buyicha bir xil spektral tarkibi bo‘lib, boshlang‘ich fazalari esa mos kelmasa, funksiyalar har xil bo‘lishiga 3,a va b-rasmlarni taqqoslab iqror bo‘lish mumkin.
Ba’zi elektrotexnik va radiotexnik qurilmalarda davriy funksiyaning ko‘rinishi ahamiyatli bo‘lsa, ba’zan faqat amplituda bo‘yicha spektral tarkibi katta e’tiborga ega. Masalan, telefon membranasidagi havo bosimi vaqt bo‘yicha 3,a va b-rasmda tasvirlanganidek o‘zgarsa, tovushni sezish hususiyati o‘zgarmaydi.


3,b-rasm


Murakkab garmonik funksiyaning tenglik bilan tasvirlangan bog‘lanishi barcha tashkil etuvchilarning eng kichik umumiy karrali davrlarini ifodalaydi. Masalan, davrlari va bo‘lgan ikki garmonik funksiyalar yig‘indisi uchun (3-rasm)
(13)
Bunda l va k eng kichik butun sonlar aks holda davriy funksiyalar yig‘indisi davriy bo‘lmaydi, chunki yuqoridagi shartni bajaruvchi l va k sonlar bo‘lmaydi. Oddiy garmonikalarning ixtiyoriy yig‘indisi butun (yoki ratsional) sonlar n uchun davriy funksiyadir:
- (14)
3-rasmda gorizontal o‘q bo‘ylab vaqtni har bir garmonika uchun bir xil masshtabda qo‘yilgan, shuning uchun uning argumenti (gradusda yoki davrning ulushida) har xil masshtabga ega bo‘ladi: birinchi garmonikasi uchun (yoki 900) radian mos kelsa, n-garmonika uchun radian (yoki ) mos keladi. Garmonikalarni bir grafikka qurganda shularga e’tiborni kuchaytirish zarur.
Garmonik funksiyalarning ajoyib xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ixtiyoriy davriy funksiyani amplitudalari va boshlangich fazalari ma’lum tartibda tanlangan oddiy garmonik funksiyalar (sinus yoki kosinus)ning chekli yoki cheksiz qator yig‘indisi deb ifodalash mumkin (Fure qatori). Davriy funksiyalarni garmonik tashkil etuvchilarga ajratishda o‘rganiladi.
Aksariyat, kuchlanish va toklarning murakkab spektral tarkibi signallar (axborot)ni uzatish va qayta ishlashda uchraydi. Energetika tuzimlarida esa ayniqsa, uch fazali elektr uzatish liniyalarida, kuchlanishni faqat sinusoidal, ya’ni tarkibida faqatgina birinchi (boshqacha nomi «asosiy») garmonikasi bo‘lishi ta’minlanadi. Shu bilan birga, tarkibida juda kichik miqdorda ( va h.k chastotali) yuqori garmonikalarning mavjud bo‘lishiga joizlik ruxsat etuvchi qat’iy qoidalar mavjud. Bu tizimlarda yuqori garmonikalar, asosan, elektrotexnik uskunalar real elementlarining nochiziqli tavsiflari tufayli vujudga keladi; bu fikr, ayniksa chala yuklangan transformator zanjirlarining toklariga taaluqlidir.
Biroq, barcha elektrotexnik qurilmalarda bo‘lganidek, telekommunikatsiya tizimlarida ham o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi yarim o‘tkazgichli (tranzistorli, ventilli) qurilmalar keng qo‘llaniladi. Bunday o‘zgartkichning chiqish qismidagi kuchlanish tarkibi, o‘zining dominanti (asosiy qismi) bo‘lmish o‘zgarmas tashkil etuvchisi bilan birga yuqori garmoniklarni ham o‘z ichiga oladi.
Yarim o‘tkazgichli, elektron asboblarning elektromagnit jarayonlarni avtomatik boshqarishdagi muhim xususiyatlari-moslashuvchanligi, ishlab chiqarish va ekspluatatsiyadagi soddaligi, inersiyasizligi ularning axborotni uzatish va qatta ishlash tizimlarida, avtomatika, energetikada keng qo‘llanishiga sabab bo‘ldi. Masalan, kuchlanish yarim davrining ixtiyoriy onida tokning «yo‘lini ochish» mumkin (3,a-rasm), natijada davriy tokning shaklini o‘zgartirish bilan, tarmoqdan olinayotgan quvvatning qiymatini boshqarish mumkin.
Avtomatikada, radiotexnikada va aloqa sohalarida murakkab mantiqiy (logik) funksiyalarni bajaruvchi hisoblash mashinalari elementlarida, aksariyat yuqori chastotali signallarni qisqa T1 vaqt ichida uzatish zarur bo‘ladi; bunday signallar uzatishni T davrda takrorlash zarur bo‘ladi ( nisbat signalning kengligini tavsiflovchi qiymat). Buning uchun maxsus generator davriy ravishda takrorlanuvchi to‘g‘ri burchakli impulslarni (4,v-rasm) uzatadi. Ushbu impulslarni yuqori chastotali generatorga berilsa, impuls davomiyligida ishlashga, impuls bo‘lmaganda esa pauzada bo‘lishga majbur etib, uning ishini boshqaradi.


4-rasm
Murakkab garmonik funksiyaning juda muhim turlaridan biri - amplitudasi garmonik qonuniyatda modulyatsiyalanadigan garmonik tebranishlardir, masalan bunda m-modulyatsiya kengligi (ko‘pincha, m<1); - asosiy yoki uzatuvchi chastota, - modulyatsiya chastotasi. Modulyatsiyalanayotgan tebranishlar amplitudasi o‘zgarishining qonuni modulyatsiyalanayotgan signal turiga bog‘liq. Oddiy garmonik modulyatsiyalanayotgan (4,g-rasm) signal bog‘lanishdagi va 4,d-rasmda tasvirlangan modulyatsiyalangan tebranish hosil bo‘ladi.


(15)
Yuqori chastotali modulyatsiyalangan signallarning ahamiyati bebahodir, chunki ular to‘g‘rilangandan (detektorlangandan) so‘ng aynan modulyatsiyalangan signal hosil qilinadi (4,g-rasm). Radio va televideniye aloqalarining hammasi modulyatsiyalangan yuqori chastotali signallarni uzatishga asoslangan.
Shunisi e’tiborga loyiqki, amplitudalari garmonik modulyatsiyalangan oddiy tebranishlar (15) bo‘lganda, barcha garmonik tashkil etuvchilarni aniqlash juda osondir. Darhaqiqat, tenglikdan foydalanib (15)ni quyidagi holga keltiramiz:
(16)
Shunday qilib, garmonik modulyatsiyalangan amplitudali garmonik tebranishlar tarkibida uchta garmonik tashkil etuvchilari mavjud ekan, ya’ni asosiy (yoki uzatuvchi) chastotali va ikki chegaraviy ( ) va chastotali.
Ushbu bobda qo‘yilayotgan maqsad murakkab garmonik (yoki nosinusoidal) toklari bo‘lgan chiziqli zanjirlarni hisoblash va tahlil qilish usullarini bayon qilishdir; bunda, albatta davriy toklarning barqarorlik jarayoni ko‘zda tutiladi. Ushbu toklarning paydo bo‘lishi va ularning shakllarini o‘zgartirish usullari darslikning «Nochizikli zanjirlar» bo‘limida ko‘riladi.

Download 11,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish