Masalalar
1.1-masala.
Uzunligi 10m, diametri 0,4mm bo‘lgan nixromdan yasalgan elektrik pechka spiralining ishlash temperaturasi 3000. Tarmoq kuchlanishi 220 V. Spiraldagi zichlikni aniqlang.
1.2-masala.
12 v li avtomobil lampochkasidan nominal kuchlanishda 4a tok o‘tadi, agar uni batareyaga ulansa, lampochka kuyadimi? Batareyadagi E.Yu.K. 90v. Ichki qarshiligi 42 om. Lampochka qarshiligini bog‘liq bo‘lmagan doimiy kattalik deb qarang.
1.3-masala.
Kuchlanish U=110v bo‘lgan elktr tarmoqqa qarshiligi r=200 Om cho‘g‘lanma lampa ulangan. Lampadagi tok kuchini aniqlang.
1.4-masala.
Agar isitish asbobidagi tok kuchi I=5a, uning qarshiligi bo‘lsa, uning qisqichlaridagi kuchlanishni aniqlang.
1.5-masala.
Agar simlarning ko‘ndalang kesimi S=10mm2 va liniyaning uzunligi 200m bo‘lsa, havo liniyasi simlarining +200S va -100S temperaturadagi qarshiligini toping.
1.6-masala.
Elektr kavsharlagich 5a tokda 12v ga muljallangan. Kavsharlagich 30 min. ishlaganda undan qancha issiqlik ajraladi?
1.7-masala.
Quvvati 2kvt li elektr dvigatel 6 a tok iste’mol qiladi. Uning cho‘lg‘amlari qarshiligi 2om. Dvigatelda 2 soatda ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini hisoblang.
1.8-masala.
Kuchlanishi U=220v bo‘lgan tarmoqqa quvvati p=5kvt bo‘lgan elektr dvigatel ulangan. Elektr dvigateldan oqayotgan tok kuchini aniqlang.
1.9-masala.
Kuchlanish U=225v bo‘lgan tarmoqqa I=4a tok oluvchi isitgich asbobi ulangan. Asbobning kuvvati va asbob 2 soat ichida iste’mol qilgan energiyaning bahosini toping. 1kvt soat elektr energiya 23 so‘m turadi.
1.10-masala.
Agar isitgich asbobining qarshiligi 22 om, tarmoqning kuchlanishi 110v bo‘lsa, bu asbobda 15 minutda ajralib chiqqan issiqlik miqdorini toping.
1.11-masala.
Mis simning diametri d=0,3mm, qarshiligi R=82om. Simning uzunligini toping.
1.12-masala.
Manbaning qisqa tutashtirilgan toki Iq=48A. Agar shu manbaga qarshiligi R=19,5 om bo‘lgan rezistor ulansa, tok 1,2 amperga kamayadi. Manbaning E.Yu.K.ni va ichki qarshiligini aniqlang.
1.13-masala.
E.Yu.K manbaning ichki qarshiligi r0=0,1om. Unga ulangan iste’molchidan I=0,75A tok o‘tib, bir soat ichida 729kall issiqlik chiqaradi. Manbaning E.Yu.K qiymatini toping.
1.14-masala.
O‘zgarmas tok manbaining E=125v. Unga qarshiliklari R1=100om, R2=30 om va R3=120 om bo‘lgan rezistorlar ketma ket ulangan (2.5 – rasm). Zanjirdagi tok kuchini va har bir shahobchada kuchlanishning pasayishini va quvvatini toping. Manbaning ichki qarshiligi hisobga olinmaydi.
1.5 – rasm
1.15-masala. Kuchlanishi U=220v bo‘lgan liniyaga quvvati P1=4,4kvt o‘zgarmas tok dvigateli va quvvati P2=300 vt bo‘lgan cho‘g‘lanma lampa ulangan. Liniyadagi tok kuchini va iste’molchilarning umumiy qarshiligini toping.(2.6 – rasm).
1.6 – rasm
1.16-masala.
Ikki simli liniya P=3kvt, I=15a, l=1200m, mis simning diametri d=5mm. Iste’molchining quvvatini, liniya yo‘qotiladigan quvvatni va foydali ish koeffitsiyentini toping.
1.17-masala.
1.7 – rasmda ko‘rsatilgan zanjir uchlaridagi kuchlanish va uchastkalardagi kuchlanishlarni aniqlang. Uchinchi uchastkada kuchlanishlar tushuvchi U3=20v. Uchastka qarshiliklari R1=6om, R2=4om, R3=2om.
1.7 – rasm
1.18-masala.
1.8 – rasmdagi sxemada tarmoqlanishdan keyin tok kuchi I=19,5a, R=10om, R1=15om, R3=20 om. Shu sxemaning ekivalent qarshiligi va tarmoqlardagi toklarni aniqlang.
1.8 – rasm
1.19-masala.
Agar E=24v, r0=2om, R1=2om, R2=6om, R3=4om, R4=4om, R5=6om, R6=7om, R7=3om, R8=5om ekanligi ma’lum bo‘lsa 2.9 – rasm ko‘rsatilgan zanjir uchastkalaridagi toklarni aniqlang.
1.9 – rasm
1.20-masala.
Avariyaviy yoritish uchun akkumlyatorning soni aniqlang va ularni ulash uchun tanlansin. Hamma lampochkalarning soni aniqlang va ularni ulash usuli tanlansin. Hamma lampochkalarning quvvati 2kvt, avariyaviy yoritish tarmog‘ining kuchlanishi 110v, bita akumliyatorning E.Yu.K E=2v, ruxsat etilgan razryad toki Ir=7a.
1.21-masala.
Keltirilgan zanjirda (2.10 – rasm) E1=250V, E2=220V, R1=5om, R2=8om, R3=10om, r01=0,02om, r02=0,02om. Zanjirdagi toklarni aniqlang.
1.10 – rasm
1.22-masala.
1.11 – rasmdagi sxemada E1=120v, E2=110v, R1=2om, R2=2om, R3=4om. Toklarni toping.
1.11 – rasm
1.23-masala.
Kuchlanishi U=115v bo‘lgan liniyaga quvvati P1=3,5kvt bo‘lgan elektrodvigatel va quvvati P2=2,3kvt bo‘lgan elektropechka ulangan. Liniyadagi tokning kuchini aniqlang.
1.24-masala.
Quvvati P1=100vt va kuchlanishi U=220v bo‘lgan cho‘g‘lanma lampochkaning qarshiligini aniqlang. Parallel ulangan yigirmata ana shunday lampochkaning qarshiligini aniqlang.
1.25-masala.
1.12 – rasmda tasvirlangan zanjirning barcha uchastkalaridagi toklar va kuchlanishlar topilsin. Zanjirning qisqichlaridagi kuchlanish UAG=210v. qarshiliklar r1=0,6om, r2=4om, r3=3,5om, r4=2,5om.
1.12 – rasm
1.26-masala.
Agar E1=123v, E2=115v, r1=0,15om, r2=0,5om, r3=12om, bo‘lsa (2.13 – rasm), I1, I2, I3, toklar topilsin.
– rasm
1.27-masala.
Agar E1=40v, E2=90v, E3=60v, R1=4om, R2=5om, r2=0,5om, r02=1om ga teng bo‘lsa, 2.14 – rasmda ko‘rsatilgan zanjirdagi tok kuchi topilsin. Birinchi va uchinchi manbalarning ichki qarshiliklari juda xam kichik bo‘lgani uchun ularni hisobga olmasa xam bo‘ladi.
1.14 – rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |