Bitiruv malakaviy ishining ob`ekti va predmeti. Ko`pprotsessorli
hisoblash tizimlarida parallel algoritmlarning qo`llanilishi, ma`lumotlarni
intellektual tahlillashda tasvirlarni parallel qayta ishlash modeli va algoritmlari.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Taqsimlangan
muhitda
ma`lumotlarni tahlil qilish uchun parallel algoritmlarni qo`llash va samaradorlikni
tahlil qilish.
Bitiruv malakaviy ishida qo`llanilgan metodikaning tavsifi. Bitiruv
malakaviy ishida qo`yilgan vazifalarni hal qilishda Microsoft visual studio
kompilyatorining OpenMP va OpenCV muhitini qo`llagan holda, parallel
algoritmlardan foydalanib ma`lumotlar tahlilini amalga oshiruvchi dastur yaratish
asoslari ko`rib chiqiladi. Bundan tashqari ko`p yadorli protsessorlar hisoblash
tizimlarining ishlash tamoyillari qo`llanilgan. Ma`lumotlarni tahlil qilishda
protsessorlarning keng imkoniyatlaridan foydalanilgan.