O‘zbekiston respublikasi axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti himoyaga ruhsat Kafedra mudiri Usmonov J. T


Annotation. The relevance of the topic



Download 59,25 Kb.
bet3/3
Sana11.07.2022
Hajmi59,25 Kb.
#776300
1   2   3
Bog'liq
Rasulov Javlon BMI

Annotation.
The relevance of the topic: The high demand for storage and delivery of goods as a result of the development of a commerse and logistic in our country is the relevance of the topic.
This dissertation describes the theoretical foundation of the storage and delivery of goods in the field of postal services of the Republic of Uzbekistan, the organization and experience and cases and of its application. As a result of any review and analysis, the analysis of the state of storage and delivery of good in JSC "Uzbekistan post offices" and promising proposals are presented.


KIRISH


I – BOB.“O‘ZBEKISTON POCHTASI” AJ DA TOVARLARNI SAQLASH VA YETKAZIB BERISH XIZMATLARNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI.

  1. Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishning huquqiy ta’minoti.

Qonun chiqaruvchi organ Oliy Majlisi Senatining XVIII yalpi majlisida “Pochta aloqasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ma’qullandi. Ushbu qonun davlatimiz rahbari tomonidan imzolanib, joriy yilning 23-aprelida matbuotda e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.1
Mazkur qonunning qabul qilinishi bilan 2000-yilning 31-avgustidan buyon amalda bo‘lgan “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, rivojlangan davlatlarning zamonaviy tajribasini o‘rganish orqali qayta takomillashtirilgan yangi tahriri tasdiqlandi. Qonun tarkibi 6 bob, 32 moddadan iborat bo‘lib, unda pochta aloqasi sohasiga oid umumiy qoidalar bilan birga, pochta aloqasi sohasini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish, pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish, pochta aloqasi sohasining tashkiliy va iqtisodiy asoslari, pochta aloqasi operatorlari, provayderlar hamda foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, javobgarligiga oid masalalar tartibga solingan.
Yangi tahrirda qabul qilingan “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi ushbu qonunining asosiy maqsadi pochta aloqasi sohasining barqaror ishlashini ta’minlash, pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, davlat boshqaruvi, mamlakat mudofaasi, davlat xavfsizligi hamda huquq-tartibotni saqlash va muhofaza etish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda pochta aloqasiga bo‘lgan talabni qondirishdan iborat. Uning ta’sir doirasiga pochta aloqasi xizmatlari bozorini tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi va boshqaruvchi davlat organlari, pochta aloqasining milliy operatori, operator va provayderlar hamda bu xizmatlardan foydalanuvchilar kiradi.
Ushbu qonunga qancha yangi moddalar va tushunchalar kiritildi, eski tahrirdagi qonunda foydalanib kelingan tushunchalarning mazmunini yoritadigan qoidalar tahririy jihatdan qayta optimallashtirildi. Shu bilan birga pochta aloqasi xizmatlarini pochta va kurerlik xizmatlariga bo‘lish yo‘li bilan pochta aloqasi xizmatlari bozoridagi munosabatlarni tashkil qilishning yangi modeli belgilandi va bosqichma bosqich o`tila boshladi..
Birinchidan, pochta aloqasi xizmatlari pochta va kurerlik xizmatlariga ajratilib, “pochta xizmatlari” va “kurerlik xizmatlari” tushunchalari aniq chegaralandi. Ya’ni, pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta jo‘natmalarini, shuningdek, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha faoliyati pochta xizmatlari deb tariflanib, pochta jo‘natmalari tarkibiga manzili ko‘rsatilgan yozma xat-xabarlar, posilkalar va tegishli o‘rovdagi bosma nashrlar kiritilgan.
Kurerlik xizmatlari sifatida esa pochta aloqasi operatori yoki provayderining kurerlik jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha faoliyati tariflanib, kurerlik jo‘natmalari tarkibiga jo‘natilishi qisqa muddatlarda qo‘ldan-qo‘lga yetkazib berilgan (topshirilgan) holda amalga oshiriladigan pochta varaqchalari, xatlar, banderollar, posilkalar va bosma nashrlar kiritilgan.
Ikkinchidan, “pochta aloqasining universal xizmatlari” tushunchasi aniqlashtirildi va bunday xizmat ko‘rsatilishi qonun bilan kafolatlangan.
Eski tahrirdagi “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonunda pochta aloqasining universal xizmatlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy foydalanishdagi pochta aloqasining yozma xat-xabarlarni jo‘natish bo‘yicha barcha foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlari tushunilar edi. Uning yangi tahririda esa, ushbu tushuncha foydalanuvchilarning tegishli sifatda va arzon narxda universal pochta xizmatidan foydalana olish huquqini ta’minlashga yo‘naltirilgan normalarni qonuniy mustahkamlash uchun, Umumjahon pochta konvensiyasining 3-moddasiga muvofiq bayon etildi. Unga binoan foydalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududida maqbul narxlarda ko‘rsatiladigan va belgilangan talablarga mos keladigan sifatdagi pochta xizmatlari “universal xizmatlar” hisoblanadi.
Ta’kidlash joyizki, universal xizmatlar bilan barcha foydalanuvchilarni teng sharoitlarda, maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadigan sifat darajasida ta’minlash kafolatlandi hamda ularni ko‘rsatish majburiyatini pochta aloqasi milliy operatori zimmasiga yuklash belgilanda.
Yangi tahrirdagi qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan vakolatli organning pochta aloqasi sohasidagi boshqaruvi bo‘yicha funksiyalari ham kengaytirildi. Uning vakolat doirasida pochta to‘lovining davlat belgilari va davlat kolleksiyasini shakllantirish, frankirlash mashinalaridan foydalanish tartibini belgilash kabi yangi vazifalarni amalga oshirish yuklandi.
Shu bilan bir qatorda, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 13-14-moddalariga muvofiq xizmatlar va mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchining majburiyatiga kirishi sababli maxsus vakolatli organning vakolatlaridan “pochta aloqasining texnik vositalarini belgilangan talablarga muvofiqligiga doir sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etish” vazifasi chiqarib tashlandi.
Qonunda pochta aloqasi xizmatlari va ularning turlarini belgilashga qaratilgan “Pochta aloqasi xizmatlari” (9-modda), pochta va kurerlik xizmatlirini ko‘rsatuvchi pochta aloqasi operatorlari va provayderlari uchun asosiy majburiy talablarni belgilaydigan qonunosti hujjati hisoblanadigan pochta va kurerlik xizmatlari ko‘rsatish qoidalarini, shuningdek, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilaydigan Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarini qonuniy mustahkamlash maqsadida “Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari” (10-modda) deb nomlangan yangi moddalar mavjud bo`ldi. Pochta va kurerlik xizmatlari bozori faoliyati hamda rivojlanishi sohasida, huquqiy tartibga solishning ilg‘or jahon tendensiyalarini inobatga olgan holda, qonunning deyarli barcha moddalariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Ta’kidlash joizki, pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilarning javobgarligini qonun bilan himoyalab qo‘yish maqsadida Umumjahon pochta konvensiyasining 23-moddasiga muvofiq ushbu bobga alohida yangi modda (28-modda) kiritilgan bo‘lib, unda pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilar jo‘natilishi taqiqlangan buyumlar va moddalarni pochta hamda kurerlik jo‘natmalariga joylash yoki ular lozim darajada o‘ralmaganligi natijasida pochta aloqasi xizmatlarining boshqa foydalanuvchilariga, pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, qonunga qalbaki pochta to‘lovining davlat belgilarini tayyorlaganlik, sotganlik uchun javobgarlikni ko‘zda tytadigan yangi modda ham kiritildi (29-modda). Unga ko‘ra, qalbaki pochta to‘lovining davlat belgilarini sotish maqsadida tayyorlaganlikda yoki sotganlikda, shuningdek, bila turib frankirlash mashinalarining qalbakilashtirilgan tamg‘a izlaridan foydalanganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. O‘z navbatida, ushbu o‘zgartishning kiritilishi hozirgi kunda dynyo filateliya bozorida pochta aloqasi qalbaki belgilarining sotilayotganligi, ya’ni, qalbaki pochta to‘lovi davlat belgilarining katta miqdorda paydo bo‘lganligi bilan asoslanadi.
Qonunda, pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlar lozim darajada bajarilmagan taqdirda, foydalanuvchi pochta aloqasi operatori yoki provayderiga talabnoma taqdim etish tartibi va muddatlarining batafsil ifoda etilganligi ham ahamiyatga molikdir. Ya’ni, Qonunning 30-moddasiga binoan pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, foydalanuvchi pochta aloqasi operatori yoki provayderiga talabnoma taqdim etishga, jumladan, yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilishga haqli bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi ushbu sohani huquqiy tartibga solishning jahon tajribasidan kelib chiqib, pochta va kurerlik xizmatlari bozori faoliyati va rivojlanish tendensiyalarini, pochta aloqasi sohasida faoliyat yuritishning huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasining bu sohadagi qonunchiligini Umumjahon pochta ittifoqiga a’zo davlatlar qonunchiligi bilan yyg‘ynlashtirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasini 1-prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” gi 2002 yil 30 may, PF-3080-son farmoni2da axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha bir qator vazifalar amalga oshirilishi belgilandi:

  • mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon-telegraf va pochta aloqasi, matbuot tarqatish, ma’lumot uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet, radioaloqa, radio eshittirish va televidenie tarmoqlarini barpo etish, faoliyatini yo‘lga qo‘yish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi strategik ustuvor yo‘nalishlarni ro‘yobga chiqarish;

  • pochta aloqasi tizimi faoliyatini boshqarish, telekommunikatsiyalar va axborot uzatish tarmoqlarini rivojlantirishni davlat tomonidan boshqarish, ushbu sohalarda raqobat muhitini vujudga keltirish, tegishli faoliyat turlarini litsenziyalash;

  • axborot tizimlari, telekommunikatsiyalar va ma’lumot uzatish tarmoqlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun sharoit yaratish;

  • pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash budjetdan tashqari jamg‘armasining nomi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi deb o‘zgartirilsin.

  • budjetdan tashqari jamg‘armaga ma’lumot uzatish tarmoqlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi ustuvor loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash vazifasi yuklansin.

  • Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirilib,2002-2003-o‘quv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, tarmoq texnologiyalari, ko‘chma radiotelefon aloqasi, elektron tijorat va axborot xavfsizligi sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2005-yil 8-iyul, PQ-117-son qarori3da 2010-yilgacha telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, ma’lumotlarni uzatish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning maqsadli yo‘nalishlari, mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash dasturi bo’yicha vazifalar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi 1-prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 21-mart, PQ-1730-son qarorida O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni ta’minlash maqsadida asosiy vazifalar belgilab olindi:
Bular:

  1. Davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar axborot tizimlarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi asosida milliy axborot tizimini shakllantirishni ta’minlash;

  2. Davlat organlarining o‘z funksiyalarini bajarishda tezkorlik va sifatni oshirishga imkon beruvchi faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimlarini yaratish;

  3. Davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng ko‘lamda, shu jumladan, qishloq joularda foydalanishni ta’minlash;

  4. Axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot xavfsizligini ta’minlash tizimlarini rivojlantirish holatini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasining “Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2010-yil 5-yanvardagi 1-son qarorida pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning amal qilishi pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatuvchi «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati, uning mintaqaviy (viloyat) pochta aloqasi tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy pochta aloqasi tashkilotlari deb ataladi), pochta aloqasi ob’ektlari, «Xalqaro pochtamt» ixtisoslashtirilgan filiali tomonidan bajariladigan pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilar ayrim toifalarining pochta jo‘natmalariga tatbiq etilishi takidlab o‘tilgan.
O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 14-dekabr PQ-4921-sonli “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ham pochta aloqasi sohasidagi xizmatlarni tubdan yaxshilashga, aloqa bo`limlarini zamonaviy AKT jihozlari bilan ta’minlash, pochta xizmatlari sifatini oshirish, mijozlarning pochta bo`lgan ehtiyojini oshirishga qaratilgan edi. Bu borada hozirgacha bir qancha ishlar olib borildi, jumladan “O`zbekiston pochtasi” AJda rebrending o`tkazildi, “Avval” to`lov tizimi joriy qilindi va mobil ilovasi taqdim etildi, gibrit pochta xizmati takomillashtirildi, korporativ kompyuterlar tarmog`iga ulanishlar orti, aloqa bo`limlarini xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralari bilan jihozlana boshlandi.
ATB “Aloqabank” bilan birgalikda pochta aloqasining an’anaviy va joriy etilayotgan yangi xizmatlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni jalb qilinib, o‘quv markazini tashkil qilindi hamda 2021-yil yakuniga qadar 2 000 ta, 2022-yilda barcha xodimlarning malakasi oshirilishini ta’minlanishi yo`lga qo`yilgan.

1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XVIII yalpi majlisida “Pochta aloqasi trisida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ma’qullandi. Ushby qonun davlatimizning 1-rahbari tomonidan imzolanib, 2009-yilning 23-aprelida matbuotda e’lon qilingan kundan kuchga kirga.

2 O‘zbekiston Respublikasi 1-prezidentining 2002-yil 30-may “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” gi PF-3080-son farmoni

3 O‘zbekiston Respublikasi 1-prezidentining 2005-yil 8-iyul “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-117-son qarori

Download 59,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish