NGN – yangi avlod tarmog’i.
Yangi avlod tarmog‘i jahon bo‘ylab keng tarqalgan so‘nggi tarmoqarlardan biridir. Bu tarmoq dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan davlatlarning telekommunikatsiya tizimlarida qo‘llanilmoqda.
2002 yilda Shine Telecom ning Shanghai Telecom hamda Alcatelning Alcatel Shanghai Bell kompaniyalari o‘rtasida shartnoma imzolandi va ular birgalikda yangi tarmoq qurish ustida ishlay boshladi. 2003 yilning iyul oyidan boshlab, NGN tarmog‘ini qurish ustida ish boshlandi. NGN (Next Generation Network) dunyodagi France Telecom, Australia Telecom Teltra, Turkish Telecom, WorldCom, Chile Telmex va boshqa kompaniyalarda qo‘llanila boshladi. Alcatel Shanghai Bell, TDM ( Time Division Method) kommutasiya qurilmali strategiyani ishlab chiqdi va PSTN (Public Switched Telephone Network) ni yangi avlod tarmog‘iga tatbiq qildi. NGN ishlash doirasi katta bo‘lib, boshqa tarmoqlarda yuzaga keladigan (arxitekturik) to‘siqlarni yengib o‘tadi. U katta ishonchlilikka egadir. Boshqa tarmoqlardan NGN ga o‘tishning sababi shuki, unda aloqa arxitekturasini o‘zgartirish, xizmat ko‘rsatishni boshqarib yangi pog‘onan: yaratish, telefoniya va axborot texnologiyalarining birlashishi va ochiq protokollardan foydalanish imkoni mavjud.
Bu tarmoq foydalanuvchilarning eng yuqori talablariga javob bera oladigan komponentlardan iborat. Boshqa tarmoqlarda kommutatorlar katta va qo‘pol qurilmalardan iborat bo‘lib, protokollarni ochish imkoniyati yo‘q. NGN da kommutatorlar eng sifatli operatorlardan iborat bo‘ladi va kommutasiya jarayoni har bir operatorga taqsimlab berilgan bo‘ladi. Natijada multivenderlar oralig‘ida yuqori funksional va kamroq narx talab qiladigan kanal hosil bo‘ladi. NGNning asosiy qurilmasi Alcatel kompaniyasining Alcatel 5020 Softswitch dasturiy kommutatori bo‘lib, u Litespan 1540 yordamida ko‘p uzelli stansiyalarga kirishga imkon yaratadi.
Bu sistema telefon signalizatsiya SS7, paketli telefoniya signalizatsiya H.323,SIP (Session Initiation Protocol) va mediashlyuzlarni boshqarish MGCP,H.248 protokollari yordamida ishlaydi. Bu protokollardan foydalanish va transport apparaturasining mavjudligi NGN qurilishining asosiy muvaffaqiyati hisoblanadi. Sistema aniq bir vaqtda qabul qilingan va rad etilgan kiruvchi va chiquvchi chaqiriqlarni, chaqiriqning davomiyligi va boshqa statistik ma’lumotlarni aniqlay oladi. Ma’lumotga ega bo‘lgan server provayder kirish va chiqish chaqiriqlarining xarakteristikasini tuzib, ma’lumotlar almashinuvidagi xatoliklarni topadi va to‘g‘rilaydi. Shuningdek, u xizmat ko‘rsatish darajasi SLA (Service Level Agreement) aniqlab, tarmoqni meyordagidek, ishlashi uchun zarur resurslarni kerakli vaqtda zarur joyda qo‘llay oladi. Alcatel 5020 Softswitch sistemasida o‘rnatilgan SNMP (Simple Network Management Protocol) orqali ko‘p turdagi standart ma’lumotlar bazasini boshqarish ta’minlanadi. Alcatel 5020 Softswitch bir nechta vazifalarni bajaradi. Bunda traffikdan PSTN ga kelayotgan ma’lumotlar to‘planib qolishini kamaytiradi.
Imkoni boricha, Internet traffigini telefon tarmog‘idan ajratib, o‘zining ma’lumot uzatish kanalini hosil qiladi va bu orqali ma’lumot uzatilishi operatorining tarmoq arxitekturasini normallashtirish hamda sistemaning qayta yuklanishining oldini oladi. Shuningdek, bu tarmoqda telefon traffigining tranziti ham mavjud. Bunda telefon operatori paketli tarmoqdan foydalanib, ovozli chaqiriqni shaharlararo va davlatlararo kommutatorlardan chetlab o‘tadi.
Bundan tashqari, NGN da IP(Internet Protocol) telefoniya xizmati ham mavjud. Alcatel 5020 Softswitch telefon xizmatini ikkita IP terminallari orasidagi IP tarmoq orqali yoki IP tarmoq terminalli va abonent orasidagi tarmoq shlyuzi orqali amalga oshiradi. Alcatel 5020 Softswitch sistemasi koorparativ mijozlarga xususiy vertual tarmoqlarni tuzish imkonini beradi. Bu sistema orqali multimedia ma’lumotlarini IP tarmoq yordamida uzatsa bo‘ladi. NGN tarmog‘ini bir nechta texnik xarakteristikalari mavjud. Ular signalizatsiya interfeysi, xizmat ko‘rsatish interfeysi, grafik interfeysidir. Kirish tarmog‘ini zamonaviylashtirishda multiserverli kirish sistemasi Alcatel Litenspan1540 ning yaratilishi tarmoqning eng muhim xususyatini ochib berdi va bu sistema tarmoqning eng asosiy qismi hisoblanadi. Bunda bitta platformada ISDN, HDSL , SHDSL, ADSL va boshqa texnologiyalar yig‘indisi jamlangan bo‘ladi. Alcatel Litenspan1540 ning multiserveridagi bo‘sh Slot ga plata o‘rnatilib, bir yoki bir nechta portlar ulanadi.
Bunga binoan operator bir turdagi kirish infrastrukturasini tuza oladi va shu bilan tarmoq ierarxiyasining har bir pog‘onasida samarali boshqarishga erishiladi. Alcatel Litenspan1540 ning texnologiya prinsipi tarmoq qurilmasiga ulangan tarmoq adapteri ishlab turganda ham boshqa qurilmalarni ulasa bo‘ladigan qilib tuzilgan. Alcatel Litenspan1540 sistemasi axborotlarni uzatish uchun tashqi va ichki mexanizmlarni ishlatadi. Ichki mexanizmlarni ishlatishning bir qancha afzalliklari mavjud, bunda har bir qurilmaga alohida mablag‘ sarf qilinmaydi, ya’ni qurilmalarning barchasi Alcatel Litenspan1540 sistemasida joylashgan bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, talab qilingan joy hajmlarining kamayishiga olib keladi va natijada, sistema ixchamlashadi. Bundan tashqari, Alcatel Litenspan 1540 qurilmasi NGN tarmog‘iga kirish shlyuzi sifatida ishlatilishi mumkin.
Operatorlar aloqa traffigini NGN tarmog‘iga o‘tkazadi va ma’lumotlar oqimi to‘planib aloqa sifati uzilmasligi uchun yangi arxitekturaga o‘tish imkonini beradi. Bunga sabab shuki, VoIP(Voice over IP) texnologiyasi va Alcatel 5020 Softswitch platformasining dasturli kommutatorlari bilan ishlay oladigan interfeys mavjudligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |