Avtomobil yo‟llarining turli satxdagi kesishuvlar elementlariga qo‟yiladigan talablar. Kesishuvlarning chapga burilishlarida, ularning qanday
joylashishidan qat‘iy nazar, qatnov qismining kengligi 5,5 m, o‘ngga burilib tushib
kelish yo‘llarida esa 5 m ga teng deb olinadi. Tushib kelishlarda yo‘l chetining eni
egriliklarning ichki tomonida kamida 1,5m, tashqi tomonida esa 3 m ga teng
bo‘lishi kerak.
Avtomobil yo‟llarining temir yo‟llari bilan kesishuviga qo‟yiladigan talablar . Avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar bilan bir sathda kesishish joylari eng
xavfli hisoblanadi. Ularning kesishuv joylari aloqa yo‘llari vazirligi bilan kelishib
olinadi. Kesishuvlar stantsiya va manevrlar amalga oshiriladigan joylar
chegarasidan tashqarida, kesishadigan yo‘llarning to‘ri uchastkalarida kamida 60
0
burchak ostida qurilishi zarur. I-III toifali yo‘llarning temir yo‘llar bilan
kesishuvini turli sathlarda loyihalash kerak.
Kesishuv hududida yo‘l o‘q chizii rovonlikka qo‘yiladigan talablarni
qondirishi, turli sathlarda kesishishda esa yo‘l o‘tkazgichga kelish yo‘llarining
bo‘ylama nishabliklari 40‰ dan oshmasligi kerak
27-rasm. Yo‘llarning temir yo‘llar bilan kesishuvi.