mansub hujjatlar jamlangan bo’lib, ularda Turkiston viloyatining chegaralari,
ma’muriy tuzilishi va aholisi xususida ma’lumotlar keltiriladi.
Turkiston general-gubernatori mahkamasi fondi (1-f.), Turkiston general-
gubernatori xuzuridagi diplomatik amaldor fondi (2-f.), Buxorodagi Rossiya
siyosiy agentligi fondida (3-f.), Rossiyaning G’arbiy Xitoy, Afg’oniston, Eron,
Xiva va Buxoro bilan diplomatik aloqalariga doir materiallar to’plangan. Hujjatlar
Turkiston o’lkasi va alohida mintaqalarning ma’muriy tuzilishi haqida,
shaharlar
boshqaruvi va shahar nizomining joriy etilishi to’g’risida, madrasa va
masjidlarning miqdori va ahvoli haqida ma’lumot beradi.
Turkiston general-gubernatori mahakamasi fondida, Turkiston rayon
muxofaza bo’limi fondida (461-f.), viloyatlar boshqaruvi, uyezd boshliqlari, sud
orgnalari fondlarida O’rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik harakati o’z aksini
topgan. 1885 yilda Farg’onada, 1910 yilda Buxoroda, 1916 yilda butun Turkiston
o’lkasida ro’y bergan qo’zg’olon va g’alayonlar to’g’risida ma’lumotlar bor.
Sanoatning rivojlanishi, temir yo’llarning qurilishi, qishloq xo’jaligining ahvoli
haqidagi ma’lumotlar
savdo-sanoat shirkatlari, dehqonchilik va davlat mulki
boshqarmasi fondlarida uchraydi. Turkistonning madaniy hayoti, o’quv va
madaniy-oqartuv muassasalari, ilmiy jamiyatlar fondlarida o’z aksini topgan.
Xiva xoni mahkamasi fondi (1874-1917 yy; 125-f) va Buxoro amiri Qushbegiisi
fondida (XIX asrning oxiri-1920 y; 126-f) xonliklarning siyosiy-iqtisodiy ahvoli,
milliy munosabatlar, O’rta Osiyo xalqlarining turmushi va madaniyati to’g’risidagi
ma’lumotlar mavjud.
Fevralp inqilobidan to Oktyabrg’ to’ntarishigacha bo’lgan davr Muvaqqat
hukumatning Turkiston komiteti hamda Ishchi soldat deputatlari O’lka Soveti
fondlarida yoritiladi.
Turkiston ASSR MIK, XKS va xalq komissarliklari fondlarida o’lkada sovet
hokimiyatining o’rnatilishi, istiqlolchilik harakati va fuqarolar urushi, milliy davlat
chegaralanishi va O’zbekiston SSR ning tashkil topishi bilan bog’liq voqyealar o’z
aksini topgan.
O’zR MDA da Buxoro va Xorazm xalq respublikalari markaziy va mahalliy
muassasalarining
hujjatlari
(1920-1924
yy)
saqlanmoqda.
Ular
bu
respublikalardagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy qurilish xususida ma’lumotlar
beradi.
Arxivda O’zbekiston SSR sovetlari syezdlari hujjatlari, O’zSSR MIK va
XKS hujjatlari, boshqa sovet idora va muassasalarining
hujjatlari ham
saqlanmoqda. Bu hujjatlar va undan keyingi davrga mansub hujjatli materiallar
O’zbekistonning butun sovet davridagi hayoti haqida batafsil ma’lumotlar beradi.
O’zR MDAda shaxsiy fondlar ham keng o’rin olgan. Bu yerda P. A. Kobozev, D.
I. Manjara, H. M. Abdullayev, J. I. Abdullaxonov, A. V. Almatinskaya, L. A.
Abdullayev va boshqa qator partiya va davlat arboblari, fan va madaniyat
arboblarining shaxsiy fondlari mavjud.
Markaziy Davlat Arxivida talay arxiv kolleksiyalari ham mavjud bo’lib, ular
orasida XIII-XVI asrlarga mansub vaqf hujjatlari kolleksiyasi diqqatga sazovordir.
Respublika ahamiyatiga molik arxivlardan yana biri – bu O’zbekiston Respublikasi
ilmiy-texnikaviy va medisina hujjatlari markaziy davlat arxivi bo’lib, u 1962 yilda
tashkil
etilgan.
Arxivda
ilmiy-tadqiqot,
loyihalashtirish,
kostruktorlik
muassasalarining hujjatlari saqlanmoqda. Arxiv fondlarida O’zbekistonda turli
davrlarda bunyod etilgan sanoat korxonalari, sug’orish inshootlari, ma’muriy va
grajdan binolarining loyihalari mavjud. Kostruktorlik hujjatlari
esa turli davrlarda
yaratilgan paxta terish, to’qimachilik mashinalari va uskunalari loyihalari va
boshqa grafik materiallardan iboratdir. Mazkur arxivda tibbiyot ilmiy-tekshirish
institutlarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari ham saqlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi 1943
yilda tashkil etilgan. 1959 yilda u O’zbekiston Markaziy Tarix arxivining bir
bo’limiga aylantirildi. 1974 yildan e’tiboran yana mustaqil arxiv sifatida faoliyat
ko’rsatib kelmoqda. Arxivda saqlanayotgan 1917 yildan oldingi davrga taalluqli
fotosuratlarda Turkiston o’lkasidagi milliy-ozodlik va inqilobiy harakatlardan
lavhalar (1898, 1905. 1907 yy), chor Rossiyasi vakillari tomonidan o’lkaning
boshqarilishi, ularning mahalliy aholiga bo’lgan munosabati, sud organlarining
faoliyati, Xiva xonligi va Buxoro amirligining xalqaro aloqalari, musulmonlarning
turmushi va diniy marosimlar o’z aksini topgan.
Sovet davri foto- va kinohujjatlarida O’zbekistonning 74 yil davomida bosib
o’tgan yo’li aks ettirilgan. Fonohujjatlar
esa davlat va jamoat arboblari, fan,
adabiyot va san’at namoyandalari, ishlab chiqarish ilg’orlarining yozib olingan
nutq va intervpyularidan, eski bolpsheviklar, fuqarolar urushi va ikkinchi jahon
urushi qatnashchilarining esdaliklaridan iboratdir. Arxivda mualliflar ijrosida
badiiy asarlar yozib olingan magnit lentalari hamda taniqli san’atkorlar va jamoalar
tomonidan ijro etilgan kuy va qo’shiqlar audiokassetalari saqlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi va uning barcha
viloyatlardagi bo’limlarida sobiq O’zkompartiya va O’zbekiston komsomoli
hujjatlari bilan bir qatorda hozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan
muassasa va
tashkilotlar, jumladan Prezident Devoni, viloyatlar, shahar va tumanlar
hokimliklari, O’z XDP va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hujjatlari
saqlanmoqda.