Idoraviy arxivlar
O’zbekistonning hozirgi zamon arxiv tizimi idoraviy arxivlar, davlat
arxivlari va shaxsiy arxivlardan iborat. O’zbeiston Respublikasida davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qoshida
hujjatlarni vaqtincha saqlash, ulardan xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa
maqsadlarda foydalanish maqsadida idoraviy arxivlar tashkil etilgan. Qonunda
belgilanganidek, zarurat tug’ilganda idoraviy arxiv o’rniga birlashgan idoraviy
yoki idoralararo arxivlar ham tuzilishi mumkin. Idoraviy arxivlarda hujjatlar
vaqtincha saqlanadi. Belgilangan muddatdan so’ng idoraviy arxivlarning hujjatlari
davlat arxiviga topshiriladi. Hujjatlarni idoraviy arxivlarda saqlash, ulardan
foydalanish va o’z vaqtida davlat arxivlariga topshirish uchun mazkur idora yoki
muassasa rahbarlari javobgardirlar. Idoraviy arxivlarning faoliyati, hujjatlarni
idoraviy arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish tartibi “Arxivlar to’g’risida”gi
Qonun va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi tasdiqlagan
nizomlar asosida amalga oshiriladi.
Idoraviy arxivlarda hujjatlar nizomlarda belgilangan muddat davomida
saqlanadi. Bu muddatning qancha davom etishi u yoki bu muassasaning ish
faoliyati xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shahar, tuman va qishloqlar
muassasalarning idoraviy arxivlarda hujjatlar 5 yil davomida saqlanadi. Viloyat
muassasalari va tashkilotlari hujjatlari ularning arxivlarida 10 yil davomida
saqlanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi oliy davlat va hokimiyat boshqaruv
organlarining hujjatlari idoraviy arxivlarda 15 yil davomida saqlanadi. Tashqi
ishlar vazirligi hujjatlari 30 yil davomida, fuqarolik holatlarini qayd etish (ZAGS)
hujjatlari esa 75 yil davomida idoraviy arxivlarda saqlanishi nazarda tutilgan.
Mavjud nizomlarga binoan shaxsiy tarkibga doir hujjatlar idoraviy arxivlarda 40
yil davomida saqlanishi kerak
1
.
Idoraviy arxivlar davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib boruvchi
asosiy manbadir.
Respublikamizda o’tgan davrlarda shakllangan va o’z
samaradorligini amalda isbotlagan arxiv tizimi asosan saqlanib qoldi. Bu urushdan
keyin shakllanib, asosan davlat arxivlari, idoraviy arxivlar va shaxsiy arxivlarni o’z
ichiga olgan tizimdir. Mustaqillik yillarida faqatgina sobiq partiya (KPSS) arxivlari
qayta tuzildi. Toshkentdagi sobiq O’zkompartiya Markaziy Komiteti arxivi va
viloyatlar partiya komitetlari arxivlari negizida Prezident Devoni arxivi va uning
viloyatlardagi bo’limlari tashkil etildi. Mustaqillik yillarida respublika arxivlari
faoliyatida chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Eng avvalo 1999 15 aprelda
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Arxivlar
to’g’risida”gi Qonunni eslab o’tish joizdir. Bu qonun arxivlar faoliyatining
huquqiy negizidir. Mazkur qonunda Dalvat arxiv fondi, hujjatlariga bo’lgan
mulkdorlik, hujjatlarni saqlash tartibi, davlat arxivlarini moliyalash, arxivlarni
yangi hujjatlar bilan to’ldirish, hujjatlardan foydalanish kabi masalalar o’z
yechimini topgan. Qonunda O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon arxiv
tizimi o’z aksini topdi.
1
X.A.Buriyeva, A YO.Nazarov, B.B.Abbasov
–“
Arxivishinazariyasi va amaliyoti
”. T:. 2020.
Do'stlaringiz bilan baham: |