27
O„quv filmlar.
O‗quv filmi muayyan fan bo‗yicha o‗quvchiga tushunish qiyin bo‗lgan
mavzu va materiallarni videolavhalar asosida tushuntirishga harakat qilinadi. Shu
bilan o‗quv filmlari o‗quvchining bilim olish jarayonini osonlashtirib, o‗qituvchi
ishini esa yengillashtiradi.
Ma‟lumotnomalar.
Ma‘lumotnomalarni elektron va an‘anaviy darslikni to‗ldiruvchi sifatida
qarash mumkin. Ma‘lumotnomalar lug‗atlar, prezentatsiyalar va boshqa shakllarda
tayyorlanadi. Ular asosan ma‘lum fan bo‗yicha qisqa, lo‗nda ta‘riflar va izohlar
ko‗rinishidagi materiallardan tashkil topgan. Ma‘lumotnomalar ham multimedia
(matn, tasvir, audio, video) materiallarini o‗zida mujassam etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: