Tuzuvchilar:
t.f.n. Akbaraliyev B.B.
ass. Yusupova Z.Dj.
Taqrizchilar: prof.,t.f.d. Yaqubov M.C.
dotsent,t.f.n. Xudayberdiyev M.X.
Uslubiy ko„rsatma Axborot texnologiyalarining dasturiy ta‟minoti
kafedrasining 2012 yil 4 dekabrida o„tkazilgan majlisida ko„rilgan va
tasdiqlangan.
Dasturiy injiniring fakulteti ilmiy-uslubiy kengashi ruxsati bilan chop etildi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2013 yil
3
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………..........
TASHKILIY-USLUBIY KO„RSATMALAR……………………………...
4
5
1-laboratoriya ishi. MA‟LUMOTLARNING ODDIY SOZLANGAN
TOIFALARI…………...…………………………………………………… 7
2-laboratoriya ishi. YARIMSTATIK MA‟LUMOTLAR TUZILMASI…... 33
3-laboratoriya ishi. DINAMIK MA‟LUMOTLAR TUZILMASINI
TADQIQ QILISH…………………...…………...………………………… 47
4-laboratoriya ishi. DARAXTSIMON TUZILMALAR……………..……
63
5-laboratoriya ishi. QIDIRUV USULLARINI TADQIQ QILISH………… 95
6-tajriba ishi. MA‟LUMOTLARNI SARALASH USULLARI.................... 111
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………... 126
4
KIRISH
Ushbu uslubiy ko„rsatma “Informatika va axborot texnologiyalari (sohalar
bo„yicha)” yo„nalishi 2-bosqich talabalari uchun mo„ljallangan bo„lib,
“Ma‟lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanidan bilim, malaka va ko„nikmalarini
oshirishda hamda tajriba ishlarini bajarishda foydalanilishi mumkin. Uslubiy
ko„rsatma 6 ta tajriba ishi va foydalanilgan adabiyotlar ro„yhatidan tashkil topgan.
1-tajriba ishida C++ tilida ma‟lumotlarning oddiy sozlangan va keltirilgan
toifalari haqida va ularga oid misollar keltirilgan.
2-tajriba ishida yarimstatik ma‟lumotlar tuzilmasi navbat, stek va dek haqida
qisqacha nazariy bilimlar va ularni C++ tilida e‟lon qilish, ular ustida amallar
bajarishga oid misollar keltirilgan.
3-tajriba ishida dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi, ya‟ni, bir bog„lamli
ro„yhatlar, ularni e‟lon qilish va ustida amallar bajarishga oid misollar va
algoritmlarga mo„ljallangan.
4-tajriba ishida daraxtsimon ma‟lumotlar tuzilmasi, binar daraxtlar va ularni
e‟lon qilish, uni ustida amal bajarish algoritmlari va misol uchun dastur kodlari
keltirilgan.
5-tajriba ishida tuzilmadan biror kalit bo„yicha elementni qidirish usullari va
qidiruvni optimallashtirish yo„llari va algoritmlar misollar bilan taqdim etiladi.
6-tajriba ishida tuzilmalarni saralash usullaridan ayrimlarining algoritmlari
va misollar keltirilgan.
Har bir tajriba ishi oxirida shu mavzuga oid talabalar uchun topshiriq
variantlari va topshiriqni bajarishga namuna, unda esa variantlarga o„xshash
bo„lgan bitta misolning to„liq dasturi berilgan.
Uslubiy ko„rsatma oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro„yhati keltirilgan.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |