Server unumdorligi Birinchi tarmoq operatsion tizimlari uchun unumdorlik fayl va printerlarni umumiy ishlata olish qobilyati bilan baholangan. Server-foydalanuvchi tizimlar rivojlanishi bilan operatsion tizimlar server dasturlarini ishlata olishi va protsessorlar sonini oshirish orqali uning ish unumdorligi ko‘tarish bilan baholanadi. Windows 2008 R2 ko‘p yo‘nalishli operatsion tizim bo‘lganligi uchun fayylar tizimi,chop qilish va internetda eng yuqori samaradorlikni namoyon qiladi.
Windows 2008 R2 OTda ko’p protokolli marshrutlash Global tarmoq qurilishini marshrutizatsiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmas edi. Ularni amalga oshirish uchun marshrutizator qurilmalaridan , har hil tarmoqlarniva topologyalarni (masalan Ethernet va TokenRing) birlashtirish uchun ham ishlatiladi. Marshrutizatorlar jo‘natilayotgan paketdagi adressni tekshirib ko‘radi va shunga qarab eng optimal yo‘l bo‘ylab paketni jo‘natadi. Ko‘p protokolli marshrutizatsiyalash (MultiprotocolRouting - MPR) Windows 2008 R2 da ham mavjud.