Mavzu: Yoritish sistemalari, o’quv axborotlarini tutuvchi vositalar, namoish diopazitivlarining didaktik imkoniyatlari
Reja:
Yoritish sistemalari haqida tushuncha.
Yorug‘likni meyorlashtirish
Sun‘iy yorug‘lik
Elektrotexnika (elektro... va texnika) — fan va texnikaning energiyani oʻzgartirish, materiallar ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish, axborotlarni uzatish va boshqalar masalalarni amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi sohasi.
Elektr va magnetizm haqidagi bilimlarning rivojlanishi E.ning yaratilishiga olib keldi. 17—18-asrlarda chex fizigi P. Divish, rus fizigi G.V. Rixman, M.V. Lomonosov, Sh.O. Kulon va boshqalar ning ishlari elektr hodisalarini tadqiq qilishga bagʻishlandi. Birinchi uzluksiz tok manbai — volʼt ustuni, keyinchalik ancha mukammal galvanik elementlarning paydo boʻlishi E.ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. 19-asrning birinchi yarmida elektr tokiga bogʻliq boʻlgan kimyoviy, issiqlik, yorugʻlik va magnit hodisalariga doir koʻpgina tadqiqot ishlari oʻtkazildi. Shu davrda elektrodinamikaga asos solindi, elektr zanjirining muhim qonuni — Om konuni kashf qilindi. Telegrafiya, harbiy ish, elektr oʻlchash ishlarida bu sohadagi yutuqlardan ayniqsa keng foydalaniddi. Elektromagnit induksiyaning kashf etilishi elektr mashinalari — dvigatel va generator yaratilishiga sabab boʻldi.
19-asrning 70yillari oxirida J.K. Maksvellnkng ishlari elektromagnit maydon taʼlimotiga asos soldi. 80-y.larda oʻzgarmas tok asosida ishlaydigan elektr mashinalari hozirgi zamon mashinalari shaklini oldi. Elektr mashina generatorlari bilan bir vaqgda kimyoviy tok manbalari ham rivojlantirila bordi. Bu sohada qoʻrgʻoshin akqumulyatori yaratildi (fransuz fizigi G. Plante, 1859) va rivojlantirildi.
E.ning keyingi taraqqiyoti E. sanoatining paydo boʻlishi va elektr yorugʻligidan keng foydalanish bilan bogʻliq boʻldi. Elektr yoritish manbalarining yaratilishi va
ishlatilishida qoʻlga kiritilgan yutuklar yorugʻlik texnikasining rivojlanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Elektr yorugʻliganing keng joriy qilinishi elektr energiyasi sistemasining yaratilishiga olib keldi. Elektr toki metall nusxalar koʻchirish va metall qoplash sohasida ham qoʻllanila boshladi (q. Galvanotexnika).
19-asrning 70—80-y.larida elektr energiyaning masofalarga uzatilishi masalasi hal qilinganidan keyingina elektr energiyasidan amalda keng foydalanishga imkon tugʻildi.
E.ning hozirgi taraqqiyoti bosqichiga asos solgan ixtirolar qatoriga M.O. Dolivo- Dobrovolskiy yaratgan uch fazali tok transformatori, uch fazali generator va dvigatel hamda uch fazali tok sistemalarini kiritish mumkin. Elektr energiyasiga boʻlgan talabning quchayishi kuchli elektr st-yalari va elektr tarmoqlari qurilishiga, yangi elektr energetika sistemalarini yaratish va eskilarni qayta tiklashga sabab boʻddi. E. qurilmalarining takomillashishi yuqori quchlanish elektr zanjirlari texnikasi va nazariyasining , elektr mashinalari, elektr yuritmalari nazariyasi kabi ilmiy sohalarning shakllanishiga yordam berdi. E. yutuqlari radiotexnika, elektronika, telemexanika, avtomatika, hisoblash texnikasi va kibernetikatlsh rivojlanishiga olib keddi.
E.ning muhim boʻlimlaridan biri — elektromexanika energiyaning oʻzgarishi bilan bogʻliq masalalarni oʻz ichiga oladi.
Murakkab elektr energetika sistemalarini optimal boshqarish va ularning chvdamliligini oshirish usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bu masalalarning hal qilinishi modellash va ehtimollar nazariyasidan foydalanishga asoslangan. E.ning yana bir muhim yoʻnalishlaridan biri — xossalari oldindan belgilanadigan murakkab elektromagnit maydonlarini yaratishdan iborat. Intensivligi yuqori boʻlgan impuls maydonlarini oʻrganish katta amaliy ahamiyatga ega (q. Impulslar texnikasi). Bu sohadagi ishlar natijasidan oʻta kuchli elektr transformatorlari va elektr reaktorlari yaratishda foydalaniladi.
Ish joylarining yoritilishi asosan kuyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi: Ishlab chiqarishda yoritilishning turlari va sistemalari.
Ma‘lumki, tabiiy yorug‘lik manbai kuyoshdir. Sun‘iy yorug‘lik manbai esa elektr energiyasi bulib, u chuglanma lampalari va lyuminessent lampalar orqali amalga oshiriladi. Tabiiy yorug‘lik binoning yon tomonidan (derazalardan), yukoridan (bunda yorug‘lik shedler yoki zenit fonarlari orqali) va kombinatsiyalashtirilgan, ya‘ni yukoridan xam yon tarafdagi derazalar orqali yoritiladi.
Sexlar kunduz kuni odamga yokimli va foydali bo‘lgan tabiiy yorug‘lik bilan yoritilishiga aloxida axamiyat berish kerak.
Korxonalarda ish ikki, uch smenali yoki sexlarning ulchamlari katta bo‘lganda to‘qimachilik korxonalariga xos sun‘iy yoritish qo‘llaniladi, chunki bunday katta sexlarda tabiiy yorug‘lik bilan bo‘tun sex bo‘yicha yetarli va bir tekis yoritilishni ta‘minlash mumkin emas.
Sun‘iy yorug‘lik umumiy (bo‘tun sex bo‘yicha), maxalliy yorug‘lik esa fakat ish joyida, aralash yoki umumiy yorug‘lik bilan maxalliy yorug‘lik birga qo‘llaniladi. Shuni ta‘kidlash kerakki, maxalliy yorug‘lik aloxida, yakka uzi xech maxal qo‘llanilmaydi.
Agarda bir xil yorug‘lik okimi beruvchi lampalar sex bazasi bo‘yicha bir tekis o‘rnatilgan bulsa, buni teng taksimlangan umumiy yorug‘lik deyiladi. Agarda lampalarning o‘rnatilishiga yorug‘lik okimi kuprok ish joylariga yoki boshka zarur uchastkalarga yunaltirib o‘rnatilsa, buni umumiy lokallashtirilgan yorug‘lik deb ataladi.
Sun‘iy yorug‘lik uzining vazifasi bo‘yicha ish yorug‘ligi - ya‘ni korxonada texnologik jarayonni normal borishi uchun zarur bo‘lgan yorug‘lik, avariya xodisalari vaqtida ishlatiladigan yorug‘lik va maxsus yorug‘likka bulinadi.
Avariya xodisalari uchun ishlatiladigan yorug‘lik ishchilarni evakuatsiya qilish va ayrim xollarda muxim uchastkalarda ishni davom ettirish uchun ishlatiladi. Bular shunday xollarki, ish yoritkichi uchsa, portlash, yong‘in, jaroxatlar sodir bo‘lishi va texnologik jarayon uzoq muddatga ishdan chiqishi mumkin. Bunday xollardagi (ya‘ni avariya rejimidagi) yoritilganlik ish yorug‘ligining meyorlaridan 5%, shu bilan birga sexlarda va xonalarda 2 lk dan va tashkarida 1 lk dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ishchilarni evakuatsiya qilishga mo‘ljallangan yoritilganlik xonalarda kamida 0,5 lk, tashkarida 0,2 lk dan kam bo‘lmasligi (ayniksa zinalarda va yo‘laklarda) shart. Buning uchun chuglanma lampalari va lyuminessent lampalar ishlatilishi mumkin. Avariya xodisalari uchun ishlatiladigan yorug‘lik sistemasi aloxida manba‘dan ta‘minlanishi kerak.
Maxsus yorug‘lik turiga nurlantirish maksadida ishlatiladigan yorug‘lik kiradi. Bu yorug‘lik eritem nurlanishi, ya‘ni ishchilarni maxsus xona - fotariylarda yoki labirint koridorlaridan o‘tkazilib ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish. Bu ayniksa xozirgi paytda keng qo‘llanilayotgan, fakat sun‘iy yorug‘lik bilan yoritiladigan sex ishchilari uchun zarurdir. Ma‘lumki, bo‘tun ish kuni davomida ular kuyosh no‘rini kurmaydilar va organizmlarda ultrabinafsha nurlarga muxtojlik ortadi. Yana bir nurlanish turi bo‘lgan bakteritsid nurlanishi esa, suv va havoni sterillash maksadida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |