Informatsion audiovizual tizimlari
Ushbu mavzu ekranga tasvir tushintirish statik va dinamik texnik vositalarining, ovoz beruvchi vositalarning o‘quv jarayonidagi rolini, ekranga nur yordamida tasvir tushirish usullarini hamda statik va dinamik proektsiyalash vositalarining didaktik imkoniyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan.
Statik proektsiyalash texnik vositalari deb nur yordamida ekranga qo‘zg‘almas tasvir tushiruvchi informatsiya vositalari va apparatlari majmuasiga aytiladi. Statik Ta‘lim texnik vositalarining sinflanishi proektsiya texnik vositalari o‘qitish jarayonida eng ko‘p qo‘llanadigan va eng qulay texnik vositalardan hisoblanadi. Ular yordamida o‘qituvchi tasvirni tushuntirish uchun ekranda kerakli vaqt mobaynida ushlab turishi mumkin.
Dinamik proektsiyaning o‘qitish jarayonidagi eng muhim didaktik roli tasvirlarning harakatlanishidir. Dinamik proektsiya ob‘ekt va xodisalarning rivojlanish va o‘zgarish jarayonini harakatda kuzatishga imkon beradi.
Statik proektsiya asoslari
Proektsiyalash harakatsiz yoki harakatdagi tasvirni nur yordamida ekranda mavjud qilishdir. Ekranda harakatsiz tasvirni hosil qilishga statik proektsiya, harakatli tasvir hosil qilish esa dinamik proektsiya deyiladi. Amalda statik va dinamik proektsiya o‘qitish jarayonida asosiy qo‘llanma vazifasini bajaradi.
Yorug‘lik manbai va optik tizim yordamida biror ob‘ektning tasvirini ekranda hosil qilish yorug‘lik proektsiyasi deb ataladi. Ta‘limning statik vositalariga diafilmlar, kodoposobiyalar (transporantlar) kiradi. Statik proektsiyaning texnik vositalari nur yordamida ta‘lim statik vositalari tasvirini ekranga tushirishga xizmat qiladi.
Ekranga nur yordamida statik tasvir tushirishning ikki turi mavjud. Ular diaproektsiya va epiproektsiyalardir.
Diaproektsiyada tasvir nur oqimining shaffof ob‘ekti (plyonka, oyna)dagi rasmdan o‘tib ekranga kattalashib tushishidan hosil bo‘ladi. Diaproektsiyada proektsion lampa 2 ning (1-rasm) nur oqimi hamda qaytargich 1 dan qisman qaytgach, nur oqimi kondensor 3 orqali to‘planib, kadrlar darchasi 4 ga yo‘naltiriladi. Nur oqimi kadrlar darchasiga joylashgan shaffof ob‘ektdagi tasvirdan o‘tib ob‘ektiv 5 ga tushadi. Tasvir ekranga ob‘ektiv orqali kattalashtirilib tushiriladi.
Diaproektsiyaga asoslangan qurilmalr diaproektor deb ataladi.
Diaproektsiyaning alohida turkumoaridan biri krdoproektsiya hisoblanadi. Kodoproektsiyada (2-rasm) lampa 2 hamda reflektordan qaytgan nur oqimlari kondensor 3 orqali yig‘ilib film darchasi 8 da joylashgan shaffof plyonkadagi tasvirga vertikal yo‘naltiriladi.
Nur oqimi shaffof plyonkadan o‘tib, ob‘ektiv (5) ga, so‘ngra ko‘zgu (7) ga tushadi. Kuzgu nur yo‘lini o‘zgartirib, uni ekranga yo‘naltiradi.
Kodoproektsiyaga asoslangan qurilmalar kodoskop va grafoproektor deb ataladi. Epiproektsiyada tasvir nur oqimining xira, nur o‘tkazmaydigan ob‘ekt (qog‘oz, jurnal, fotoqog‘ozlar)dagi rasmdan qaytib ekranga tushishidan hosil bo‘ladi. Epiproektsiyada (3-rasm) proektsion lampa 2 hamda qisman reflektordan qaytgan nur oqimlari kondensor 3 yordamida yig‘ilib xira ob‘ekt 10 dagi tasvirga tushadi. Tasvirdan qaytgan nur oqimining bir qismi ko‘zgu 7 yordamida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, ob‘ektiv 5 orqali ekranga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |