Mavzu:O'qitish modellarining asosiy konsepsiyalari. Reja.
1.Bilish -ta'lim jarayonini metodalogik asosidir. 2.Ta'limning mazmuni.
3.Didaktika haqida umumiy tushuncha.
Bilish - ta'lim jarayoninig metodologik asosidir
Bilish jarayoni kabi ta'lim jarayonida ham o'quvchi bilmaslikdan bilishga, noto'g‘ri va noaniq bilishdan toboro to'liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tadi.Bu jarayonda hissiy idrok etish ham abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko'rish ham bo'ladi.
Muayyan fan va hodisalar ob'ektiv dunyoni bilish jarayonidan o'rganiladi va ularning tashqi, ichki mohiyatini o'zlashtirish jarayonida omillar aniqlanadi. Mushohada, tasavvur va abstrakt tafakkurga asoslanib faktlar umumlashtiriladi va ilmiy hulosalar chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar va kategoriyalar yaratiladi.
Bilish ikki pallaga- nazariya va amaliyotga bulinadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har hil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va boshqalar. Nazariyada g‘oya shakllanadi.
Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko'rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba o'zgartirish, yaratish - bular amaliyot shakllariga kiradi.
Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo'lib hizmat qiladi.
Ilmiy bilishning vazifasi hodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochishdan iborat emas, balki biror bir qonunning qay tariqa namoyon bo'lish sabablarini ko'rsatib berishdan iborat.
Ilmiy omil ilmiy bilishning elementi bo'lib kuzatish, tajriba asosida qo'lga kiritiladi, omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat uchun ahamiyati ham bo'lmaydi. Shuning uchun ilmiy bilimning, fanning asosiy maqsadida omllar asosida yotgan umumiy bog‘lanishlarni, qonuniyatlarni topish, ularning mohiyatini bilishdadir.
Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak - atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarni sezgi organlarimizga ta'sir etuvchi ayrim sifatlarning ongimizda aks etishidir. Sezgilar - odam haqidagi barcha bilimlarimizning manbaidir. Ammo ilmiy asosda bilishda, masalan olimning bilishi bilan o'quvchining bilish faoliyati o'rtasida umumiylik bo'lsa ham lekin, ular bir-biridan farq qiladi.
Nazariy bilim negizida talabalarda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin. Bu bosqichlarni quyidagicha ko‘rinishini 4 - rasmda ko‘rsatib o‘tamiz .
Назарий билим негизида амалий ва малакаларнинг шаклланиш босқичлари.
Муайян қоидалар шакллан тирилади, ўзлаштирилган назарий ва амалий билимлар хотирада қайта тикланади.
Харакат тезлиги
нинг ошишига салбий таъсир этаѐтган омиллар, бошланғич хатолар бартараф этилади.
Харакат мохиятини амалий жихатдан ызлашти
риш, дастлабки малакаларни қарор топиши рўй беради.
Муста
қил ва тизимли равишда тезкор бажариладиган фаолият шаклланади ва у такомил лашиб боради.
Муайян харакат ларни бажариш тартиби хақида назарий билимлар берилади, амалий харакат намойиш 1-босқич 2-босқич 3-босқич 4-босқич 5-босқич
Кўникманинг шаклланиши. Малаканинг шаклланиши.
Bilim olish darajalarini biz quyidagi bosqichlarda ko'rsatib o'tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |