O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Zamonaviy axborot o‘qitish muxitlari tushunchasi va pedagogik moxiyati



Download 179,22 Kb.
bet79/99
Sana02.07.2021
Hajmi179,22 Kb.
#107006
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   99
Bog'liq
Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunika

Zamonaviy axborot o‘qitish muxitlari tushunchasi va pedagogik moxiyati Yuqori sifatdagi va yuqori texnologik axborot-o‗qitish muxitini yaratish, asosan, ta‘lim tizimining texnologik bazasini tubdan modernizatsiyalash, postindustrial jamiyat talablariga javob beradigan ochiq ta‘lim tizimiga o‗tish imkoniyatini yaratadigan etarlicha murakkab bo‗lgan texnik masala sifatida ko‗riladi. SHu bilan birga, axborot ta‘lim muxitini yaratish faqat texnik masala emasligini inkor etib bo‗lmaydi. Uni yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish uchun barcha ta‘lim tizimining ilmiy-uslubiy, tashkiliy va pedagogik potensialini to‗liq ishga solish kerak bo‗ladi. SHu munsabatda, zamonaviy axborot-ta‘lim muxiti ishlatilayotgan sharoitda pedagogika munosabatlarini xam xisobga olmoq lozim.

―Axborot – ta‘lim muxiti‖ tushunchasini ta‘riflashga bo‗lgan qanday yondoshishlar mavjud?

Keng ma‘noda ta‘lim muxiti ijtimoiy-madaniy muxit podsistemasidir, tarixdan kelib chiqqansituatsiya, faktlar to‗plamidir. Bu tushuncha maxsus tashkil etilgan, shaxs rivojlanishiga qaratilgan pedagogik shart-sharoitlar birligi bilan ifodalanadi.

Axborot-ta‘lim muxiti ta‘riflari to‗plamining taxlilidan shu xulosaga kelish mumkinki, bu axborot, texnik, o‗quv-uslubiy podsistemalar jamlanmasi bo‗lib o‗quv jarayoni va uning qatnashchilarini ta‘minlashga maqsadli qaratilgandir. Bir qator tadqiqotchilar ijtimoiy-madaniy muxit sifatida odam rivojlanishi va ta‘lim olishni belgilovchi asosiy faktorlar sistemasini tushunishadi:



  • Ta‘lim jarayoniga ta‘sir o‗tkazuvchi shaxslar;

  • Mamlakatdagi ijtimoiy-madaniy muxit ( bunda pedagogik madaniyat xam kiradi);

  • Ommaviy axborot vositalari;

  • Tasodifiy voqealar;

G.YU.Belyaev keltirgan belgilarni asosiy xisoblab ta‘lim muxitini tipologik belgilarini ta‘riflaymiz:



  1. Ixtiyoriy darajadagi ta‘lim muxiti tizimidan kelib chiqqan murakkab tarkibli ob‘ektdir.

  2. Ta‘lim muxitining butunligi, tizim, effekti etishishlik sinonimi bo‗lib bunda uzluksiz ta‘lim darajasida o‗qitish va tarbiyalashdan iborat kompleks amalga oshirish nazarda tutiladi.

  3. Ta‘lim muxiti ma‘lum bir ijtimoiy xamjamiyat bo‗lib unda insonni dunyoga ijtimoiy-madaniy adaptatsiyasi orqali odamlarni bir-biriga munosabatini rivojlanadi.

  4. Ta‘lim muxiti, xar xil sifatdagi ayrim xollarda bir birini inkor etuvchi sifatlarga ega lokal muxitlar turlarini shakllovchi keng spektrdagi modullikka egadir.

  5. Maqsadli – baxolashli rejalashda ta‘lim muxitlari ijobiy xamda salbiy tavsiflardan iborat tarbiyaviy effekt beradi, tarbiya yo‗nalishi ta‘lim jarayonining umumiy mazmunidan kelib chiqib maqsadli buyurtiriladi.

  6. Ta‘lim muxiti nafaqat ta‘lim berish sharoiti, balki o‗qitish va tarbiyalash vositasi xam bo‗ladi.

  7. Ta‘lim muxiti, pedagogik ta‘sir, tendensiyalari, bosh shart-sharoitlaridan koordinata sistemasini tashkil etuvchi ijtimoiy, predmetli va psixologo-didaktik komponentlarning dialektik o‗zaro ta‘sir jarayoni bo‗lmoqda.

  8. Ta‘lim muxiti, o‗quv situatsiyadan xayotga o‗tish davrida shaxsiy faoliyatni shakllantiradi.

Bevosita AO‗M (axborot o‗qitish muxiti) tushunchaga ta‘rif berilayotganda mavjud bo‗lgan xar xil yondoshishlarni ko‗rib chiqamiz.

AO‗M sifatida quyidagilar tushuniladi:



  • Ta‘lim jarayoni sub‘ekti sifatida inson bilan uzluksiz bog‗liq bo‗lgan axborot- texnik, o‗quv-uslubiy ta‘limotning tizimli tartibga solingan to‗plamiga aytiladi;

  • Antroposofik regevant bo‗lgan, o‗quvchi va o‗qituvchining talantlari va ijodiy potensiallarini ochishga mo‗ljallangan axborot anturajiga aytiladi.

  • axborotni an‘anaviy va elektron tashuvchilarga uyg‗unlashtirish yo‗li bilan qurilgan, virtual bibliotekalarni, taqsimlangan ma‘lumotlar bazalarini, o‗quv- uslubiy majmualarni va didaktikaning kengaytirilgan apparatini o‗z tartibiga olgan yagona axborot-ta‘lim fazasiga aytiladi.

Xattoki, shu ta‘riflarda xam, axborot-o‗qitish muxiti kabi murakkab xodisaning mazmun va moxiyati xaqidagi xilma-xil fikrlarni kuzatish mumkin. SHu kabi murakkab xodisalarni tushunish va ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish uchun bu jarayonni formagizatsiya qilib matematik modeli yoki xodisani ta‘riflovchi modellarni ishlab chiqish lozim. Kunduzgi o‗qish shakli bo‗yicha o‗tiladigan o‗quv jarayoni, va misol sifatida Internet-ta‘lim orqali beriladigan o‗qitish jarayoni bitta nazariy model bilan beriladi. Xaqiqatda xam nazariy model, sodir etiladigan muxitga mos (invariant) xolda pedagogik jarayonni ta‘riflashi mumkin. Agarda uni xar xil ta‘lim tizimida ko‗riladigan bo‗lsa, Platon davridagi parapetiklar maktabi (bilim o‗qituvchidan o‗quvchiga bog‗da sayr qilinayotganda beriladi); auditoriya va ma‘ruza zallari bor zamonaviy universitet; virtual universitet – bundan xulosa qilish mumkinki, xar bir tizimdagi pedagogik jarayonlar bir xil elementlar bilan tavsiflanadi: kim o‗qitadi, kimni o‗qitishadi, nima yordamida va qanday o‗qitishadi. Bu pedagogik tizim ―barcha davrlarga‖ mos bo‗lib ixtiyoriy pedagogik jarayonlarni taxlil etishga loyiqdir. Axborot-ta‘lim muxiti – yangi darajadagi pedagogik tizimdir. AO‗M ni shunga o‗xshash ta‘riflari mavjud. Ushbu yo‗nalishning bir variantini quyidagidek keltiramiz: ―Axborot ta‘lim muxiti – pedagogik tizim va uning ta‘limotidan iborat, ya‘ni, moddiy-texnik, moliya- iqtisodiy, me‘yor-xuquqiy, boshqaruv va marketing tizim ostilaridir. Nazariy jixatdan butun AO‗M ning negizi aynan pedagogik tizimdan iboratdir. AO‗M deb ataluvchi yangi tuzilmadagi pedagogik jarayonlarni tadqiq etuvchi pedagogika fanining yangi yo‗nalishi xaqida gapirish mumkin. SHunday yangi yo‗nalishni biz, shartli ravishda ―Elektron pedagogika‖ deb ataymiz. Internet tarmog‗idagi o‗quv muassasasining virtual vakolatxonasidagi AO‗M da o‗quv jarayonini tashkil etuvchi qismlarini ko‗rib chiqamiz.

Download 179,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish