O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Atamalarning talaffuzi.Nutqning sofligi, nutq madaniyati



Download 179,22 Kb.
bet43/99
Sana02.07.2021
Hajmi179,22 Kb.
#107006
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
Bog'liq
Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunika

Atamalarning talaffuzi.Nutqning sofligi, nutq madaniyati .


Tarbiya - ma'naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o'qituvchining o'quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqotidir.

Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:



  1. Talabaning qaysi hislatini shakllantirish yoki yo'qotish maqsadida rejalashtiriladi.

  2. Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo'qotish uchun hizmat qiluvchi manbalarni izlab topiladi.

V) Belgilangan maqsad uchun hizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi.

Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta'lim-tarbiya tizimi, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.

Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti-harakatini sekin-

asta ko'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas'uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarning yosh hususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma'naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo'lgan munosabat muhim rol o'ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini ko'rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So'ng sekin-asta qilayotgan ishlarining mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to'g‘ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma'naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga ega.

Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq.

Metod - yunoncha atama bo'lib - aynan nimagadir yo'l, usul orqali maqsadga erishish yo'lini bildiradi. Metod, ya'ni usul ahborotni uzatish va qabul qilish harakteriga qarab:



  1. So'z orqali ifodalash usuli.

  2. Ko'rgazmalilik usuli.

  3. Amaliy, namuna usuli.

  4. Rag‘batlantirish va jazo usuli.

Yuqoridagi metodlar (usullar) o'z navbatida quyidagi guruhchalarga bo'linadi: Birinchi guruh - so'z orqali uzatish, maslahat berish, ma'lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqa usullarga;

Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san'at, badiiy san'at va boshqa ko'rish orqali tarbiyalash usullariga;

Uchinchi guruh - tarbiya ma'lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish. o'rnak ko'rsatish, boshqalarni amaliy mehnatini misol qilib ko'rsatish;

To'rtinchi guruh - o'quvchi-talabalarning yahshi bajargan ishlarini, o'rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisida ma'qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maqtov yorliqlari topshirish. Suratlarini hurmat tahtachasiga yopishtirish va boshqa og‘zaki, ‖rahmat‖, ‖barakalla‖ kabi rag‘batlantirish usullarini kiritish mumkin.

Tarbiyachining rag‘batlantirish usuli ikkiga bo'linadi:


  1. Siz buyurgan ishga burch va mas'uliyat bilan yondashganligini rag‘batlantirish.

  2. Siz buyurgan ishga qiziqishini va uni uddalay olganligini rag‘batlantirish. Masalan: Bugun ishdan kech qaytishingizni aytib, farzandingizga ish buyurdingiz. Farzandingiz siz buyurgan ishni bajarib qo'ydi. U siz buyurgan ishga burch va mas'uliyat bilan yondoshdi. Siz farzandingizdagi bu ijobiy o'zgarishga befarq bo'lmay, qolgan farzandlaringizga bo'lgan mehringizni suiste'mol qilmagan holda, uni suyib, elkalariga qoqib,yoki peshonasidan o'pib qeyingi, bu harakatingiz qolgan farzandlaringizni ham tarbiyalasin. Ularni mustaqil yumush qilishga undasin. Bu holatdan keyin farzandlaringiz o'zini sizga nihoyatda kerakligini sezadi. Oilaga yordami tekkanligidan mamnun. o'zida yo'q hursand, o'zini katta bo'lib borayotganligini his etib boradi. Siz esa ana shu beg‘ubor, mehrli

rag‘batlantirishingiz orqali unda mehnatga qiziqish va uni uddalay olish qobiliyatiga ishonch hosil qildingiz.

Jazo - bu bolaning noto'g‘ri qilgan ishiga o'zini iqror qildirish.

Agar bola siz ogohlantirmasingizdan yoki tushuntirmasingizdan oldin o'z hatosini tushungan bo'lsa-yu, sizga qilgan hatosini aytolmay izza chekib turgan bo'lsa, uni jazolashga zarurat yo'q. Endi bu hatoni qaytarmayman, degan ma'noda sizga qarayapti. Siz unga yana bir marta imkoniyat bering. Ammo keyingi gal ham hato qilsa va uni tan olmasa, unday hollarda quyidagi jazo turlari qo'llaniladi.


  • Tushuntirish.

  • Tanbeh berish.

  • Ogohlantirish.

  • qattiq ogohlantirish.

  • Uyaltirish.

Yuqoridagi jazo turlarini o'qituvchi o'quvchiga yuzma-yuz hech kimning guvohisiz qo'llaydi. Ammo gruppadosh o'rtoqlari yoki sinfdoshlari oldida izza qilay deb bolani uyaltirsa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Uyat - bu insonning eng nozik sezgisi bo'lib, o'quvchini o'rtoqlari yoki kollektiv orasida izza qilish (uyaltirish) eng yuqori jazo hisoblanadi.

O'quvchini jamoa orasida izza qilishni eng ohirgi chorasiz qolganda qo'llash mumkin. Eng ma'quli o'quvchi bilan yuzma-yuz mehrli ohangda, unga ishonch bildirib, qaltis yo'ldan qaytarish mumkin.

Tarbiya - har bir insonning hayotda yashashi jarayonida ortirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko'nikmasini o'zgalarga berish jarayoni.

Tarbiyalanganlik - milliy urf-odatimiz mezoniga kirmagan, o'zgalarning nafratini qo'zqatadigan hatti-harakatlardan o'zini tiya bilish.

Prezidentimiz I.A.Karimovning ―Yuksak ma'naviyat engilmas kuch‖asarining 1- bobida: Ma'naviyat insonning kon - koni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o'giti, Vatan tuygusi, bu hayotning ba'zida achchik, ba'zida quvonchli saboglari bilan katra-katra bo'lib singib boradi. Ayniksa tabiatga, odamlarga yaniklik, doimo yahshilikni uylab yashash, halol mehnat kilish dunyoning tangsiz mehnat va guzzalliklaridan bahramand bo'lish ma'naviyatiga ozuka beradi. Uni yanada kuchaytiradi.


Download 179,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish