O‘zbekiston respublikasi,, al- bukhari university’’ oliy ta’lim muassasasi pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 1,17 Mb.
Sana20.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#460703
Bog'liq
Ijod va shaxs 9-




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
,, AL- BUKHARI UNIVERSITY’’
OLIY TA’LIM MUASSASASI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA
fakulteti talabasi
MUSTAQIL ISH

Mavzu: Ijod va shaxs



TOSHKENT 2022
Ijod va shaxs
Insoniyat tarixi oʻzligini anglagan, buyuk gʻayrioddiy insonlar, oʻziga xos daho shaxslar – paygʻambar va avliyolar dunyoga kelib-ketib turganining guvohi boʻlgan. Ulardagi sirli (mistik), gʻayrishuuriy bilimlar, taʼlimotlar, moʻjiza va karomatlarni Yaratganning Oʻzi inʼom qilgan. Lekin ulardan boshqa, oddiy insonlarning daholigi oʻrganilishi kerak boʻlgan alohida muammodir. Insoniyat hayoti juda uzoq asrlar mobaynida zabardast daholarni shakllantirgan. Aniqrogʻi, sharoit ularni yetishtirgan. Isteʼdod, iqtidori boʻlmagan shaxs ijodkor, daho boʻla olmaydi. Oʻz navbatida, hamma isteʼdod egalari ham daholik darajasiga erisha olmaydi. Isteʼdod buyuklik, daholik tomon tashlangan birinchi qadamdir. Baʼzan irsiyat ham isteʼdodni nasldan-naslga oʻtishida rol oʻynaydi. Masalan, bu holatni Motsart, Bax, Veronezi, Karrichi, Titsian, Darvin, Eyler, Guk, Dyumada koʻrish mumkin.
Inson oʻz ijodiy izlanishlari asosida ham dunyoni oʻzgartiradi, ham oʻzini ijodkor, kashfiyotchi sifatida namoyon etadi. Yaʼni inson oʻz oldiga xilma-xil muammolarni qoʻyadi va hal qiladi, ularning oʻziga xos yechimlarini topadi. Baʼzan bunday yechimlarga nisbatan betakror yondashuvlar, usullarni qoʻllaydi. Ayni shu maʼnoda, ijodkor shaxs deganda, yuksak qobiliyat, hayotiy tajribaga tayanadigan teran aql-idrok, haqiqat va yaxshilik birligi, oliy haqiqat, adolat va rostgoʻylik mushtarakligi, aqliy va axloqiy kamolotning oliy darajaga yetgan holati, qadriyatlarni qadrlash, oʻzgacha his-tuygʻularning hayotga singib ketishi, har qanday narsa va hodisaga yangicha nuqtai nazar, aql koʻzi bilan qarash tushuniladi. Isteʼdod egalarini shakllantirsa boʻladi, lekin daholikni emas. Buyuklik oʻz-oʻzini yaratadi va namoyon etadi. Buyuklar hayotdan qoniqmaslik ruhi bilan yashaydi. Ular har qanday tushkun vaziyatda ham ruhan choʻkmaydilar. Izlanish, ijod, xayol, aqlni charxlash ularga huzur va halovat beradi. Baʼzi daholarni oʻz vaqtida anglab yetmaydilar. Uni tushunish uchun odamlar tayyor boʻlmaydi. Shleyermaxer nazdicha: “dahoni tushunish – dahoning ijodiy faoliyatini takroran boshidan oʻtkazishdan iborat boʻlishi kerak. Hatto dahoning oʻzi nimani, qanday qilib yozganligini oxirigacha anglay olmasligi mumkin, lekin talqinchi asarni muallifdan koʻra yaxshiroq tushunishi lozim. Tabiatni tushuntiramiz, insonni esa tushunamiz”.
Daholarning hamrohi xayolparastlik boʻlgan. Misol uchun, Nyuton xayolparastligidan nima uchun tashqariga chiqqanini va qaytib kirganini bilmagan. Bu holat Viktor Gyugoda ham boʻlgan. Eynshteyn oddiy koʻpaytirishni, Tyusherel esa oʻz ismini unutib qoʻygan paytlari ham kuzatilgan. Daholarning feʼlidagi baʼzi oʻzgarishlar sababli omma ularni gʻalati tasavvurda eslashadi. Bu xuddi Arximedning yalangʻoch holda “Evrika” deb koʻchaga otilganiday kishilarda daholar haqida juda joʻn tasavvurlar saqlanib qolgan. Daholarning iqtidori xilma-xil. Aytaylik, “Hayvonlar ummoni masali”ni Lafonten ogʻzaki toʻqigani, Salvador Dali chizajak kartinalarini avval tushida koʻrgani, Mendeleev ham davriy jadvalni tushida koʻrib, keyin bunyod etgani, Agatta Kristi oʻzining detektiv asarlarini jinoiy arxivlardan qidirgan holda emas, balki oshxonada ovqat pishira turib “pishitgani” – bor haqiqat. Perseptiv xususiyatlar (gʻaroyib maʼno-mazmunga ega boʻlgan diqqatning jamlanishi, taʼsirchanlik, koʻngilchanlik), intellektual xususiyatlar (intuitsiya, fantaziya, oʻylab chiqarish, oldindan koʻrish qobiliyati, keng dunyoqarash), xarakterli xususiyatlar – oʻjarlik, bir qolipda ishlamaslik, originallik, qunt, yuqori darajadagi oʻz-oʻzini tashkillashtirish va mehnatga layoqatlilik (Ya. A. Ponomarev) daholik xususiyatlaridandir.
Baʼzi xastaliklar aynan ijodkorlarga, daholarga xos degan tushuncha ancha bahsli. Toʻgʻri, Pifagor, Demokrit, Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezar, Petr I, Van Gog, Molyer, Napoleon, Dostoyevskiy kabi mashhurlar tutqanoq bilan ogʻriganlar. Koʻpgina past boʻyli daholar juda ulkan ishlarni amalga oshirganlar. Darhaqiqat, ijodning asosiy manbai va subʼyekti ham ijodkor shaxs hisoblanadi. Oʻz navbatida, ijodkor shaxs, asosan, oʻzining bilish motivatsiyasining dominantli oʻrni, tadqiqiy ijodiy faollik, subʼyektni yangilikni topishga boʻlgan qobiliyatida va muammolarni yechishdagi oʻziga xoslikda namoyon boʻladi. Masalan, original yechimlarni topish va prognozlash ehtimolligi, yuqori baholarni taʼminlaydigan estetik, axloqiy va intellektual ideallar etalonlarini yaratish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir (A. M. Matyushkin). Oʻzida aqliy va motivatsion omillarni integratsiya qiluvchi intellektual faollik (D. B. Bogoyavlenskaya) ham daholikning asosiy belgisidir. Ijod makon va vaqtga nisbiy bogʻlangani uchun uni toʻxtab qolish holatini va maʼlum bir makonda shakllanib qolmasligini ham koʻrishimiz mumkin. Bunga misol sifatida biz Sharq va Gʻarb ilmiy tafakkur taraqqiyotini keltirishimiz maqsadga muvofiq boʻladi. Zero, mazkur hududlardagi shakllangan gʻoyalarning oʻzaro bir-biriga koʻrsatgan taʼsirini Osiyosentrizm yoki Yevropatsentrizm vakili ham mutlaqo inkor eta olmaydi. Shu maʼnoda, ijod dinamikasi umumbashariy xarakterga ega. Muammoni topishdagi zukkolik, mulohazalarning uzun zanjirini yaxlitlash qobiliyati, “chetdan qarash”ga layoqatlilik, taʼsirlanishning maqsadliligi, xotiraning tayyorligi, fikrlash egiluvchanligi, baholash qobiliyati, gʻoyalarni hayotga oson tatbiq qilish, qoʻshimcha ishlanma berishga layoqat, osongina yaxlitlash, yumor hissining mavjudligi (A. N. Luk) koʻp daholarga xos. Shu oʻrinda yuqori ijodiy qobiliyat va motivatsion-ijodiy faollikning organik birligi (V. I. Andreev)ni ham eʼtirof etish lozim.
Daholarda yuksak takomillashgan xotira, gʻayritabiiy xarakter, oʻy, maqsad shunday bilinib turadi. Masalan, tarixda Kir hamda Aleksandr Makedonskiy oʻz askarlarini nomma-nom bilgan, Seneka ikki ming soʻzdan iborat matnni bir oʻqiganda yodlab qolish qobiliyatiga ega boʻlgan. Betakror qarash, yangilikni paydo qilish buyuklarning tamoyilidir. Barchaga oddiy tuyulgan, uncha-muncha aql anglab yetmagan, ilgʻay olmagan holat, voqealarni, inson koʻnglidagi xayollari va ruhi uchun mavhum irmoqlarni ochib berish, mahorat hamda joʻshqin tasavvur ila tasvirlash daholarga xosdir. Goʻyoki ularda hayotning salbiy va ijobiy ranglari birgalikda uygʻunlashganday, gʻoyalari olamidan qutilmagan tafakkur chashmasi qaynaydi. Insonni hayratga sola olgan noyob qobiliyatning hammasi ham daholikning belgisi emas. Daholikning sharti, jamiyat oʻzgarishlari, tafakkur tarzida burilish yasash, har qanday tamaddunga gumanitar va ezgu gʻoyalarni singdirishdir. Daholar oʻz davridagi ijtimoiy hayotdan bir necha qadam oldinda yashaganligi bois, oʻsha kunning talabi ular uchun qiziqarsiz, foniy va bemaʼni koʻrinishi ham mumkin. Baʼzan ular insoniy ehtiyojga ham vaqt topmaganlar. Misol uchun, Hazrat Navoiy, mashhur rassom Mikelanjelo, bastakor Betxoven, Brams, Shubert kabilar umri davomida uylanmaganlar. Oʻz-oʻzini shakllantirish, yuksaltirishga intilish, qilayotgan ishini burch deb bilish, shaxsning autentikligi, oʻz kuchiga ishonch, yuqori darajadagi tanqidiylik va refleksiya (A. Maslou) sabablidir. Ibn Sino 4 yoshida Qurʼonni toʻla yod olgan, Alisher Navoiy 6 yoshidan sheʼrlar yoza boshlagan va Farididdin Attorning mashhur yirik asari “Qush tili” (“Mantiq ut-tayr”)ni toʻla yoddan bilgan. Buyuk Sohibqiron Amir Temur juda yoshligidanoq feʼl-atvorida hukmdorlik belgilari zohir boʻla boshlagan. Chunki oddiy hodisalar doirasidan chiquvchi, ammo tabiat qonunlariga zid boʻlmagan harakatlarni amalga oshirish, kelajakda boʻladigan narsani his qilish, boy fantaziya va intuitsiya, yangilik va noyob narsalarga katta qiziqish (P. Torrens)dir.
Mustaqillik, tavakkal qilishga moyillik, faollik, qiziquvchanlik, mavjud narsaga qoniqmaslik, qaror qabul qilishga tayyorgarlik, eʼtirof etilishga intilish, ichki motivatsiya, oʻsishga tayyorlik (K. Teylor, E. Rou) daholar tabiatida bor. Daholikni muayyan yoshga olib borib taqash ham notoʻgʻri. Chunki ularda yosh nisbiy xarakterdadir. Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini 27 yoshida yozib tugatgan; Usmon Nosirning birinchi kitobi 20 yoshida chiqqan; Abdulla Qodiriy 26 yoshida “Oʻtkan kunlar”ni yozib, eʼlon qilgan; Chingiz Aytmatov 5 yoshida tarjimonlik qilib, haq olgan; Gyote 9 yoshida nemis, lotin va yunon tillarida sheʼrlar yozgan; rus bastakori Sergey Prokofyev 5 yoshida birinchi musiqiy asarini yozgan, 9 yoshida esa “Pahlavon” nomli opera muallifi boʻlgan; Lev Tolstoy 11 yoshida Moskva Kremli toʻgʻrisida birinchi ocherkini ijod qilgan; Motsart oʻzining birinchi musiqiy asarini 3 yasharligida, ilk operasini esa 12 yoshida bastalagan; rus moʻyqalam daholari Ilya Repin, Valentin Serovlar ijodlarini 4 yoshdayoq boshlashgan; Aleksandr Pushkin “Ruslan va Lyudmila” nomli mashhur poemasini 17 yoshida yozib tugatgan, Fridrix Shiller esa shu yoshga ham yetmay dunyoga mashhur “Qaroqchilar” pyesasini yozgan; Paskal 15 yoshida birinchi ilmiy ishini himoya qilgan. Mixail Sholoxov oʻzini dunyoga tanitgan “Tinch Don” romanining birinchi jildini yozib tugatganida 23 yoshga toʻlmagan edi, shu yoshda Mixail Lobachevskiy matematika fanlari boʻyicha professor boʻlgan edi; Angliyalik fizik, professor U. Lorens Bregg (1890–1970) esa 25 yoshida olimlardan eng yosh Nobel mukofoti sohibi boʻlgan va hokazo.
Eng qizigʻi, ijodkorda taʼtil yoʻq, sayohatda ham, uyida ham, baribir, ishlayveradi, bu yoʻlni u oʻzining erkin ixtiyori bilan tanlaydi, uning tarjimai holi isteʼdod va mehnatdan iborat. Uning mahorati isteʼdod va mehnatning uygʻunligidan vujudga keladi. Shuning uchun ham olmon faylasufi Kant: “Ijod – insonga lazzat bagʻishlaydi, ishtiyoqni qoʻzgʻaydi, hayotga boʻlgan muhabbatni tugʻdiradi”, deb yozadi. Adolat va insoniylik borasidagi, tasavvuf daholarining komil inson haqidagi teran fikrlari falsafiy gʻoyalarning yorqin namunasidir. Ijod bu – chidam, ham ruhlanish, ham mehnat, ham rohatlanish, ham “ijod azoblari”, ham “ijod quvonchi”dir.
Hamma daholarda ham oʻzini bildirib qoʻyish xususiyati oshkora va yashirin shaklda mavjud. Ibn Sino moʻjaz sheʼrlar orqali umrning mohiyati haqidagi oʻylarini, hayratu iqrorlarini toʻkib soladi. Masalan:
Soʻz qolmadi – parda ichra bir maʼlum emas,
Kim qoldi chu asror – dagʻi mavhum emas.
Chun maʼrifatingda men andoq fikr etdim,
Maʼlum boʻldiki, hech nima maʼlum emas…
“Hech narsa maʼlum emas” – insoniyatning hamma zamonlardagi daholari iqrori. Beruniy oʻzining “Hindiston” nomli asarida shunday yozadi: “Mening hamma istaklarim, butun vujudim ilm tarqatishga qaratilgandir va men buni oʻzim uchun eng ulugʻ baxt deb bilaman”. Darhaqiqat, bu benazir zot butun umrini ilmu irfon tarqatishga baxshida qilgan, har bir soʻzida muayyan ilm, bilimni targʻib qilgan. Darvoqe, allomaning yuqoridagi fikriga mazmunan yaqin bir sheʼri ham bor:
Peshvolardan olgʻa oʻtdim shahd ila,
Men – gʻavvosu ilm boʻldi ummonim.
Hinddan soʻra, mashriq aro qadrimni,
Magʻrib meni oʻqir – yoʻqdir armonim.
Ushbu misralarni oʻqish asnosida insoniyat tarixidagi buyuk siymolarning oʻzlari haqidagi fikrlari beixtiyor koʻngildan oʻtadi: “Agar sen koʻngilga yetding, Rumiyga yetding, Agar sen Rumiyga yetding, Xudoga yetding” (Rumiy), “Qoʻl bilan tiklab boʻlmas haykal qoʻydim oʻzimga” (Pushkin) va hokazo… Daholar oʻz qadrini, asarlarining bahosini biladi. “Ikki daho bor: biri – Rafael, ikkinchisi – men, Salvador Dali”, deydi Dali. Navoiy Hirotni tark etib, Samarqandga kelgan kezlarida ustozi Hasan Ardasherga yozgan maktubida shunday baytlar bor:
Men ul menki to turk bedodidur,
Bu til birla to nazm bunyodidur.
Falak koʻrmadi men kibi nodire,
Nizomiy kibi nazm aro qodire.
Xudo yetkurur oncha surʼat manga
Ki, boʻlmas bitirishga fursat manga.
Eʼtibor qiling, yuqoridagi satrlar yozilgan vaqtda Navoiy bobomiz endigina 23 yoshga kirgan edilar. Oʻylab koʻrilsa, shu yoshdagi yigitning bu qadar qatʼiy ishonch ila oʻz-oʻziga yuksak baho berishi, shubhasiz, oʻz kuchiga ishonishdir.
Ijodkorlik mehnat ekanligiga shak-shubha yoʻq, lekin u boshqa barcha aqliy mehnat turlaridan katta farq qiladi. Ayni shu maʼnoda, u davomli hodisadir. Bu jarayonda ijodkorning shaxsiy xislatlari – fazilatlari katta rol oʻynaydi. Agar ijodkor mehnatkash, har bir kunini muayyan reja asosida tashkil qiladigan, vaqtning qadriga yetadigan, dadil, qiyinchiliklardan choʻchimaydigan boʻlsa, u oʻz ishini oxiriga yetkaza oladi. Bordiyu buning aksi boʻlsa, ijodiy maqsadlari, nari borsa, yaxshi topilma sifatida, chiroyli reja tarzida qolib ketadi. Bu esa ijodkorning shaxsiy xislatlarining maʼnaviy-axloqiy jihatlarini (ayniqsa, olimlik axloqi va masʼuliyatini) chuqurroq tadqiq etishni qanchalik dolzarbligini koʻrsatib turibdi.
Daholikning asosiy siri – insonning erkin faoliyatida namoyon boʻladi. Ammo ijodning ibtidosi, oʻtmish natijasi emas, shuningdek, u tarixiy yoki kosmik davrda ham amalga oshirilmaydi. Balki u insonni mavjudligi bilan ham zamonga xos sifatga ega boʻladi. Tarixiylik nuqtai nazaridan esa, ijod paradoksal ravishda oʻtmishdan rivojlanib keluvchi, bugun va kelajakni bogʻlab turuvchi oʻziga xos fenomen, deb tasavvur qilinadi. Ijod qilish orqali biz oʻzligimizni anglaymiz, haqiqiy erkinlikni his qilamiz. Lekin bunday holat kamdan-kam uchraydi. Chunki ijod ayni shu murakkabligi va takrorlanmasligi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham N. A. Berdyaev “Mening falsafamdagi oʻziga xoslik, eng avvalo, shundaki, men unga borliqni emas, erkinlikni asos qilib oldim”, deydi.
Har qanday mavjudotlardan farqli ravishda aynan insonga ijod qilish martabasi berilgan. Insonning oʻzi ham Yaratuvchining naqadar Ijodkorligini bildiradi. Insondagi bunday fazilat aynan ijodkorlikda yorqin namoyon boʻladi. Agarda borliqda barcha narsa tayyor yaratilgan boʻlsa, unda ijod gʻoyasining oʻzi ham boʻlmasdi.
Dahodagi ijodiy jarayon dialektik tabiatga ega, chunki u oʻz-oʻzini oqlaydi. Oqlamaydiganlari esa oddiy ijodkorlarga xos boʻlgan takror va qaytariqdir. Dahoning oʻz-oʻzini anglashi tugʻmadir, yaʼni undagi ijodkorlik qobiliyati oʻzlashtirma xislat emas. Oʻzlashtirma xislat oddiy ijodkorlarda boʻladi. Oʻzida ijodiylikni anglash esa insondagi inqilobdir.
Ijodni hayot mazmuni va hayot haqiqatini izlash haqidagi oʻyga ham qiyoslashimiz mumkin. Chunki dahoning dunyoqarashiga, birinchi navbatda, uni oʻrab turgan muhit ham taʼsir koʻrsatadi. Darhaqiqat, ijod oʻzining tarixiy davri va unda harakatlanuvchi tarixiy ildizlarga bogʻliqdir, biroq uning oʻziga xosligi dunyoga tarixda boʻlmagan prinsipial yangi oʻzgarish kiritishidir. Shu bois, ijod bu – oʻtmish bilan kelajakni bogʻlab turuvchi va avlodlararo munosabatlarni taʼminlovchi obʼyektiv hodisadir. Binobarin, dastlabki ijod oʻtmish natijasi emas, u tarixiy yoki kosmik davrda amalga oshirilmaydi, bogʻliqlikni bilmaydi, ekzistensial vaqtda amalga oshiriladi. Bizningcha, tarixiy davrda ijod paradoksal ravishda kelajakdan keluvchi voqelik sifatida tasavvur qilinadi. Shu maʼnoda, ijod profetik xususiyatga ega. Haqiqatan ham, agar yangi eskisidan kelib chiqadigan boʻlsa, ikki elementlarning yangi jamlamasi hisoblanadi va bu – ijod soʻzining aniq maʼnosiga toʻgʻri kelmaydi. Ijod bu – dunyoga prinsipial yangilik kiritish demakdir. Daho ijodi – konstruktiv yaratuvchanlikdir. Darhaqiqat, fanning koʻp asrlik tarixi kashfiyotlar bilan uzviylikka ega. Ilmiy kashfiyotlar olimlarning dalillarni tizimga solish va tasniflash borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga keladi.
Daho shaxsining alohida ruhiy holati sifatidagi yana bir oʻziga xosligi uning yolgʻizligidir. U oila bilan yashaganda ham oʻzini yolgʻiz his qiladi, iloji boricha, oʻzini odamlardan olib qochishga intiladi. Bunday hodisa oddiy odamlarda oʻz menidan yiroqlashishni, tushkunlikni, xafaqonlik holatini paydo qiladi. Daho uchun esa bu ixtiyoriy hodisa, ijodning sharti hisoblanadi. U aynan mana shu yolgʻizlikda oʻzining mohiyati – ikkinchi meni bilan topishadi. Ayni paytda, bu men goʻyo dahoning vujudidan uzilib chiqqandek, xatti-harakatlarini boshqarib turadi.
Daho oʻzining asarini yaratadi, biroq birovnikini bayon qilish daholik sanalmaydi. Chunki u individual – insoniy ifoda ichida gʻayb ruhi va ilmi faollashayotganligini his qiladi. Shuning uchun ham baʼzan daholar deyarli ixtiyorsiz holatda ichida qattiq kuch taʼsirida harakat qilayotgan medium sifatida buyuk kashfiyotlar yaratadi. Shuningdek, boshqa paytlarda ham ular mashaqqatli mehnat, koʻp sonli tajribalar bilan yuqoridan berilayotgan narsani ifodalashga yoki adekvat qabul qilishga harakat qiladilar. Darhaqiqat, insonga ijodkorlik xos, ammo u faqat oʻz mohiyatini anglab yetsa ijodkorga aylanadi, qachonki, oʻzining oliy maqsadiga erishsagina buyuklikni his qiladi. Kamyu falsafiy asarlarida ijod – shaxsning ekzistensial muammosi sifatida talqin etiladi. Kamyu falsafasida ijod – haqiqiy olamda mavjud boʻlishning absurdligiga qarshi tugʻyon sifatida tushuniladi. Ijod unda absurdlikni yengib oʻtish usuli sifatida tasavvur qilinadi. Sartr esa ijodni ijodiy subʼyekt shaxsiyatini yaratish vositasi sifatida talqin etadi. V. Solovyov ham ijodni insonning Goʻzallik, Haqiqat va Ezgulik qadriyatlarini ifodalash va “bir butunlik” mohiyatiga erishishga boʻlgan harakati, deb tushuntiradi.
Ijodkor shaxsning eng yuksak koʻrinishi daholik bilan xarakterlanadi. Daholarning dunyoga kelishi esa zamondan tashqarida roʻy bermaydi, aksincha, biz tushunib yetolmaydigan qonuniyatlar asosida ular davrning zaruriyati bilan paydo boʻladilar. Daho oddiy aql anglab yetmagan, ilgʻamagan, hatto ilgʻagan boʻlsa-da, mahorati, isteʼdodi kamligi bois ochib berolmagan voqeliklar tubidagi voqeliklarni tasvirlab, odam va olam haqidagi tasavvurlarni mutlaqo yangi pogʻonaga olib chiqadi. Masalan, Shekspir daho sanʼatkor edi – u oʻz asarlarida insoniyatning mangu muammolarini, jamiyatni jamiyat qilib tutib turadigan asosiy ustunlarni yaxshi ilgʻab olgan va har bir asarida ularni betakror samimiyat va favqulodda mahorat bilan ifodalab bera olgan. Dunyo fanining daholari qatoriga matematik, fizik va astronom sifatida X. Gyuygens, fizik Snellius, mikroskop ixtirochisi Levenguk va buyuk rassom Rembrand va boshqalarni kiritish mumkin.
Xalqimizda azal-azaldan qomusiy bilimlar egasi, buyuk mutafakkir, ulugʻ ijodkor, olim yoki daho kishilarni oftobga yoki shamga qiyoslab kelingan. Bu bejiz emas, albatta. Zero, oftob hammaga barobar nur sochadi. Sham esa yonib, erib, tamom boʻlib borsa hamki, atrofdagilarga ziyo bagʻishlaydi. Davr – daho uchun urugʻ vazifasini oʻtaydi, shu urugʻdan mangu yam-yashil ulkan daraxt oʻsib chiqadi, daraxt yuksaladi, davr esa quyida qoladi. Qadimgi xitoylar dahoni tabiatni tasvirlaydigan inson emas, balki oʻzi tabiat boʻlgan mavjudot, karomat egasi sifatida baholaganlar. Daho, bu – Nitsshe taʼriflagan aʼlo odam, qonunlarni buzib, oʻzi yangi qonunlar yaratadigan, odamdan baland darajadagi odam. Deni Didro oʻzining “Daho” maqolasida shunday yozadi: “Sanʼatda, fanda va amaliy faoliyatda daho, aytish mumkinki, narsalarning asl tabiatini oʻzgartiradi; uning oʻziga xosligi nimagaki qoʻl ursa, oʻsha narsalarning hammasiga koʻchib oʻtadi, uning bilimi kechmish bilan bugunning hududini ortda qoldirib, kelajakni nurlantirib turadi; u oʻz asridan ilgarilab ketadi va asri uni quvib yetishga ojizlik qiladi…” Lekin boshqa bir guruh mutafakkirlar dahoni ruhshunoslik nuqtai nazaridan baholaydilar va uni insonning nosogʻlom ruhiy holati sifatida taʼriflaydilar. Platon, Demokrit va Aristoteldan tortib Paskalgacha daholikni telbalik bilan chegaralanishini taʼkidlaydilar. Platon hatto alahsirashni “maʼbudlar bizga tuhfa qilgan ilohiy neʼmat”, deb ataydi. Yevropaning mashhur psixiatrlaridan biri Chezare Lombrozo oʻzining “Daholik va telbalik” kitobida bu masalani atroflicha ochib berishga harakat qiladi. Undan keyin Zigmund Freyd bu masalaga ruhiy tahlil usuli bilan yondashib, maʼlum maʼnoda Lombrozo xulosalarini tasdiqladi. U nafaqat daholar, balki barcha isteʼdodli shaxslarda hafaqonlik (nevroz), umuman, ruhiy xastalik mohiyat tarzida mavjudligini, lekin ular bu dardini oʻz ijodiy mahsuli boʻlgan gʻoyalariga oʻtkazib yuborish orqali oʻzlarining sogʻlomligini saqlab qolishlarini, lekin bu sogʻlomlik boshqalarnikidan farqlanishini chuqur ilmiy va amaliy asosda isbotlab berdi. Albatta, daho shaxs koʻrinishidan boshqalardan unchalik farq qilmaydi. Lekin u – oʻzga bir olam. Biz olamni oʻrganib, tagiga yetolmaganimizdek, daholarni ham hech qachon toʻliq tushunib, toʻliq talqin qilolmaymiz.
Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish