Kurs loyihasining dolzarbligi. Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida bilim berish jarayoni, tadbirlarni o’tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma’lumot mazmunga boy, esda qoladigan va ko’rgazmali bo’lishi uchun ko’proq multimedia texnologiyalari ishlatiladi. Bular matn, grafika va ovoz kabi ma’lumotning turli shakllarini qayta ishlashga imkon beruvchi multimedia apparat vositalari bo’lish bilan birga amaliy dasturlar paketlari ham. Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |