O‘zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt texnologiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Shaxsiy muhofaza aslahalari. Shaxsiy muhofaza aslahalari asosiy muhofaza



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana03.12.2022
Hajmi1,18 Mb.
#877534
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
O‘zbåkistîn råspublikasi aõbîrît texnologiyalari va kîmmunikatsi

Shaxsiy muhofaza aslahalari. Shaxsiy muhofaza aslahalari asosiy muhofaza 
aslahalariga qo‘shimcha ravishda ishlatiladi. Ular organizmni tashqi nurlanishdan teri 
qismlarini, shuningdek nafas olish organlarini muhofaza kiladi. 
Ular asosan a va b nurlanishlardan saqlash imkoniyatiga ega; ammo nurlanishlar 
va neytron nurlanishlaridan muhofaza qila olmaydi. 
Shaxsiy muhofaza aslahalarini umuman ionlovchi nurlanishlarda ishlaganda shartli 


ravishda hamma vaqt qo‘llaniladigan va qisqa muddatga foydalaniladigan vositalarga 
ajratiladi. 
Hamma 
vaqt 
ko‘llaniladigan 
shaxsiy 
muhofaza 
aslahalariga 
xalatlar, 
kombinizonlar, kostyumlar, mahsus oyoq kiyimlari va ba’zi bir changga qarshi 
ishlatiladigan respiratorlar kiradi. Qisqa muddatli shaxsiy muhofaza aslahalariga 
izolyatsiya qilingan kostyumlar kiradi. Bu kostyumlarning shlang bilan havo 
beriladigan qilib ishlanadigan yoki avtonom ravishda ishlatiladigan turlari bo‘ladi. 
Shaxsiy muhofaza aslahalarini tuzilishi va ishlatish xususiyatlarini hisobga olib 
quyidagilarga: izolyatsiyalovchi kostyumlar, nafas olish organlarini muhofazalash 
vositasi, mahsus kiyimlar, mahsus oyoq kiyimlari, ko‘shimcha muhofaza vositalariga 
bo‘lish mumkin. 
Ishchi radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, muhofazalovchi kostyumlar ishchini 
radioaktiv nurlanishlardan ishonchli himoya qilishi kerak. Bunday kostyumlar avariya 
holatlarida va remont ishlarini bajarishda foydalaniladi. Ularga ko‘yiladigan asosiy 
talab ishlash davrida ishchiga qo‘shimcha og‘irlik tushmasligini ta’minlashdir. 
Uning tuzilishi tashqi muhit bilan izolyatsiya qilingan holda, kostyum ichida ish 
sharoitini yaxshilovchi mikroiqlim ta’minlanishi kerak. Vatanimizda ishlab chiqarilgan 
zamonaviy izolyatsiya kostyumlari ishchilarni yaxshi muhofaza qiladi. 
Nafas olish organlarini muhofaza qilishda respiratorlardan va shlangali 
protivogazlardan foydalaniladi. 
Elektromagnit 
maydonining 
tavsifi. 
Elektromagnit 
maydoni 
ma’lum 
kuchlanishdagi elektr maydoni Ye (V/m) va magnit maydoni N (A/m) vektorlari 
orqali ifodalanadi. harakatlanuvchi elektromagnit to‘lqinlarining Ye va N vektorlari 
har vaqt o‘zaro perpendikulyar bo‘ladi. 
O‘tkazuvchi muhitda tarqalayotganda ular o‘zaro quyidagi bog‘lanishga ega 
bo‘ladi: 
kz
e
H
E




(3.1) 
bunda: w - elektromagnit tebranishlarining aylanma chastotasi; 

- ekran moddasining 


solishtirma o‘tkazuvchanligi; 

- bu moddaning magnit o‘tkazuvchanligi, k - so‘nish 
koeffitsiyenti; z - nurlanayotgan ekran yuzasidan aniqlanayotgan nuqtagacha bo‘lgan 
masofa. 
Elektromagnit to‘lqinlari vakuumda yoki havo muhitida tarqalayotgan bo‘lsa, 
Ye=377N bo‘ladi. Elektromagnit to‘lqinlarining tarqalishi maydondagi energiyani 
ko‘chirish bilan bog‘langan. 
Elektromagnit maydondagi energiya oqimining zichligi vektori I (Vt/m
2

(intensivligi) - “Umov-Poynting vektori” deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi: 
H
E
I

(3. 2) 
Elektromagnit maydoni nazariyasiga asosan o‘zgaruvchi elektr yoki magnit 
maydoni manba yaqinida ikki zonaga bo‘linadi: yaqin zona yoki induksiya zonasi 
bo‘lib,
6
2





R
(3.3) 

- to‘lqin uzunligi bo‘lib, 

 
=
S/f
- tenglamasiga asosan aniqlanadi,
bunda: 
S
- elektromagnit to‘lqinlarining tarqalish tezligi (vakuum yoki havo muhiti 
uchun yorug‘lik tezligi); 
f
- elektromagnit to‘lqinlarining chastotasi va nurlanish zonasi 
bo‘lib, R > 
l
/6 masofalarda joylashgan bo‘ladi. 
Induksiya zonasida (yaqin maydon) hali harakatlanayotgan elektromagnit maydon 
hosil bo‘lib ulgurmagan bo‘ladi va elektr bilan magnit maydonlarini bir-birlariga 
bog‘lanmagan deb hisoblash mumkin. Shuning uchun bu zonadagi normalashtirish 
elektromagnit maydonining ham elektr, ham magnit maydonlari qo‘shilmalari sifatida 
olib boriladi. 
Nurlanish zonasida esa maydon harakatlanayotgan elektromagnit to‘lqinini 
vujudga keltiradi va bu harakatlanayotgan to‘lqinning muhim parametri to‘lqin 
oqimining zichlik quvvati hisoblanadi. Bu zonadagi normalashtirish intensivlikka 
asosan olib boriladi va bu intensivlik nuqtasimon manbagacha bo‘lgan masofa 
kvadratiga teskari proporsional bo‘ladi.


2
4
R
P
I
M


(3.3.4) 
bunda: R
m
- manbaning nurlanish quvvati. Agar bu manba yo‘naltirilgan harakatga ega 
bo‘lsa, (antenna), unda: 
2
4
R
Q
P
I
M


(3.3.5) 
bunda: 
Q
- antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti bo‘lib, hisoblashlar yordamida 
aniqlanadi. 
Induktorlar, 
termik 
qurilmalarning 
kondensatorlari, generatorlarning ayrim 
qismlarini ulovchi fider liniyalari, transformatorlar, antennalar, to‘lqin uzatgichlarning 
ochiq qismlari va o‘ta yuqori chastota generatorlari elektromagnit to‘lqinlarining 
manbalari sifatida qaralishi mumkin. 
Elektromagnit to‘lqinlari radiochastotalarining tavsifi: 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish