Asоsiy tayanch tushunchalar
Iqtisоdiy rivоjlanish - ko’p o’lchamli jarayon bo’lib, jamiyatning ijtimоiy, iqtisоdiy va ma’naviy taraqqiyotida o’z ifоdasini tоpadi.
Iqtisodiy o’sish – mamlakat iqtisodiy potensialini ortishi, ya’ni aholi ehtiyoji uchun tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning ko’payib, yaxshilanib borishidir.
Makroiqtisodiy o’sish – milliy iqtisodiyot, muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va YaMM ni ko’payishini bildiradi.
Mikroiqtisodiy o’sish – bu korxona, firma va tarmoq doirasidagi o’sishdir.
Ekstensiv iqtisodiy o’sish usuli – iqtisodiy o’sish qo’shimcha resurslar sarflash hisobidan ta’minlanishini bildiradi. Bu usul yaratiladigan tovarlar va xizmatlarni resurslarni ishlab chiqarishga ko’proq jalb etish hisobidan ko’paytirish demakdir.
Intensiv iqtisodiy o’sish usuli – iqtisodiy o’sish resurslarni tejab ishlatish hisobida ta’minlanishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |