Dars bosqichlarining mazmuni:
1 – bosqich: O’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashadi, davomadni guruh sardori yordamida aniqlaydi, o’quv xonasini tozaligini ko’zdan kechiradi – 3 daqiqa.
2 – bosqich: O’qituvchi o’quvchilarni darsga jalb etish uchun dars rejasini bayon etadi, o’quvchilarni guruhlarga bo’ladi – 5 daqiqa.
3 – bosqich: O’qituvchi o’tilgan mavzuni “Aqliy hujum” metodi asosida aniqlaydi – 10 daqiqa.
4 – bosqich: O’qituvchi amaliy mashg’ulot mavzusini mustaqil o’rganish uchun o’quvchilarga darsliklarni, ma’ruzalarni tarqatib beradi va mavzuni tushuntirib berish uchun har bir guruhga foydalanishlari mumkin bo’lgan metodlar, ya’ni “Baliq skleti”, “Nimaga”, “Klaster” bo’yicha tushuncha berib, vaqtni belgilaydi – 20 daqiqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |