O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


221 
XII BOB. QISHLOQ XO„JALIGIDA SHARTNOMA 
MUNOSABATLARI 
 
Qishloq xo‗jaligida shartnoma munosabatlarini hozirgi kundagi
zarurati va ahamiyati. Qishloq xo‗jaligida shartnoma munosabatlarini 
tartibga solishning huquqiy asoslari. Qishloq xo‗jaligida lizing shartnomasi 
va uning ahamiyati. Qishloq xo‗jaligida kontraktatsiya shartnomasi va 
uning xususiyatlari. Qishloq xo‗jaligida pudrat shartnomasi. Yer ijarasi 
shartnomasi va uning huquqiy tabiati. Qishloq xo‗jaligida boshqa 
shartnomalarning umumiy tavsifi. 
 
1-§. Qishloq xo„jaligida shartnoma munosabatlarini hozirgi kundagi 
zarurati va ahamiyati 
O‗zbekistonda rivojlangan davlatlarning tajribalariga asoslangan 
shartnoma munosabatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Keyingi 
paytlarda xo‗jalik yuritishning qulay usuli bo‗lgan shartnomalar xo‗jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatida asosiy yuridik vositaga aylanib 
bormoqda. 
Yodda tuting!
 
Shu ma‘noda, qishloq xo‗jaligidagi shartnomaviy 
majburiyatlarning o‗ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish, majburiyatlar 
bajarilmasligi natijasida kelib chikadigan zararli oqibatlarning oldini olish, 
xo‗jalik aloqalarini mustahkamlash, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining 
samaradorligini oshirishning muhim zaxirasi bo‗lib qolmoqda. Bu masalada 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ‖Fermer, dehqon xo‗jaliklari va 
tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-
tadbirlar to‗g‗risida‖gi Qarori
70
muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. 
Shu 
bois 
qishloq 
xo‗jaligida 
qo‗llaniladigan 
shartnoma 
munosabatlarining tavsifi, majburiyatlar ijrosini ta‘minlash usullari, 
majburiyatlar 
ijrosini 
ta‘minlash 
tizimini 
takomillashtirish 
muammolarining echimini topish bugungi kunda fuqarolik va agrar huquqi 
fanlarining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. 
70
O‗zbekiston Respublikasining Prezidentining Fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini 
takomillashtirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risidagi Qarori.//Xalq so‗zi,2018 yil,27 aprel 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
53-moddasida 
“Davlat iste‟molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy 
faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish yerkinligini, barcha mulk 
shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar 
muhofaza etilishini kafolatlaydi”
1
deb belgilab qo„yilganligi qishlok 
xo„jaligi sohasida tub islohotlar o„tkazilishiga keng yo„l ochib berdi. 


222 
Shu boisdan ham qishloq xo‗jaligida shartnoma munosabatlarini 
huquqiy tartibga solish masalasini kengroq o‗rganish va amaliyotga tadbiq 
etish o‗ta muhimdir.Chunki,bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlar 
shakllanishi va barqaror ishlashi uchun mulkiy munosabatlarning alohida 
yuridik shakli bo‗lmish 
shartnomalarning 
ahamiyati kattadir. 
Shu o‗rinda shartnoma so‗zining lug‗aviy ma‘nosiga e‘tibor 
beradigan bo‗lsak, o‗zbek tilining izoxli lug‗atida 
“shart
‖ so‗ziga berilgan 
ta‘riflardan kelib chiqib, ta‘kidlash mumkinki shartlashish-biror narsa 
haqida o‗zaro kelishib olish demakdir. Ya‘ni, shartnoma-biror masala 
yuzasidan o‗zaro kelishilganlik haqidagi yozma bitimdir. Demak 
shartnomaning shartlari uning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin bo„lib, 
O„zbekiston Respublikasi FKning 353-moddasiga asosan “ikki yoki bir necha 
shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o„zgartirish 
yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”
71
.Shartlashadigan 
taraflarning muzokaralar davomida o„zaro majburiyatlar to„g„risidagi 
kelishuvi, qoida tariqasida, yozma hujjat-shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. 
Ma‘lumki, qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishidagi munosabatlarda 
ishtirok etuvchi tashkilotlar, korxonalar (yetkazib beruvchi, tayyorlov, 
savdo, qayta ishlash va h.k.) korxonalari yuridik shaxslar hisoblanadi. 
Shundan kelib chiqqan holda ular o‗z faoliyatining maqsadlariga mos 
keladigan muayyan huquq va majburiyatlarga egadirlar. Shartnoma esa 
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi ana shunday huquq va 
majburiyatlarni belgilab qo‗yadigan hujjatdir. 
Qishloq xo‗jaligidagi shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini 
ta‘minlash 
uchun 
bu 
sohada 
qo‗llanilayotgan 
shartnomaviy 
munosabatlarning ishtirokchilari faqat muayyan doiradagi tashkilotlar yoki 
korxonalar bo‗lishi mumkinligidan emas, balki qishloq xo‗jaligidagi 
shartnomaviy munosabatlarning xususiyati va tavsifidan kelib chiqish 
lozim bo‗ladi. 
Fukarolik huquqiga ko‗ra barcha shartnomalar kabi qishloq 
xo‗jaligidagi shartnomalar ham uch ma‘noda namoyon bo‗ladi: 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish