44,73 foizini
58
qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallangan yerlar egallagan bo‗lib,
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishda asosiy vosita hisoblanadi. Respublika
hududida qishloq xo‗jaligi maqsadlariga mo‗ljallangan yerlarning
taqsimlanishi tabiiy iqlim omillariga binoan belgilanadi. Qishloq
xo‗jaligida foydalanish va sug‗orish uchun yaroqli bo‗lgan, suv resurslari
shu yerlarni sug‗orishni ta‘minlay oladigan sug‗orish manbai bilan
bog‗langan doimiy yoki muvaqqat sug‗orish tarmog‗iga ega bo‗lgan yerlar
sug‗oriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Mamlakatimiz uchun o‗ta dolzarb ahamiyatga ega bo‗lgan
sug‗oriladigan yerlar 4,3 million gektarni, yoki mamlakat umumiy
maydonining 9,6 foizini tashkil etib, ularda barcha qishloq xo‗jaligi
mahsulotlarining 95 foizdan ortig‗i yetishtiriladi.
O‗z navbatida, 2013-2017 yillar davomida jami 25 ming gektar
maydonda tomchilatib sug‗orish tizimi, 45,6 ming gektar maydonda
plyonka to‗shab sug‗orish usuli hamda 34 ming gektar maydonda esa
56
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017 yil 5 iyun, 22-son, 415-modda.
57
Xalq so‗zi.2017,14 dekbr.
58
O‗zbekiston Respublikasi Er resurslarining holati to‗g‗risida Milliy hisobot.-T.: O‗zbekiston, 2018 .-B.6
194
o‗qariqlar o‗rniga ko‗chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‗orish
usullari joriy etilishining belgilanganligi ham o‗ta ijobiy holdir.
Jumladan, sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
bo‗yicha uzluksiz chora-tadbirlar bajarilayotir. Keyingi yillarda
yurtimizning turli hududlarida bu borada hayotga tatbiq etilgan loyihalar
natijasida 240 ming gektardan ziyod maydonning meliorativ holati
yaxshilandi.
Masalan, joriy yilda 96 ming gektar hosildorligi past maydonlarda
paxta va g‗alla o‗rniga 32 ming gektar yerda karam, turli sabzavot va
ko‗katlar ekildi va bu maydonlardan olingan minglab tonna mahsulotlar
eksport qilindi. Shuningdek, 11 ming gektarda intensiv bog‗ va yangi
tokzorlar, 1 ming 500 gektarda issiqxonalar barpo etildi.
Bu borada Ispaniya, Polsha, Niderlandiya, Gretsiya, Rossiya, Xitoy,
Janubiy Koreya, Turkiya, Vetnam va Indoneziya davlatlarining ilg‗or
tajribasidan keng foydalanishga alohida e‘tibor qaratildi. Shuningdek,
mamlakatimizda birinchi marta shafran kabi noan‘anaviy ekin ekish yo‗lga
qo‗yildi, soya ekish kengaydi. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining 132
ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot, e‘tibor
bering, tayyor mahsulot eksport qilindi. 724 ming tonna ho‗l meva chetga
sotildi va bu yurtimizga 856 million dollar valyuta keltirdi. Holbuki, ilgari
ming-ming tonna turli shirin-shakar mevalarimiz dalada qolib, chirib ketar,
isrof bo‗lardi, eng yomoni, uvol bo‗lar edi.
59
deb ko‗rsatilganligi mavjud
sohani mohiyati va mazmuniga katta baho berildi.
Qishloq va suv xo‗jaligi organlari sug‗oriladigan yeri bo‗lgan yer
egalari va yerdan foydalanuvchilarni sug‗orish ishlari uchun manbalarning
syersuvligini hisobga olgan holda, joriy etilgan limitlar bo‗yicha suv
to‗g‗risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda suv bilan
ta‘minlashlari shart. Kadastr baholanishiga ko‗ra o‗rtacha tuman bonitet
ballidan 20 foizdan ko‗p bo‗lgan sug‗oriladigan qishloq xo‗jaligi yerlari
alohida qimmatga ega bo‗lgan unumdor sug‗oriladigan yerlar jumlasiga
kiradi. Alohida qimmatga ega bo‗lgan unumdor sug‗oriladigan yerlar
maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sug‗orilmaydigan yerlar
jumlasiga o‗tkazilishiga yo‗l qo‗yilmaydi.
Alohida qimmatga ega bo‗lgan unumdor sug‗oriladigan qishloq
xo‗jalik yerlarini korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi uchun berishga
alohida hollarda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qaroriga binoan yo‗l qo‗yiladi.
59
O‗sha manba.//Xalq so‗zi.2017 yil,10 dekabr.
195
Respublika bo‗yicha 2018-yil 1-yanvar holatiga ekin yerlar jami
Do'stlaringiz bilan baham: |