157
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‗armasiga ixtiyoriy ravishda badallar to‗langan
taqdirda
davlat ijtimoiy sug‗urtasidan o‗tkazilishi lozim. Dehqon xo‗jaligining
barcha a‘zolari uchun O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga badallar to‗lab
borayotgan dehqon xo‗jaligi a‘zolarining mehnat faoliyati hisobini dehqon
xo‗jaligi boshlig‗i yuritadi.
Dehqon xo‗jaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sug‗urtasi bo‗yicha
badallar to‗langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‗armasining tuman (shahar) bo‗limida
mehnat daftarchasini
belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda mehnat stajiga qo‗shiladi.
Qishloq xo‗jaligi kooperativida (shirkat xo‗jaligida), boshqa qishloq
xo‗jaligi yoki o‗rmon xo‗jaligi korxonasida,
muassasasida, tashkilotida
ishlayotgan dehqon xo‗jaligi a‘zosining mehnat faoliyati hamda davlat
ijtimoiy sug‗urtasi bo‗yicha badallar to‗lashi hisobini
yuritish tegishincha
mazkur kooperativ (shirkat xo‗jaligi), korxona, muassasa va tashkilot
tomonidan amalga oshiriladi.
Dehqon
xo‗jaligi a‘zolarining ushbu huquqi O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli
qarori bilan tasdiqlangan ―Chet elda ishlayotgan O‗zbekiston Respublikasi
fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‗lmaydigan shaxslarning
ayrim toifalari tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga sug‗urta
badallari
to‗lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan
ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‗g‗risida‖gi
nizomda yanada aniqlashtirilgan.
Unga ko‗ra, dehqon xo‗jaligi boshlig‗i Pensiya jamg‗armasiga
sug‗urta badallarini majburiy ravishda to‗laydilar. Bunda dehqon xo‗jaligi
a‘zosi o‗zi uchun o‗zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan
ta‘minlanishning miqdoridan kelib chiqib, Pensiya jamg‗armasiga sug‗urta
badallari
miqdorini mustaqil ravishda, biroq O‗zbekiston Respublikasi
Soliq kodeksining 311-moddasida belgilangan sug‗urta badallarning eng
kam miqdoridan kam bo‗lmagan miqdorida belgilaydi.
Dehqon xo‗jaligi a‘zosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a‘zosiga
pensiya tayinlashda ish stajiga Pensiya jamg‗armasiga sug‗urta badallari
to‗lanmagan davrlar qo‗shilmaydi.
Dehqon xo‗jaligi a‘zosi faoliyati to‗g‗risida mehnat daftarchasiga
tegishli yozuvlar dehqon xo‗jaligi a‘zosining doimiy yashash joyi bo‗yicha
158
Pensiya jamg‗armasi bo‗limi tomonidan kiritiladi. Agar dehqon xo‗jaligi
a‘zosi Pensiya jamg‗armasiga sug‗urta badallarini to‗lagunga qadar
mehnat daftarchasiga ega bo‗lmagan bo‗lsa,
mehnat daftarchasi blanki
aholi bandligiga ko‗maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan,
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi.
Dehqon xo‗jaligi a‘zosiga pensiya tayinlash uchun ish stajini
hisoblab
chiqishda
O‗zbekiston Respublikasi
Soliq kodeksining
311-moddasida belgilangan Pensiya jamg‗armasiga sug‗urta badallari
miqdori to‗langanda ish stajiga bir yil qo‗shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: