257
ko’proq uning normal rivojlanishini kuzatishi kerak bo’ladi.
Shunga qaramay, ta’lim-tarbiya, sog’liqni sakdash, turar-joy qurilishi va ijtimoiy
ta’minot ko’pincha davlat aralashuvi talab qilinadigan muayyan sohalar sirasiga kiradi.
Beqaror jamiyatda barqaror iqtisodiyotni va barqaror siyosiy tartibni o’rnatish mumkin
emas.
Fuqarolik jamiyati davlat bilan o’zaro aloqada mavjud bo’ladi, rivoj topadi va o’z
vazifasini bajaradi. Ularning munosabatlarida to’qnashuvlar bo’lishi ehtimoli bor. Lekin har
qanday holatda ham «mahkama», «organlar» va ularning «agentlari» odamlarning shaxsiy
hayotiga aralasha olmaydilar yoki ularga nayrang ishlata olmaydilar. Yana bir bor
ta’kidlamoqchimiz: fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qutblar singari bir-birlariga
qarama-qarshi turmay, uyg’un ravishda o’zaro ta’sir etishlari kerak.
Shunday qilib, bayon etilganlardan kelib chiqqan holda, fuqarolik jamiyatini
davlatdan tashqari va siyosatdan tashqari munosabatlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy,
axloqiy, ma’naviy, oilaviy, diniy munosabatlar) yig’indisi deb ta’riflash mumkin. Bu
munosabatlar erkin individ-mulkdorlar va ular birlashmalari o’ziga xos manfaatlari-ning
maxsus sohasini tashkil etadi.
Mazkur holatda «davlatdan tashqari» va «siyosatdan tashqari» birikmalarini ularning
mutloq tarqokligi ma’nosida emas, balki davlatning o’zboshimcha aralashuviga nisbatan
mustaqillik, avtonomlik, ehtiyot chorasini ko’rib qo’yish sifatida tushunish kerak.
Ayni paytda, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat - bir-biridan ajratib olingan va
ayrim holatdagi qismlar emas, balki o’zaro chambarchas bog’liq tizimlardir. Zero, davlat -
jamiyatni tashkil etish shakli va faqat jilla bo’lmaganda shuning uchun ham ular
ajralmasdir.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining vujudga kelishi - hal etilishi ko’plab omillar va
shart-sharoitlarga bog’liq bo’lgan asosiy va uzoq davom etuvchi vazifadir. Shuning uchun
ham respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisning olchinchi sessiyasidagi nutqida quyidagilarni
ta’kidlashni zarur deb topganligi bejiz emas: «Biz shuni yaxshi bilamizki, zarur bazani -
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy bazani yaratmay turib, odamlarning ongini tegishli darajada
shakllantirmay turib, qisqa davr ichida bu maqsadlarga erishishning iloji yuq»
41
Respublika mustakillikni qo’lga kiritganidan buyon nisbatan qisqa muddat o’tganiga
qaramay, har qalay, hozir amalga oshirilayotgan islohotlarning butun borishi og’ir-oqibatda
ko’zlangan maqsadga erishishga - rivojlangan bozor infratuzilmasiga ega bo’lgan fuqarolik
jamiyatini, demokratik jamiyatni, ijtimoiy adolat jamiyatini barpo etishga olib boradi.
Insonning tabiiy huquqdarini, shaxs erkinligini, mulkchilik shakllarining xilma-
xilligini, huquqiy davlat g’oyalarini, siyosiy fikrlar xilma-xilligani e’tirof etish, xususiy
tashabbusni rivojlantirish - fuqarolik jamiyati yo’lidagi bizning dastlabki odimlarimiz mana
shulardan iborat. Bundan quyidagi muhim xulosa kelib chiqadi: fuqarolik jamiyatini
ta’limot, g’oya, jarayon sifatida va intilishimiz yuksak bo’lgan reallik sifatida farqlay bilish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: