O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

modellash 
metodini 
alohida ko’rib chiqish joiz. Uning asosida o’xshashlik g’oyasi, turli xil ob’yektlar 
o’rtasida o’zaro bir xil mutanosiblik qaror topishi mumkin, degan taxmin yotadi. Unga 
ko’ra, bunday mutanosiblik o’sha ob’yektlardan birining tavsifi (modeli)ni bilib olish asosida 
boshqasi (asli) haqida yetarli anshdshk bilan mulohaza yuritish imkonini beradi. 
Bundan tashqari, davlat va huquq nazariyasi mavzuining muttasil kengayib va 
murakkablashib borish tamoyiliga ega akamliga uni tadqiqotlarning barcha aniq va jiddiy 
metodlariga murojaat yetishga majbur qiladi. Bularga 
matematik, matematik-
statistika va shunga o’xshash metodlar 
kiradi. Mazkur metodlar davlat va huquqni 
aniq tadqiq yetishda o’z samarasini ko’rsatdi. Lekin ulardan foydalanish kompyuter 
texnikasining mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bu esa, o’z navbatida daliliy, ko’p miqdordagi 
faktik ma’lumotlarni ishlashni tezlashtirish imkonini beradi. 
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi metodi o’z tuzilishiga ko’ra murakkabdir. 
Yuqoridagilardan ishonch hosil qilginimizdek, u davlat-huquq hodisalarini bilishning 
umumfalsafiy, umumilmiy va alohida metodlari, vositalarning yahli t tizimidan 
iborat. 
Yana bir jihatni ta’kidlash va yaxshilab tushunib olish muhimki, u ham bo’lsa - 
metodologiya hech qachon dastlabki Ko’rinishicha doimiy o’zgarmas holatda qolishi 
mumkin emas. U muttasil boyib, rivojlanib boradi, bu holat bizga tadqiqot mavzui - doimiy 
rivojlanishda bo’lgan davlat va huquqni Yanada chuqurroq o’rganish imkonini beradi. 
Binobarin, davlat va huquq nazariyasi haqidagi masala -davlat va huquq hodisalarini 
tadqiq yetishning muayyan nashriy tamoyillari, mantiqiy metodlari, maxsus vositalari 
majmui haqidagi masaladir. 
 
4-§. Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rni va roli 
Davlat va huquq nazariyasi alohida o’z bahs mavzuiga ega bo’lib, huquqshunoslikka 
oid va oid bo’lmagan boshqa ijtimoiy fanlar tizimida o’ziga xos o’rin tutadi. Biroq bu o’ziga 
xoslik uning jamiyat haqidagi bilimlarning yahli t va murakkab tizimida qandaydir imtiyozli, 
boz ustiga alohida ustuvor mavqega ega bo’lishini anglatmaydi. Moddiy va ma’naviy 
dunyoning birligi fanlarning ham mushtarakligini taqozo etadi. Aynan shuning uchun ham 
ijtimoiy, tabiiy va aniq (texnika) fanlar o’rtasida o’zaro mustahkam bog’liqlik mavjud. 
Tarixdagi keskin burilishlar davrida ijtimoiy fanlarning mavqei ayniqsa oshib boradi. 
Biz hozir ana shunday murakkab bir davrda yashamoqdamiz. O’zbekiston Fanlar 
akademiyasining umumiy majlisida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
olimlarimiz, birinchi navbatda, ijtimoiy fan vakillari oldida turgan ulkan vazifalar haqida 
to’xtalib: «Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy davlatchilikni shakllantirish, 
huquqiy demokratik davlatni barpo yetish va fuqarolar jamiyatini qaror toptirishdek ulug’ 
orzu-umidlar bilan yashar ekanmiz, ijtimoiy fanlar sohasidagi ilmiy izlanishlar va ularning 
natijalariga alohida e’tibor bermaslik mumkin emas»
15
, - deb ta’kidladi. 
Albatta, bugungi ijtimoiy hayotning tub masalasi - davlat haqidagi, huquq 
to’g’risidagi masaladir. Ijtimoiy fanlarning bunday mavqei, ular ijtimoiy shart-sharoitlarning 
o’zgarishi qonuniyatlarini o’rganib, ijtimoiy voqelikni qayta qurish yo’nalishlarini asoslash, 
jumladan, aniq, tabiiy ilmiy bilimlar uchun ham ilmiy asoslangan bashoratlar berishlari 
bilan bog’liqdir. O’z navbatida, tabiatni bilishdagi, texnika fanlaridagi kashfiyotlar yoxud, 
aksincha, ulardagi muvaffaqiyatsizliklar va xatoliklar jamiyatshunoslik barcha 
tarmoqдarining rivojiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Masalan, tabiatga vahshiylarcha 
munosabat natijasi sifatida Orolning fojeali taqdiri hammaning yodida. Endilikda 
15
Каримов И.А. Истиқлол ва маьнавият. -Т., ««O’zbekiston», 1994, 58-bet. 


15 
texnokratik yondashuvlardan, tabiat ilmi fanlarining o’z qobig’iga o’ralib qolib kyetishidan 
voz kechish zarurligini ko’pchilik yaxshi tushunadi. Hozir yirik tabiiy-ilmiy muammolar 
echimini ishlab chiqishga iqtisodchilar, sotsiologlar, faylasuflar, huquqshunoslar, 
ruhshunoslar, tarixchilar hamda ijtimoiy fanlar sohalarining boshqa vakillari ham tobora 
ko’proq jalb etilyapti. 
Tabiiyki, ilmiy bilimlar mushtarakligi, fanlar integratsiyasi ularning ma’lum o’zaro 
farqlarini mutlaqo inkor etmaydi. Har bir fan tabiat yoxud jamiyatdagi hodisalarning 
muayyan doirasini o’rganadi va shuning o’zi fanlar mavzu doirasini tashkil etadi. 
Chunonchi, davlat va huquq nazariyasi o’z bahs mavzuiga ega bo’lib, 
huquqshunoslikka aloqador bo’lgan va boshqa ijtimoiy fanlar tizimida tegishli o’rinni 
egallaydi. Shuning uchun davlat va huquq nazariyasini, bir tomondan, yuridik bo’lmagan 
fanlar va ilmlar (iqtisodiyot, falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, etnografiya) bilan, 
ikkinchi tomondan - yuridik (davlat va huquq tarixi, siyosiy ta’limotlar tarixi, sohaviy 
yuridik) fanlar bilan o’zaro munosabatini aniqlash to’la asoslidir. Bu ushbu fan mavzu 
doirasini aniqroq belgilab olish va, demakki, uni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. 
Davlat va huquq nazariyasining yuridik bo’lmagan ijtimoiy fanlar bilan munosabatini 
o’rganishni barcha fanlarning «ona»si deb ataladigan falsafadan boshlaymiz. Albatta, bu 
yyerda hech ham mubolag’a yo’q. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish