Bog'liq 705-сон 22.11.2021. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
2-§. Bitiruvchilarni ishga qabul qilish va ularning mehnat faoliyatini tashkil qilish 62. Bitiruvchilar ishga taqsimlanganidan keyin bir oydan oshmagan muddatda to‘rt
tomonlama shartnomada ko‘rsatilgan ish joyida hozir bo‘lishlari va mehnat faoliyatini boshlashlari
shart.
63. Ish beruvchi to‘rt tomonlama shartnomaga va ishga yo‘llanmaga muvofiq bitiruvchi bilan
tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi.
64. Ish beruvchi bitiruvchi ish joyida hozir bo‘lib, mehnat faoliyatini boshlaganidan so‘ng besh
kun muddat ichida Ishga joylashish uchun yo‘llanmalar yagona reyestriga bu haqida tegishli
ma’lumot kiritadi.
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchining ishga kelgani va joylashgani haqidagi ma’lumotlar Ishga
joylashish uchun yo‘llanmalar yagona reyestriga kiritilganidan so‘ng har bir bitiruvchi hisobini
yuritib borishi shart.
65. Bitiruvchining uch yillik uzluksiz ishlab berish muddati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
yo‘llanma berilgan hududdagi turli tashkilotlarda va lavozimlarda ishlash muddati;
muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tash muddatlari.
Ijtimoiy mehnat ta’tili muddati uch yillik uzluksiz ishlab berish muddatiga kiritilmaydi.
66. Taqsimot bo‘yicha uzluksiz ishlab berishga yuborilgan bitiruvchi ishga joylashgandan
so‘ng ish beruvchi unga tegishli mehnat sharoitlarini yaratadi, zarur hollarda turar joy bilan
ta’minlash choralarini ko‘radi.
67. Bitiruvchining uch yillik uzluksiz ishlab berish muddati tugagandan so‘ng ishni davom
ettirish haqidagi masala mehnat sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish beruvchi va
xodim o‘rtasida o‘zaro kelishuvga asosan hal etiladi.
68. Bitiruvchi uzluksiz ishlab berish muddati davomida u taqsimot bo‘yicha yuborilgan
tashkilot tugatilsa, mehnat shartnomasi (kontrakt) ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinsa,
bitiruvchi hududiy adliya organini uch kun ichida xabardor qilishi shart. Hududiy adliya organining
murojaati bo‘yicha taqsimot komissiyasi tegishli hududdagi boshqa tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish
o‘rinlariga ular taqdim etgan talabnomalar asosida bitiruvchini taqsimlashni amalga oshiradi.
69. Ushbu Nizomga muvofiq uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlangan bitiruvchida uzluksiz
ishlab berish joyini o‘zgartirish uchun asosli sabablar vujudga kelgan taqdirda (nikoh tuzish, doimiy
yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib ketish va boshqalar) bitiruvchi taqsimot
komissiyasiga uzluksiz ishlab berish joyini o‘zgartirish uchun tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim
etgan holda murojaat qilishga haqli.
Taqsimot komissiyasi o‘n besh kun ichida bitiruvchining murojaatini va taqdim etilgan
tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha bitiruvchiga majburiy ishlab berish uchun
boshqa joyni ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilab beradi.
70. Mazkur Nizomga muvofiq bitiruvchi mehnatga layoqatsizligi tufayli uzluksiz ishlab
berolmagan holatlarda uning keyingi mehnat faoliyati to‘g‘risidagi qaror taqsimot komissiyasi
tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.