qabul qiluvchi tashkilot — talabalar tomonidan amaliyot (stajirovka) o‘talayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organ, advokatlik tuzilmasi, xo‘jalik boshqaruvi organi, tijorat tashkiloti, nodavlat notijorat tashkiloti, moliya-bank va boshqa muassasalarning yuridik xizmati;”.
2. 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur Nizomning ishchi-o‘quv rejasiga tegishli qoidalari, Toshkent davlat yuridik universitetida o‘quv rejasiga nisbatan qo‘llaniladi.”.
3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Amaliyot (stajirovka) uzluksiz hamda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yo‘li orqali amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotning barcha turlari va stajirovka ishchi o‘quv dasturida nazarda tutilgan muddatlarda o‘tkaziladi.
Agar OTM tomonidan boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nazariy ta’lim bilan navbatlanish yo‘li orqali o‘taladigan amaliyot (stajirovka)ga mazkur Nizom qoidalari qo‘llaniladi.”.
4. 4-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
5. 5-bandda:
birinchi xatboshidan “huquqiy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
6. 6-bandda:
uchinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
7. 7-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
8. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin.
“9. Amaliyot (stajirovka) o‘tash yakunlangach, talaba tomonidan amaliyot (stajirovka) o‘tash to‘g‘risida hisobot tayyorlanadi va topshiriladi.
Amaliyot (stajirovka) o‘tash to‘g‘risidagi hisobotda bajarilgan ish, o‘rganilgan huquqni qo‘llash amaliyoti, shuningdek olingan bilim va ko‘nikmalar aks ettiriladi. Hisobot talaba tomonidan imzolanadi hamda qabul qiluvchi tashkilotdagi amaliyot rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi.”.
9. 10-banddagi “kundaligiga” degan so‘z “o‘tash to‘g‘risidagi hisobotga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “kundaligini to‘ldirish” degan so‘zlar “o‘tash to‘g‘risida hisobot tuzish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “dastlabki uch kunida” degan so‘zlar “boshida” degan so‘z bilan almashtirilsin.
11. 17-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “kundaligini” degan so‘z “o‘tash to‘g‘risidagi hisobotini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Amaliyot (stajirovka) tugaganidan keyin talaba amaliyot (stajirovka) bo‘yicha imtihonni o‘tkazish kunida OTMdagi amaliyot (stajirovka) rahbariga amaliyot (stajirovka) o‘tash to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.”.
13. 25-bandning o‘ninchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
14. 27-bandda:
yettinchi xatboshidagi “va amaliyot (stajirovka) kundaligining yuritilishi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
o‘ninchi xatboshidagi “kundaligini” degan so‘z “o‘tash to‘g‘risida hisobotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Amaliyot (stajirovka) yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho olinishi talabani akademik qarzdor sifatida tegishli o‘quv kursida qoldirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Uzrli sabablarsiz amaliyot (stajirovka)ga kelmaslik o‘quv intizomini buzish sifatida talabani belgilangan tartibda OTM talabalari safidan chetlashtirilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |