4.82-гяят.
I J 3 4 5 i 7 I » 10 11
1
4.83-rasm.
Shunday qilib, biz ixtiyoriy funksiyaning berilgan oraliqdagi grafigini Excel da chizish algoritmi bilan tanishdik.
218
§. Natijalarni chop etish
Excel da hosil qilinadigan deyarli barcha ishchi jadval „Лист“ lari hisobotlar uchun chop etiladi. Ozgina mehnat hisobiga bu hisobotlaming ko'rinishini juda yaxshi holga olib kelishi mumkin
Hujjatlarni tez chop etish. Joriy ishchi jadval „Лист“ lari- dagi ma’lumotlami tezda chop etishda standart asboblar pa- nelidagi Ц tugmachadan foydalaniladi. „Sichqoncha“ning chap tugmasi bilan bu tugma bir marta bosilganda, u joriy ishchi jadval „Лист“ ini printerga uzatadi.
Excel da ma’lumotlami chop etish uchun:
Файл menyusidan Печать buyrug'ini tanlang yoki Ctrl+P tugmalarini birgalikda bosing. Ma’lumotlami chop etishda Файл menyusining Параметры страницы buyrug‘idan ham foydalanish mumkin.
Bu ikki oynada ham oldindan ko'rish (Предварительный просмотр) tugmasi mavjud bo'lib, uning yordamida chop eti- ladigan huijatning ko‘rinishlni ekranda ko‘rib olish mumkin. Печать buyrug‘1 tanlanganda hosil bo‘ladigan Печать muloqot oynasi deyarli Word dagidek bo’lib, undagi bo'limlar sizga oldingi paragraflardan tanish.
Печать va Параметры страницы muloqot oynalarining Просмотр bo'limi Предварительный просмотр buyrug'ida ochiladigan oynadan iborat. Bu oyna yordamida chop etishga doir bir qator parametrlarni o'matish mumkin. Bulardan biri kolon- titullardir Excel da kolontitullarni Word dagidek Вид menyusining Колонтитулы buyrug'i yordamida, xuddi shuningdek, Просмотр oynasining Страница bo'limidagi Колонтитулы oynasi yordamida o'matish mumkin.
Yuqori va quyi kolontitullar — har bir chop etiladigan sahifaning yuqori va quyi qismida joylashgan ma’lumotlar satri. Kolontitullar uch qismdan iborat bo'ladi: chap, markaziy va o‘ng. Masalan, shunday yuqori koiontitul hosil qilish mumkinki, uning chap qismida sizning ismingiz, markazida — „Лист“ nomi, o'ng qismida esa — sahifa nomeri joylashgan bo'lsin.
Siz ochilgan ro’yxatlaming birini tanlaganingizda, Excel ekranda tayyor kolontitullarning ro'yxatini hosil qiladi. Agar
219
ulardan biri ma’qul bo'lsa, shu ro‘yxatdan tanlashingiz mumkin, aks holda, siz o‘z kolontitulingizni hosil qilishingiz mumkin. Yaxshisi, siz hosil qilmoqchi bo'lgan kolontitulga o‘xshagan kolontitulni tanlang. Main va kodlarni umum- lashtirish, har bir qismiga xohlagancha kodlar qo'yish mumkin. Bundan tashqari, kolontitulda ixtiyoriy o‘lchamdagi xohlagan shriftlardan foydalanish mumkin. O'zgartirmoqchi bo'lgan matnni belgilang va shrift tugmasini „sichqoncha“ yordamida bosing. Excel Шрифт muloqot oynasini hosil qiladi va siz undan keragini tanlang. Agar shrift o‘zgartirilmasa. Normal shablonda o'matilgan shrift stili qoladi. Kolontitullarda ixtiyoriy sondagi satrlar bo'lishi mumkin. Yangi satrga o'tish uchun Alt+Enter tugmalarini birgalikda bosing.
Siz hosil qilgan kolontitul Колонтитулы muloqot oyna- sining quyi qismida ochilgan ro‘yxatda hosil bo'ladi. Ishchi kitobda faqat bitta yuqori yoki quyi kolontitulni tahrir qilsangiz, u ochiladigan ro‘yxatdagi eski yuqori kolontitulning o'rniga yoziladi.
Chop etishdan oldin ko‘rish. Excel da oldindan ko'rish vositasi chop etiladigan ma’lumotlarning obrazini ekranda ko'rish imkonini beradi. Bu juda qulay imkoniyat bo‘lib, natijada sizda chop etish parametrlarini tanlash evaziga qog‘ozni iqtisod qilish imkoni tug'iladi. Oldindan ko'rish holatiga o‘tishning bir necha usuli mavjud:
Файл, Предварительный просмотр buyruqlarini tanlash yoki tugmasini bosish. Oldindan ko'rish oynasining yuqori qismida ko'rishni boshqaruvchi bir qator tugmachalar joy- lashgan.
220
V bob. Internet
XXI asrda jamiyatimizga kirib kelgan va insoniyat tasawurini butunlay o‘zgartirib yuborgan tushunchalardan biri INTERNET so‘zidir. Bu so‘z nafaqat yoshlami, balki keksalar- ni ham o'ziga jaib etmoqda. Gaplashib turgan ikki cholning suhbatiga bexosdan quloq tutib, quyidagilarni eshitdim: chollardan biri bugun yomg'ir yog‘sa kerak desa, ikkinchisi yo‘q, havo bugun issiq bo'larmish, nabiram Internetda ko‘ribdi, deb sherigini g‘urur bilan xotirjam qilib qo‘ydi. Go'yoki bu chol Internetdan foydalanishni biladi. Ko‘p hollarda xorijda o'qiyotgan nabirasi yoki farzandi bilan Internet orqali bir-birini ko'rib gaplashgan ota-onalarning suhbatiga guvoh bo‘lamiz. Shoshilib ketayotgan ikki talabadan biri, albatta, Internetga shoshayotganligini ta’kidlaydi. Qo‘l telefoni xarid qilmoqchi bo‘lgan yoshlar bir-biridan Internetda ko‘rdingmi, narxi qancha ekan deb so*rasa, boshqasi buvisiga kerakli dorilarni qaysi dorixonada va hatto, narxi qanchaligini ham aytadi. Xo‘sh, shunchalik bitmas tuganmas ma'lumotlarga va imkoniyatlarga ega bo'lgan Internetning o‘zi nima?
5.1-§. Internet nima?
Biror biladigan kishidan Internet haqida so'rasangiz, u sizni qoniqtiradigan javob herishi mumkin, lekin xulosa qilishga shoshilmang. Boshqa biror mutaxassisga ham shu savol bilan murojaat qiling yoki bu savolni ko'pchilikdan so'rab ko'ring. Har doim Internet haqida yangi-yangi ma’lumotlarga ega bo‘la- siz. Nahotki bu sodda so‘zning ma’nosi shunchalik keng bo‘lsa’ Haqiqatan ham, Internet shunchalik keng va qamrab bo‘i- maydigan tushunchaki, u haqda qancha ko‘p ma’lumot olsan- giz, shuncha fikringiz boyib boradi. Quyida Internetning bir- birini to‘ldiruvchi ikki ta’rifini keltiramiz.
• Tashkiliy strukturasi. Internet — jahon kompyuter tarmog'i. U minglab lokal kompyuter tarmoqlarining (universitet, regional va h. k.) o‘zaro ulanishidan tashkil topgan, shuningdek, aiohida-alohida aloqa kanallari orqali tarmoqqa ulangan kompyu- terlardan iboratdir.
221
• Mantiqiy strukturasi. Internet — cheki yo‘q axborotlar fazosidir. Yer sharining turli burchaklarida joylashgan millionlab kompyuterlardagi ma’lumotlarning birlashishi Internet tarmog'i- dan foydalanuvchilarga bitmas-tuganmas axborotlardan foyda- lanish imkoniyatini yaratadi.
„Internet“ so'zi bilan birga, Global tarmoq, Jah on tarmog‘i, Tarmoq degan so‘zlar ham keng qo‘llaniladi. Bu so‘zlar Internet so'zining sinonimlaridir. Kompyuter tarmog‘i ikkita yoki bir qancha kompyuterlarning biror aloqa kanali yordamida o'zaro ulanishidir (5.1-rasm).
Tarixiy ma’lumotlar
1969-yilda Pentagon mutaxassislari to-
monidan Advanced Research Project Agen-
cy Network (Arpanet) kompyuter tarmog‘i
yaratildi.
yilda Arpanet ga AQSH ning harbiy
bo'lmagan muassasalari ham ulandi.
yilda Angliya va Norvegiya bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |