O‘zbekiston respublikasi 0L1y va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 4,11 Mb.
bet2/73
Sana04.02.2023
Hajmi4,11 Mb.
#907767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
QQQQQQQQQQQQQQQQQQQQQ

20;f^â
A

nomidagi




O’zbekiston MK


© «0‘fliluvchi» nashriyoti, 2003
© «O‘qltuvchi» NMIU, 2013
© ChoMpon nomidagi NMIU, 2013







SOZBOSHI


Akademik litsey va kasb-hunar kollejiari uchun yozilgan „Informatika va axborot texnologiyalari“ nomli darslik o‘zbek tilida besh marta va rus tilida uch marta qayta nashr etildi Sizga ma’lumki, informatika va axborot texnologiyalari juda tez va jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan sohalardan biridir. Yuqorida nomi qayd etilgan darslik informatika va axborot texnologiyaiarining asosiy tushunchalarini o‘z ichiga olishiga qaramasdan, undagi ba’zi bir ma’lumotlar, atamalar va ayrim tushunchalar hozirgi kun talabidan orqada qolmoqda yoki o'quvchilar uchun ulaming ayrimlarini o'rganishga ehtiyoj sezilmayapti. Shular va bu sohada sodir bo‘layotgan o'zgarishlar e’tiborga olinib, darslikdagi ayrim boblar olib tashiandi, ayrimlari esa butunlay qayta ishlandi va to'ldirildi, yangi boblar kiritildi.
Jumladan, „Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta'minoti“ nomli I-bobolib tashiandi. Bu bobning asosiy ma’lumotlari DOS operatsion tizimiga tegishli ma’lumotlar bo‘lib, unda DOS ning asosiy buyruqlari keltirilgan edi. Bu sohaga qiziquvchi o'quvchilar ushbu ma’lumotlarni kitobning oldingi nashrlaridan olishlari mumkin, chunki undagi ma’lumotlar eskirmaydi.
Xuddi shuningdek, „Norton Commander“ nomli ikkinchi bob ham olib tashiandi. Chunki hozirgi kunda bu dasturning Windows tarkibida ishlaydigan yangi ko'rinishlari paydo bo'lgan. Ammo bu yangi dasturning tavsifi kitobga kiritilmadi, chunki ko‘plab o'quvchilar Windows tizimida ishlashga ko‘nikib qolganlar.
Kitobning uchinchi bobi, ya’ni „Windows operatsion tizimi“ o rniga Windows XP kiritildi.
Darslikning „Word main muharriri“ nomli to‘rtinchi bobi Word 2003 bilan almashtirildi, mazkur muharriming yangi im- koniyatlari bilan boyitildi.
Kitobning beshinchi bobi taqdimotlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, unda PowerPoint Office 2003 ga tegishli ma’lumotlar hamda uning qo'shimcha imkoniyatlari kiritildi.
Darslikning oltinchi bobi elektron jadvallarga oid dastur Ex­cel Office 2003 bilan to‘lig‘icha qayta o'zgartirildi. Unga yangi ma’lumotlar kiritildi va u misoliar bilan boyitildi. Bu dastur juda keng qo'llanilganligi tufayli dasturning tavsifi yana ham kengay- tirildi. Excel da iqtisodiy va matematik masallami yechish, standart funksiyalardan kengroq foydalanish va gistogrammalar chizish usullariga alohida e’tibor qaratildi.


3




Darslikka kiritilgan yangi boblardan bin Internet tizimi bilan bog‘langan. Ma’lumki, hozirgi zamonni Internetsiz tasawur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham kitobga bu yangi bob kiritildi va unda Internetga tegishli asosiy tushunchalar berildi.
Darslikka kiritilgan yana bir yangi boblardan biri „HTML tili va Ñamo Web Editor 5.5 mubarriri“ deb ataladi. Sizga ma’lumki, Internetdagi ma’lumotlarni ko’rish va undan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratilgan. Masalan, Netscape Navigator, In­ternet Explorer va h.k, Internetdagi ma’lumotlarni qidirishni yana ham osonlashtirish uchun maxsus qidiruv dasturlari ham mav- jud. Bulardan foydalanish o’quvchi uchun uncha katta qiyinchilik tug’dirmaydi.
Internetdagi ma’lumotlarni ko‘rishdan ham qiziqroq va mu- himroq narsa borki, bu Internetga o‘zingiz yoki biror faoliyatin- giz haqida ma’lumot kiritishdan iboratdir. Bunga elekiron va multi- mediyali darsliklar yaratish ham kiradi. Bir so‘z bilan aytganda o’zingizning veb-sahifangizni yaratish va uni Internetga joylash- tirish juda muhim hisoblanadi. Vaholanki, bu ma’lumotlarni kiri- tish uchun ulami maxsus tilda, ya’ni HTML tili yordamida yoki veb-sahifalarni tayyorlaydigan maxsus dasturlardan birida yozishga to'g'ri keladi. Shu maqsadda bu bobda HTML tili va Ñamo Web Editor 5.5 muharririning tavsifi keltirilgan. Ñamo Web Editor 5.5 muharriri sodda veb-muharrirlardan biri bo'lib, foydalanishga juda qulaydir. Bu dasturni quyida qayd etilgan elektron pochtaga muro- jaat qilib olishingiz mumkin.
Ma’lumki, Internetga joylashtiriladigan ma’lumotlarni yana ham jozibali qilishda maxsus veb-dizayn dasturlaridan foydala- niladi. Masalan, Photoshop, Macromedia Flash MX va h.k. Dars- likda hozirgi paytda keng tarqalgan dasturlardan biri Photoshop dasturining tavsifi keltirilgan.
Shunday qilib, mazkur darslik 7 bobdan iboratdir. Darslikni tayyorlashda o’zining qimmatli vaqtlarini ayamasdan yordam va maslahat berganliklari uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti „Matematik modellashtirish va informatika“ kafedrasi- ning xodimlariga, jumladan, Sh. Umarova, D. Akobirxo’jayeva, M. Rahmatov, A. Bo'riyev va boshqalarga o‘z minnatdorchiligim- ni bildiraman. Kitobdagi kamchiliklar va takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirgan o'quvchilarga oldindan rahmat aytib, ularning fikrlariniabsattarov@rambler.ru nomli o‘z elektron pochtamda kutib qolaman.
Muallif A. Sattorov



Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish