Savol va topshiriqlar:
Xususiy metodlar hamkorligi haqida tushunchangizni ga- piring.
Metodlar pluralizmi nima?
Metodlarning garmonik yaxlitligi deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar
Fe03eH6epr B. h3hkh h c]?hao coccus. HacTb n ueAoe. - M., 1989.
4>ah3yAAaeB O. Ma-bpH^aT. 2005 hha 16 anpeAb.
IIpHroxcHH H., CTenrepc H. IlopHAOK H3 xaoca: Hobwh AHaAor HeAOBexa c npnpoAOH. - M.,1986.
AHApeeB H./b O MeTOAax HayaHoro no3HamiH. - M., 1964.
rioAKopbiTOB r.A. CooTHomeHHe AnaAeKTHaecKoro MeTOAa c aacTHbiMH MeTOAaMH / / Bonpocbi 45haococ|)hh. 1968. Na6.
n.KoBaa-paHaee. MeTOAOAoraa h ee poAb b cncTeMe Hayx. AKfl- - M., 1968. C.8.
06mee H3bixo3HaHKe. MeTOAbi AHHrBHCTHuecxnx HCCAe- AOBaHHH. - M., 1973.
MAVZU: TILNI 0‘RGANISH METODLARI
Reja:
Tavsifiy metod.
Qiyosiy metod.
Tayanch so‘z va iboralar: falsafiy va mantiqiy metod, umumilmiy metod, tavsifiy metod, qiyosiy-tarixiy metod.
Obyektni bilish jarayonida tadqiqotchi unga muayyan metodologiya va tekshirish metodi asosida yondashadi. 0‘rganilayotgan obyektni qay darajada obyektiv izohlash tadqiqotchining qanday metodologiya va tadqiqot metodiga tayanishiga bog‘liq. Shuning uchun har qanday fanda metodologiya va metod tayanch nuqta bo'lib xizmat qiladi.
Har qanday fan maxsus tadqiqot metodlarini ishlab chiqadi. Bu ilmiy tadqiqot metodlari falsafiy va mantiqiy metodlar bilan umumilmiy metodlar orqali muvofiqlashadi.
Xususan, tilshunoslikda qo'llaniladigan metodlar mate- matika yoki fizikada qo'llaniladigan metodlardan farq qiladi. Fizikada asboblar yordamidagi eksperiment metodi us- tuvorlik qilsa, tilshunos matn tahlili va uni umumlashtirish usulidan ko'proq foydalanadi.
Metod atamasi bilan metodika atamasi ko'p hollarda si- nonim sifatida ishlatiladi. Lekin metod va metodika bir-biridan farq qiladi. Metod bilish usuli bo'lsa, metodika bilish usulida qo'llaniladigan yol-yo'riqdir.
Metodologiya, umuman, ilmiy metod haqidagi talimot hamda xususiy fanlar metodlari haqidagi talimot, ya’ni bilish faoliyati yollari haqidagi talimot sifatida har qanday fan nazariyasi va amaliyotida katta ahamiyatga ega.34
Ko'rinadiki, metodologiya va metod tushunchalari o'zaro uzviy bog'liqdir. Xususiy fan metodlari bilan umumiy ilmiy metod bir-biri bilan munosabatdadir.
Bilish usullari umumiy va xususiy boladi. Shuning uchun u falsafiy metod, ya’ni umuman bilish usuli haqidagi metod va umumilmiy metodlarga bo'linadi. Birinchi holatda metodologiya u yoki bu falsafiy sistemaga xos bilish metodi tamoyillariga muvofiqligi sifatida tushunilsa, ikkinchi holatda esa metodologiya u yoki bu fan tarmog'iga xos tadqiqot metodlari haqidagi talimot sifatida tushuniladi.
Fan metodologiyasi bilish falsafiy metodining muayyan fan doirasida o'rganilayotgan obyekt xususiyatlaridan kelib chiqqan holda konkret qo'llanilishidir.
Falsafiy metod, ya’ni bilish metodi tabiat, jamiyat va tafakkurning umumiy qonuniyatlari haqidagi ta’limot sanaladi.
Umummetodologik tamoyillar turli fanlar bergan malumotlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Tilshunoslikda tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, struktur singari metodlar qo'llaniladi va ulardan qaysi birining ustuvor metodga aylanishiga ko'ra tilshunoslik tarixi ham turli bos- qichlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |