§ 3. Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari
Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli hal
qilishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish
iqtisodiy mustaqillikka erishish, milliy iqtisodiyotni barpo etish, iqtisodiy o’sishni
ta’minlashning muhim shartlaridan biridir. O’zbekiston iqtisodiyotining amaldagi
tarkibi sobiq Ittifoqdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi tamoyillari asosida
o’nlab yillar mobaynida shakllangan edi. Unda O’zbekistonga:
- arzon xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar va strategik mineral resurslar
yetkazib berish;
- sanoat markazlarida ishlab chiqarilgan tayyor mollarni sotishning keng
bozori mavqei ajratilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |