Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ta`kidlab o`tkanlaridek barcha ilg`or texnologiyalarning fundamental asosi fizikadir. Bugungi globallashuv zamonida elektronika fanining naqadar yuksalib borayotganiga guvohmiz.
Hozirgi davrda butun dunyo bo’ylab radioelektron qurilmalarga talab va ehtiyoj ko’payib bormoqda, shu bilan birgalikda bu soha mutaxasisslari ham ko’paymoqda.
Biz kundalik hayotda turli xil fizik hodisalar, qonuniyatlarga duch kelamiz. Hammamiz ham bu qonuniyatlarni tushuna olavermaymiz, shuningdek, deyarli e’tibor bermaymiz. Masalan fizikaning bir qismi bo`lgan radioelektronika asoslari fanining texnika va sanoatda naqadar ahamiyatli ekanligini ilg`ash qiyin emas albatta. Bu fanning ,, Mantiqiy elementlardan tuzilgan qurilmalar`` mavzusini yoritib berish kurs ishining dolzarbligi hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari
Fizika fanining Radioelektronika sohasiga tegishli bo’lgan “ Mantiqiy elementlardan tuzilgan qurilmalar” mavzusini va ishlash prinsipini yoritib berishdan iborat.
I BOB
RAQAMLIK TEXNIKANING MANTIQIY ASOSLARI
ILK MEXANIK MANBALAR
Hisoblash texnikasining ilk tarixini tahlil qilar ekanlar, xorijlik ayrim tadqiqotchilar kompyuterning qadimiy o‘tmishdoshi sifatida tez-tez “abak’ deb atalgan mexanik qurilmalarni aytib o‘tadilar. "Abakka" yondashish xato yondashishdan darak beradi, chunki abak avtomatik hisoblash xususiyatiga ega emas, kompyuter uchun esa bu belgilovchi (asosiy) xususiyatdir.
Abak - eng birinchi, ilk hisoblash qurilmasi bo‘lib, dastlab u tarnovlari bor sopol plastinka shaklida bo‘lgan. Tarnovlar ichiga raqamlarni namoyon qiluvchi toshlar taxlangan. Uning paydo bo‘lish davri eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikka to‘g‘ri keladi. Paydo bo‘lish hududi Osiyo hisoblanadi. Asrimiz o‘rtasida Yevropada abak kataklarga bo‘lingan jadvallar bilan almashtiriladi. Ular yordamida hisoblash chiziqlardagi hisoblar deb atalgan, Rossiyada esa XVI-XVII asrlarda hozir ham ishlatiladigan ilg‘or kashfiyot - qo‘l hisoblagichlari ham paydo bo‘ldi.
Shu bilan bir vaqtda hisoblashni avtomatik tarzda bajarishga ega bo‘lgan boshqa asbob, soat ham ixtiro etildi. Ishlash tamoyilidan qat’iy nazar, soatlarning hamma turlari (qum, suv, mexanik, elektr, elektron) vaqtning teng bo‘laklaridan so‘ng ko‘chishni yoki signallarni ishlab chiqarish (generatsiya qilish) va bunda r o‘y beradigan o‘zgarishlarni qayd qilish, ya’ni signallar va ko‘chishlarni avtomatik tarzda qo‘shib borish qobiliyatiga ega. Bu tamoyil hatto faqat qayd etuvchi uskunasiga ega bo‘lgan quyosh soatlarida ham (bunda generator nomini Yer-Quyosh tizimi bajaradi) kuzatiladi.
Mexanik soat - vaqtning berilgan teng intervallaridan so‘ng ko‘chishni avtomatik tarzda bajaruvchi uskuna va bu ko‘chishlarni qayd qiluvchi uskunadan iborat asbobdir. Eng dastlabki namunalari XIV asrga mansub va ular monastirlarga tegishli bo‘lgan (minora soatlari).
Har qanday zamonaviy kompyuterning asosida, xuddi elektron soatlarda bo‘lganidek, vaqtning teng intervallaridan so‘ng kompyuter tizimidagi hamma uskunalarni harakatga keltirish uchun ishlatiluvchi elektr signallarini ishlab chiqaruvchi taktli generator yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |