O`zbekiston resbublikasi xalq ta’lim vazirligi


Mustaqil ta`lim mavzulari



Download 0,59 Mb.
bet53/93
Sana04.03.2022
Hajmi0,59 Mb.
#482065
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93
Bog'liq
arxeologiy мажмуа 2021 (2)

Mustaqil ta`lim mavzulari.
Mustaqil ishning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
Arxeologik ekspediciyalar va ularning faoliyati
Tosh qurollari va ularning ishlanish uslublari
Qoya tosh suratlari, ularning mohiyati va ishlanish uslublari
Mezolit davri yodgorliklari
Neolit va eneolit davri yodgorliklari
Bronza davri yodgorliklari
So`nggi bronza davri yodgorliklari
Ilk temir davri yodgorliklari
O`zbekiston xududidagi ilk shaxarlar
Qadimgi davr madaniyati va uning rivojlanish xususiyatlari
O`rta asrlar davri madaniyati
Temuriylar davri madaniyati

Arxeologiya” fanidan ishchi o’quv fan dasturi talabalar mustaqil ishining bajarilishi kalendar tematik rejasi* (1 semestr)





Modul va mavzu nomi

Mashg’ulot turi

Ajratilgan vaqt

Talaba mustaqil ish mavzusi va mazmuni

Xisobot shakli


TMI uchun ajratilgan saot

Bajarilish haqida ma’lumot

Adabiyotlar

O’qituvchi imzosi

Rejalashtirilgan sana

Bajarilgan sana







1

Kirish. Arxeologiya fani va uning vazifalari

Ma`ruza

2

Arxeologik ekspeditsiyalar va ularning faoliyati



Yozma

6













2

Paleolit davri xususiyatlari.

Ma`ruza

6

Seleng`ur g`or makonini o`rganish

Yozma

6













3

Mezolit davri va uning o`rganilishi.

Ma`ruza

2

Machay g`or makonini o`rganish

Rasm chizish

4













4

Neolit davri va uning o`rganilishi.

Ma`ruza

4

Sazag`on makonini o`rganish

Yozma

6













5

Eneolit davri xususiyatlari

Ma`ruza

2

Sarazm madaniyatini o`rganish

Yozma

4













6

Bronza davri va uning o`rganilishi

Ma`ruza

4

Nomozgoh makonini o`rganish

Yozma

6













7

So`ngi bronza va ilk temir davri

Ma`ruza

6

Termiz makonini o`rganish

Slayt tayyorlash

4













8

Qadimgi davr madaniyati.

Ma`ruza

4

Zomonbobo madaniyati

Tarqatma materiyal

4













9

O’rta asrlar davri madaniyati.



Ma`ruza

6

Afrosiyob yodgorligini o`rganish

Yozma

4













1

Rossiya arxeologiyasi.

Amaliy

2

Arxeologik ekspeditsiyalar va ularning faoliyati



Refarat

4













2

Evropa arxeologiyasi.



Amaliy

2

Tosh qurollari va ularning ishlanish uslublari



Slayt tayyorlash

4













3

Amerika arxeologiyasi.



Amaliy

2

Qoya tosh suratlari, ularning mohiyati va ishlanish uslublari



Yozma

4













4

Sharqiy va janubiy Osiyo arxeologiyasi.



Amaliy

2

Mezolit davri yodgorliklari



Yozma

4













5

Afrika arxeologiyasi

Amaliy

2

O’zbekiston xududidagi ilk shaxarlar

Slayt tayyorlash

4































70












*Izoh: TMI hajmidan kelib chiqib o’quv jadvaliga haftasiga bir marta kunning ikkinchi yarmiga konsultatsiya darsi qo’yiladi


(TMI 48 soat / 34 hafta = 2s.)


Glosariy
Ekofakt”–– insonlarni qurshab turgan tabiiy-geografik muhit omillaridir. Inson tabiiy muhitga moslashib hayot kechiradi. Hayot tarzi uchun zarur bo’lgan narsalarni tabiatdan oladi va yashash tarziga xos madaniy izlar qoldiradi. Arxeologlar xuddi shu madaniy izlar orqali insoniyatning o’tmishini tiklaydi.
Artefakt”–– insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat ob’ektlari sanaladi, ya’ni turli mehnat, ov va jangovor qurollar, sopol buyumlar, turli hunarmandchilik va zargarlik buyumlari, tangalar, uy–joy qoldiqlari, qal’a, qasr va qo’rg’onlarning harobalari, qadimiy dalalar, ariq va kanallarning izlari, mozor–qo’rg’onlar va boshqalar.
Ibtidoiy davr arxeologiyasi - yozuvlargacha bo’lgan davr tadqiq qilinadi. Unda asosan mehnat qurollari va tabiiy muhitni o’rganish asosida ibtidoiy odamlarning butun bir yashagan davri qayta tiklanadi. Bugungi kunda uning alohida geoarxeologiya (tabiiy muhitni tuproq qatlami va tog’ jinslar orqali o’rganadilar) va palinologiya (tabiiy muhitni o’simlik changlari orqali o’rganadilar) kabi yo’nalishlari shakllangan.
Tarixiy davr arxeologiyasi - yozma manbalar bilan bog’liq bo’lgan davrlar tadqiq qilinadi. Bunda topilmalar yozma manbalar bilan solishtiriladi. Yozma manbalarda qayd qilinmagan yoki biror bir sabab bilan bo’rttirilib yozilgan tomonlarga aniqlik kiritiladi. Bu davr arxeologiyasining ham bir qator yo’nalishlari mavjud:
a) Antik davr arxeologiyasi - Mesopotomiya, Misr, Yunoniston va Rim arxeologiyasini o’rganadi;
b) lanshaft arxeologiyasi­ - o’tmishda insonlarning tabiatga qilgan ta’sirini o’rganadi, ya’ni odamlarning xo’jalik faoliyatlarining, bog’larning, park, qurilgan binolarning tabiatga bo’lgan ta’sirini tadqiq qiladilar;
v) harbiy arxeologiya - jang bilan bog’liq jarayonlar, qurollar, mudofaa inshootlarini o’rganadi;
g) sanoat arxeologiyasi - texnika va ishlab chiqarish bilan bog’liq ob’ektlarni va ular atrofida shakllagan manzilgohlarni o’rganadi;
d) Suv ostidagi arxeologiya - Qora dengiz, O’rta yer dengizi qirg’oqlarida joylashgan va keyinchalik suv ostida qolgan shahar xarobalarini o’rganadi;
ye) cho’qqan kemalarni o’rganish arxeologiyasi cho’kkan kemalarni topish orqali kemalar qanday qurilganligini, mamalakatlar o’rtasidagi aloqalarni va mamlakatlarning iqtisodiy madaniy rivojlanish darajasini aniqlaydilar;
j) o’rta asrlar arxeologiyasi o’rta asrlar davrini o’rganadi
Arxeologiya”- so’zi yunonchadan olingan bo’lib - “arxayos”-qadimgi, “logos”-fan so’zlaridan tarkib topgan
Arxeologik manbalar arxeologik yodgorliklardir, ya’ni inson tomonidan yaratilgan turar-joy qoldiqlari, odamlar yashagan g’or va ungirlar, mehnat qurollari, sopol idishlari, san’at obidalari, qoyatosh rasmlari, shuningdek, moddiy materialga bitilgan yozma manbalar ham kiradi.
Madaniy qatlam deganda—insoniyatning turmushi, xo’jalik faoliyati izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami tushuniladi
Shurf aslida nemischa so’z bo’lib, o’zbek tilida – qaziyman, degan ma’noni bildiradi. Shurf solish deganda yodgorliklardagi madaniy qatlam qalin-sayozligini o’rganishga qaratilgan qazish ishlari tushunilib, madaniy qatlam bor-yo’qligini aniqlash va yodgorliklar haqida dastlabki ma’lumotlarni olishdir. Shurf ko’pincha kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shakllarida bo’lib, uning chuqurligi va kengligi madaniy qatlamga qarab, har xil chuqurlikda bo’lishi mumkin. Shurf stratigrafik xarakterga ega bo’lib, uni qazish natijasida madan y qatlam, ya’ni inson faoliyati izlari bo’lmagan yergacha kovlab tushiladi, arxeologiyada u materik—bezovta qilinmagan yer, deb ataladi.
Arxeologik davrlashtirish. O’tmish voqealarini i o’rganishda har bir davrning o’ziga xos xususiyatlarini, tarixiy va arxeologik davrlarining sanalarini bilish va ularni ajrata olish ham zarurdir. Umuman, davrlar va sanalar tarix va arxeologiya fanining o’zagi hisoblanadi. Ular chuqur o’zlashtirilsagina tarixiy jarayon va voqealarni esda saqlab qolish osonlashadi, shuningdek, tarixiy voqealarni mantiqiy fikrlash jarayonida xatoliklarga yo’l qo’yilmaydi. Tarixiy davrlashtirishning o’ziga xos xususiyati, uning tadqiqot manbaidan kelib chiqadi. Unda ma’lum bir davrga xos bo’lgan umumiy rivojlanish xususiyatlari asos qilib olinadi.
Arxeologiyada eng qadimgi davrlarni ajratishda mehnat qurollarining nimadan yasalganiga e’tibor qaratilgan.
Tarixda eng qadimgi davr tarixiy va arxeologik jihatdan davrlarga ajratilib o’rganiladi. Bu davr tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: “ibtidoiy to’da” va “urug’chilik jamoasi davri”ga bo’linadi. O’z navbatida urug’chilik jamoasi 2 bosqichga: matriarxat (ona urug’i) va patriarxat (ota urug’i) ga bo’linadi.
Eng qadimgi davr arxeologik jihatdan, mehnat qurollari tarkibiga qarab, bir qator xronologik bosqichlarga bo’linadi - paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va ilk temir. (1jadval)
Qadimgi davr mil.avv. YI asrdan milodiy IY asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, u 2 bosqichga bo’linadi:
1– arxaik davr - mil.avv. YI–IY asrlar.
2–antik davr - mil.avv. IY asr oxirlaridan - milodiy IY asr.
O’rta asrlar davri o’z rivojlanishi jihatidan 3 ta bosqichga bo’linadi.
1– ilk o’rta asrlar- milodiy Y– IX asrlar
2– rivojlangan o’rta asrlar - milodiy IX– XYI asr boshlari
3– so’nggi o’rta asrlar - milodiy XYI–XVIII asrlar (1-jadval





Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish