O’zbekiston republikasi xalq ta’limi vazirligi


Organik olamda aks ettirishning yangi shakli sifatida psixikaning paydo bo`lish bosqichlari



Download 2,72 Mb.
bet18/82
Sana24.04.2022
Hajmi2,72 Mb.
#579393
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82
Bog'liq
1-100 ma\'ruza

Organik olamda aks ettirishning yangi shakli sifatida psixikaning paydo bo`lish bosqichlari.
Ta’sirlanish – qo’zg`aluvchanlik Tropizm. O`simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolyutsiyasining barcha bosqichlarida jonli organizmlar in’ikosining alohida biologik shakli – ta’sirlanuvchanlikka ega bo`ladi. Ta’sirlanuvchanlik tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo`lgan (biotik) ta’sirga javob berish qobiliyati demakdir. dayok seziladi.
Biotik omillarga nisbatan o`ziga xos harakatlar bilan javob berish usullari tropizmlar yoki taksislar deb ataladi. Tropizmning bir necha xillari bor: foto tropizm, gelio tropizm, xemo tropizm, topo tropizm, termo tropizm va boshkalar. Masalan, derezadagi gulning yorug`lika qarab intilishi–fototropizm,o`simlikning quyoshga intilishi geliotropizm, kimyoviy moddalarga moslashuvi xemotropizm, tebranish va qimirlashdan ta’sirlanish topotropizm deyiladi.
Hayvonlarga mansub shakllarda ta’sirlanuvchanlikning yangi turi – sezuvchanlik paydo bo`ladi. A. N. Leonthevning gipotezasiga ko`ra, sezuvchanlik «genetik jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa ta’sirotlar bilan bog`lovchi, organizmni muhitda mo`ljal olishiga yordam beruvchi, signal beruvchilik vazifasini o`tovchi ta’sirlarga javob ta’siridan bo`lak narsa emas. In’ikos etish darajasi ko`p hujayrali hayvonlarda ancha yuksakroqdir. Evolyutsion zanjirda kovakichaklilardan yuksak turadigan va bu yerda hayot kechiradigan ko`p hujayralilarda hayot tarzining o`zgarganligi munosabati bilan tananing tuzilishi murakkalashadi, qo’zgatuvchilarning ma’lum bir turlarini aks ettiradigan o`ziga xos organlar – sezgi a’zolari rivojlanadi, aks ettirish shakllari ham ancha murakkablashadi.



Xattiharakatlarning instinktiv shakllari chuvalchanglarning xatti-harakatlari kovakichaklilardan ko`ra ancha murakkabroqdir. Chuvalchanglarga faol tarzda qidirish xususiyati xosdir. Bu ulardagi shartsiz refleks elementlaridan dalolat beradi. Biroq shartsiz reflekslar faqat tashqi muhitning muqarrar tarzda qat’iyan barqarorligi sharoitida hosil bo`ladi; muhit esa doimo o`zgarib turadi va shuning uchun ham tugma taasurotlarning genetik jihatdan programmalashtirilgan holda yoyilishiga to`sqinlik qilingani mumkin.
Gangliy funksiyali nerv tizimiga ega bo`lgan hayvonlarning aks ettirish imkoniyatlari shartsiz reflekslar bilangina cheklanmaydi. Hayot kechirish jarayonida ularda tug`ma reaksiyalarga nisbatan yangi, ancha harakatchan reaksiya shakllari – shartli reflekslar paydo bo`ladi. Bo`g`im oyo`qlilarda, ayniqsa hashoratlarda muhitning muayyan sharoitlariga munosabat bildirishining murakkab, tug`ma shakli – instinktlar mavjuddir. Asalarilarda guruhiy xatti-harakatlar bilan bog`liq bo`lgan eng murakkab instinktlarni ko`ramz. Asalari uyasida bitta ona ari, bir necha o`nlab erkak va bir necha yuzlab bepusht ishchi arilar bo`ladi, hammasining ishi turlicha taqsimlangan. Instinktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat’iy bog`lik bo`ladi. Instinktiv harakatlar undan standart shart sharoitlar o`zgarishi bilanoq o`zining maqsadga muvofiqligini yuqotadi. Shunday qilib, xatti-harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdir.
Jonzotning individual hayot kechirishi jarayonida orttirilgan va tug`ma xatti–harakat dasturining puxta bajarilishini ta’minlaydigan tajriba instinktlarining rivojlanishiga yordam beradi. Shartli bog`lanishlar faqat fe’l–atvorning instinktiv xatti–harakatlar dasurlari doirasida hosil bo`ladi. Sodda hayvonlarga qaraganda umurtqali hayvonlarda shartli bog`lanishlar mislsiz ko`p hosil bo`ladi. Hayvon evolyutsion taraqqiyotning yuqori bosqichiga ko`tarilgan sari hosil bo`ladigan shartli bog`lanishlari ham shuncha murakkabroq va yana ham nafisroq bo`lishi mumkin. Jonli materiya aks ettirishning rivojlanishida navbatdagi bosqich xatti-harakatning yangi belgilarini mustaqil hosil qilinganga asoslangan. Nafis-o`zgaruvchan-plastik individual xatti harakatning yanada murakkabroq shakllarini keltirib chiqaradi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda xatti–harakatning instinkttiv shakklari bilan bir qatorda o`zgaruvchan individual shakllari – malakalar va intellektual xatti–harakatlar mavjud bo`ladi.
Malakalar deganda hayvonlarning shartli bog`lanishlariga asosan bajaradagan va avtomatik tarzda takrorlanadigan xatti–harakat tushuniladi. (quyonning nog`ora chalishi,zanjirdagi bog`liq itning keyingi oyogi bilan yemishini tortib olishi).

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish